Ish jarayonida stressni qanday yengish mumkin?

381

Stress holatiga tushish tabiiy bo'lsa-da, ammo u ishlab chiqarishda sog'lig'imizga jismonan va ma`nan salbiy ta`sir ko'rsatadi. Shu sabab uni ­boshqarish har doim nazorat ostida bo'lish va unga e`tibor qaratishni talab qiladi.
Ish faoliyatida stress holatini kamaytirishning bir qancha bosqichlari mavjud. Ulardan ba`zilarini keltirib o'tamiz:

Birinchi maslahat: Ish vaqtidagi me`yoridan ortiq hayajon belgilarini, bosimni aniqlashni o'rganing.
Keragidan ortiq ish yuklanganda, siz ishonchsizlikka tushib, asabiylashishingiz mumkin. Bu sizning ishga bo'lgan munosabatingizni kamaytirishga olib keladi. Agar siz ish vaqtidagi stresslarga ahamiyat bermasangiz, u holda katta fojealarga olib kelishi mumkin.
Asoratli stress holati jismonan va ma`nan sog'lig'imizda muammolar tug'dirishi mumkin.
Ikkinchi maslahat: O'zingizga qayg'urish orqali ishdagi stressni kamaytiring.
Stress sizning qobiliyatingizga, ishingizni bajarishga ta`sirini ko'rsatsa, shaxsiy hayotingizni boshqarish yoki sog'lig'ingizga o'zining salbiy ta`sirini ko'rsatsa, u holda choralar ko'rish kerak.
Boshlanishiga o'zingizning jismoniy va ruhiy sog'lig'ingizga e`tibor qarating. Agar ehtiyojlaringiz sizni qoniqtirsa, siz stressga yanada mustahkam va kuchlisiz. Siz o'zingizni qanchalik yaxshi his qilsangiz, ish vaqtida stressni shunchalik yaxshi boshqarasiz.
Harakatlaning!
Aerobika mashqlari bilan shug'ullanish yurak urishini tezlashtiradi va terlashga majbur qiladi. Bu kayfiyatni ko'taradi, energiyani oshiradi hamda tana va ruhning dam olishi uchun juda samarali usuldir.
Stressni maksimal darajada yengillatish uchun 30 daqiqa aerobika mashqlari bilan shug'ullanish mumkin.
Sog'lom ovqatlanish tarzini tanlang!
Qon tarkibidagi qand miqdori kam bo'lgan taqdirda, sizda hayajon va g'azablanish kuzatiladi, ko'p bo'lganda esa o'zingizni holsiz his qilasiz. Agar kun davomida kam miqdorda ovqatlansangiz, u holda tanangizdagi qand miqdorini bir maromda ushlab turib, kayfiyatingizdagi o'zgarishlarning oldini olasiz.
Spirtli ichimlik va nikotindan voz keching!
Spirtli ichimliklar vaqtincha bezovtalikni kamaytiradi. Lekin uning ta`siri ketgandan so'ng yana bezovtalik takrorlanadi.
To'yib uxlang!
Stress hayajon va uyqusizlikni keltirishidan tashqari, bundan kuchliroq stressga olib kelishi mumkin. Agarda siz to'liq dam olgan bo'lsangiz, bu ruhiy xotirjamlikni saqlab qolish va ish vaqtidagi stress bilan kurashishda yordam beradi.
Uchinchi maslahat: Quyidagilardan foydalanish.

  1. Tay-menejment:
    a) muvozanatli jadval tuzing;
    b) ish rejasiga e`tibor qarating;
    v) ishni 10-15 daqiqa ertaroq boshlang;
    g) muntazam tanaffuslarni rejalashtiring.
  2. Vazifalarni bajarish:
    a) vazifaning yuqoriligi, muhimliligi;
    b) katta loyihalarni bajarish uchun tanaffuslar;
    v) javobgarlikni taqsimlash;
    g) kelishish uchun tayyor bo'ling.
    TO'RTINChI maslahat: Hissiy intellektni yaxshilash.
    a) Yashirin bosimni aniqlashni o'rganing.
    b) Ish vaqtidagi hissiy intellekt quyidagilardan iborat:
    – o'zini tan olish;
    – o'zini boshqarish;
    – ijtimoiy tan olish;
    – o'zaro muloqotda bo'lish.
    v) Hissiy intellektning besh tamoyili:
    – stressga bo'lgan ta`sirchanligingizni tushuning;
    – ichki hissiyotingiz bilan qoling;
    – noverbal signallarni tan oling va foydalaning;
    – hazil-mutoyiba yo'li bilan muammolarni yeching;
    – to'qnashuvlarni ijobiy hal eting.
    Unutmaslik kerakki, ish vaqtida stressdan chiqa olish nafaqat jismoniy va ma`naviy sog'lig'imizni tiklashga, balki faoliyatdagi omad va muvaffaqiyatga yetaklovchi xususiyatdir. Qolaversa, stress holatingiz boshqa hamkasblarning kayfiyatiga ham ta`sir o'tkazib, jamoadagi muhitda aks etishi mumkin. Eng muhimi, sog'lig'ingiz va ruhiy bardamligingiz o'zingiz uchun nihoyatda zarur.

Nodira KARIMOVA,
O'zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi
«Mehnatni muhofaza qilish» bo'limi mudiri

Boshqa xabarlar