ZOOM DASTURI ORQALI ONLAYN KONFERENSIYaLAR

376


Ayni paytda joylarda karantin talab va me`yorlariga rioya etilgan holda, kasaba uyushmalarining hisobot-saylov yig'ilishlari bo'lib o'tmoqda.Ta`lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Kosonsoy tumani kengashining hisobot-saylov Konferensiyasi Zoom dasturi orqali o'tkazildi.
102 nafar delegatdan 71 nafari qatnashgan ushbu Konferensiyada tuman kengashi raisi hamda taftish komissiyasining hisobotlari tinglandi. Yig'ilish kun tartibidagi masalalar, qaror loyihalari elektron tarzda delegatlarga yetkazildi. Konferensiyada kengash raisligiga Alijon Siddiqov nomzodi bir ovozdan qayta saylandi.
Shuningdek, Ta`lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Chortoq tumani kengashining hisobot-yig'ilishida 67 nafar delegatning 52 nafari ishtirok etib, kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar to'laligicha ko'rib chiqildi. Yig'ilishda tuman kengashining 5 yillik faoliyati qoniqarli, deb baholandi va kasaba uyushmasi Chortoq tuman kengashi raisligiga Ibrohimjon To'raboev bir ovozdan ma`qullandi.
Bugungi kunga qadar, Sog'liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Namangan viloyatidagi boshlang'ich tashkilotlarida hisobot-saylov Konfrensiyalari to'liq yakunlandi. Sog'liqni saqlash tarmog'i viloyat Raislar Kengashining II-Hisobot saylov Konfrensiyasi esa ZOOM dasturi orqali onlayn tarzda o'tkazildi.
Unda kun tartibiga qo'yilgan-O'zbekiston Sog'liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Namangan viloyati bo'yicha mas`ul tashkilotchisi Abbosxon Mamadalievning besh yillik faoliyati to'g'risidagi axboroti tinglandi. Kun tartibidagi masalalar barchasi keng muhokama etildi. Tarmoqdagi bir guruh faollar orasidan O'zbekiston Sog'liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining navbatdagi IX-Qurultoyiga 10 nafar delegat, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining navbatdagi hisobot-saylov Konfrensiyasiga 9 nafar delegat va plenum a`zoligiga 4 nafar nomzodlar saylab olindi.

Nodira MAMAYuSUPOVA,
Birlashmaning tashkiliy ishlar bo'limi mudiri.

Boshqa xabarlar