Konun va Prezident farmoni bilan xususiylashtirish natijalarini kayta ko'rish ta`kiklanganidan sudyalar bexabar……

403

Davlat mulkini boshqarish davlat qo'mitasi Buxoro viloyati boshqarma-sining 07.09.1994 yildagi 304-sonli buyrug'iga asosan «Uzstroytrans» ishlab chiqarish birlashmasi tarkibidagi 18-sonli avtokorxona xususiylashtirilib, ochik turdagi aksiyadorlik jamiyatga aylantirilgan. 08.09.1994 yilda Davlat mulkini boshqarish davlat qo'mitasi Buxoro viloyati boshkarmasi (sotuvchi), «18-avtokorxona» OAJ (sotib oluvchi) va O'zbekiston sanoat va xo'jalik qurilish davlat korporasiyasi (manfaatdor shaxs) o'rtasida kelishuv shartnomasi tuzilgan. Shartnomaning 2.7 va 2.11 bandlariga ko'ra «18-avtokorxona» OAJ uch yil mobaynida jamiyatning asosiy faoliyat turini o'zgartirmaslik, xizmat ko'rsatish madaniyatini yaxshilab borish, ishlab chiqarishni rivojlantirish majburiyatini olgan.

Shu asosda Buxoro shahri, Temiryo'lchilar ko'chasi, 69-uydagi 4,98 gektar yer maydoniga «18-avtokorxona» OAJning foydalanish huquqi davlat ro'yxatidan o'tkazilgan. OAJ aksiyalarining 26 foizlik ulushi davlatga, 49 foizi jamiyat ishchilariga tegishli bo'lib,  qolgan 25 foiz aksiyalar erkin sotuvga chiqarilgan. 2003 yilda erkin sotuvdagi aksiyalar sotilib, davlat ulushidagi aksiyalar to'liq xususiylashtirilgan. 2004 yilda «18-avtokorxona» OAJ «Buxoro drom» MChJga aylantirilgan.

Buxoro shahar hokimining 11.11.2005 yildagi karori bilan «Buxoro drom» MChJga tegishli hududning 2,53 gektar yer maydoni shahar yer resurslari balansiga o'tkazilib,  2,45 gektar yer maydoni MChJ egaligida koldirilgan.

21.02.2013 yilda «Ko'chmas mulk savdo xizmati» MChJ o'tkazgan savdo natijasi bo'yicha korxonaning qurilish maydoni 437,7 kv.dan iborat bo'lgan bino-inshootlari   fuqaro N.Rizaevaga sotilib,  24.07.2013 yilda unga tegishli mulk huquqi davlat ro'yxatidan o'tkazilgan.

2017 yilda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi  fuqarolik ishlari bo'yicha Buxoro tumanlararo sudiga da`vo arizasi kiritadi.Sudning 19.07.2017 yildagi hal qiluv qarori bilan  da`vo arizasi qanoatlantirilib, 1994 yilgi xususiylashtirish hujjatlari, undan keyingi oldi-sotdi shartnomalari, kadastr xujjatlari xakikiy emas deb topilgan va «18-avtokorxona» mulkiy majmuasi davlat egaligiga kaytarilgan. Sudning hal qiluv qarorida asos sifatida “08.09.1994 yildagi kelishuv shartnomasining 2.7 va 2.11-bandlari bajarilmagan, korxonada ishlab chiqarish to'xtatilib, ishchi-xodimlar ishdan bo'shatilgan, hududdagi 0,53 gektar yer maydonida joylashgan bino-inshootlar tashlandiq holatga kelib qolgan, natijada hududdagi ekologik holat ayanchli ahvolda bo'lib, atrof-muhitga ziyon yetkazgani inobatga olinib, xususiylashtirish bilan bogliq barcha jarayonlar gayrikonuniy deb topilsin” degan jumlalar qayd etilgan.

Fuqarolik ishlari bo'yicha Buxoro viloyati sudi kassasiya instansiyasining 22.02.2018 yildagi ajrimi bilan mazkur hal qiluv qarori o'zgarishsiz qoldirilgan. Oliy sud fukarolik ishlari buyicha sudlov xay`atining 15.10.2018 yildagi ajrimi bilan sud karorlari bekor kilinib, da`vo talablari quyidagi asoslarga muvofiq rad etilgan:

1. Bir tarafning shartnoma shartlarini buzgani shartnomaning qonuniyligi bo'yicha nizolashishga (xakikiy emas deb topishga) asos bo'lmaydi, bu holat  Fuqarolik Kodeksining 382-moddasiga asosan shartnomani bekor kilishga asos buladi, xolos;

2. Da`vogar 18-avtokorxona tomonidan kelishuv shartnomasi shartlari buzilganini tasdiqlovchi dalillarni taqdim qilmagan. Fukarolik ishidagi hujjatlarga ko'ra javobgarning asosiy faoliyat (transport xizmatlari kursatish) turi 1995 yildan shu kunga kadar o'zgartirilmagan.

Mulk egalari endigina yengil tin olmoqchi bo'lishganda Oliy sud Rayosatining 25.07.2019 yildagi karori bilan Oliy sud sudlov hay`atining 15.10.2018 yildagi ajrimi bekor qilinib, birinchi va kassasiya instansiyalari sudlarining qarorlari o'zgarishsiz qoldirilgan. Rayosat qarorida aytilishicha, Oliy sud sudlov hay`ati 15.10.2018 yildagi ajrimni chikarishda:

1.Davlat mulkini boshqarish davlat qo'mitasi Buxoro viloyati boshqar-masining 07.09.1994 yildagi 304-sonli buyrugi talablari buzilganiga;

2. 08.09.1994 yilgi kelishuv shartnomasining shartlari bajarilmaganligini isbotlovchi dalillarga;

3. Tashkilot yer maydoni va qurilmalarning bir qismini o'zga shaxslarga o'tkazib berganlik holatiga e`tibor bermagan emish.

Shu o'rinda ta`kidlash joizki, Rayosat qarorida 07.09.1994 yildagi 304-sonli buyruqning aynan qaysi talabi buzilgani aniqlashtirilmagan. Bundan tashkari 08.09.1994 yildagi kelishuv shartnomasining shartlari bajarilmaganini isbotlovchi dalillar nimalardan iborat ekani  ham  ko'rsatilmagan. Tashkilot o'ziga xususiy mulk asosida tegishli bo'lgan bino-inshootning bir qismini amaldagi konunchilik asosida o'zga shaxsga o'tkazib bergani xususiylashtirish hujjatlarini haqiqiy emas deb topish uchun asos bo'lolmaydi.

 «Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar xukuklarining kafolatlari tugrisida»gi qonunning 24-moddasi va 17.01.2017 yildagi «Tadbirkorlik maksadlarida foydalanish uchun davlat mulki ob`ektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari tugrisida»gi Prezident farmonining 2-bandida davlat organlari, shu jumladan nazorat, huquqni muxofaza kilish organlari va sudlar tomonidan xususiylashtirish natijalarini kayta kurib chikish va bekor kilish masalalarini o'rtaga qo'yish ta`qiqlanishi belgilangan. Shu sababli fuqarolik ishlari bo'yicha Buxoro tumanlararo sudining 19.07.2017 yildagihxal qiluv qarori, shu sud kassasiya instansiyasining 22.02.2018 yildagi ajrimi va  Oliy sud Rayosatining 25.07.2019 yildagi qarori mazkur qonun va Prezident farmoni talablariga mutlako ziddir. Nahotki,  Oliy sud Rayosatidagi sudyalar bundan bexabar bo'lsa?! 

Darvoqe, bayon etilgan holatlarga asosan 16 iyun kuni Bosh prokuror Rayosat qarori ustidan nazorat tartibida protest kiritgan edi. Ushbu protest  Oliy sudining  navbatdagi Plenumida kurib chiqilishi kutilmokda. Ajabmaski, adolat qaror topib, ayrim sud`yalar qonunlarni sinchiklab o'qib chiqishsa…

                                                               Jabrlangan mulkdor NARGIZA RIZAEVA

Boshqa xabarlar