ONLAYN MAShG'ULOTLAR HAQIDA…

857


Maktabgacha ta`lim vazirligi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash kechayotgan murakkab davrda bolalar uy sharoitida maktabga tayyorlanishlari uchun barcha choralarni ko'rmoqda.

Vazirlik mutaxassisi Dilfuza Ahmedovaning xabar berishicha, ayni paytda bolajonlar uchun ikkita yirik loyiha ustida ishlanmoqda. Birinchisi Rossiyaning “Novыy disk” kompaniyasi qo'llab-quvvatlashi bilan “Roboborik bilan o'quvchi bo'l!”onlayn kursi bo'lib, unda maktabgacha ta`lim yoshidagi barcha bolajonlar uchun mo'ljallangan atrof olam, nutq savodxonligi, matematika, musiqiy va tasviriy san`at kabi 15-20 daqiqalik samarali va foydali mashg'ulotlar o'zbek hamda rus tilida tayyorlanmoqda. Ularni yurtdoshlarimiz roboborik.com saytidan bepul yuklab olishlari mumkin.
Ikkinchi loyiha esa milliy teleradiokampaniya yordamida tayyorlanib, “Bolajon” telakanali orqali namoyish etilayotgan onlayn mashg'ulotlar bo'lib, ular dushunbadan jumaga qadar kun davomida dasturlar oralig'ida namoyish etib borilmoqda.
Darvoqe, men ham farzandim bilan shu onlayn mashg'ulotlarni kuzatib boryapman. Mashg'ulotlarni olib borayotgan pedagoglarning mahorati va ikki loyihani ham amalga oshirishda mehnat qilayotgan jamoaning ijodiy ishlari tahsinga loyiq.

Zebo NAMOZOVA

Boshqa xabarlar