+25C

+25C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Ayollarga zo‘ravonlik – jamiyatning og‘riqli nuqtasi

Jamiyatimizda ayol zoti doimo hurmat va ehtiromga loyiq bo‘lib kelgan. Afsuski, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda va real hayotda ro‘y berayotgan baʼzi voqealar bu ezgu tamoyillarning mutlaqo aksi ekanligini ko‘rsatmoqda. Ayollarga zo‘ravonlik, ularning huquqlarini poymol etish dolzarb masalaga aylangan.
Jamiyat
565 11:04 | 15.05.2026 11:04

O‘tgan yilning birinchi yarmida ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning turli holatlari aniqlangan. Va ularning soni oldingi davrga nisbatan oshib borgan. Eng ko‘p holatlar Toshkent, Buxoro, Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida qayd etilgan. Shuningdek, 2025-yilning yanvar- avgust oylarida oilaviy zo‘ravonlik va shahvoniy xatti-harakatlar bo‘yicha 9 mingdan ortiq kishi javobgarlikka tortilgan. Jinoyat kodeksining 126¹-moddasi bo‘yicha 298 nafar shaxs sudlangan, shundan 81 nafari ozodlikdan mahrum etilgan.


Xalqaro miqyosda ham vaziyat qaltisligicha qolmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra, dunyoda har uch ayoldan biri jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlikka duchor bo‘ladi va aksariyat hollarda zo‘ravonlik ayolning umr yo‘ldoshi tomonidan sodir etiladi.


Yaqinda ikki fojeaviy voqea butun Markaziy Osiyo jamoatchiligini larzaga keltirdi. Turkiyada ikki yosh qizning o‘ldirilishi va Qozog‘istonlik Saltanat Nukenovaning o‘z turmush o‘rtog‘i Qo‘ndiq Bishimbaev tomonidan muntazam ravishda kaltaklanishi oqibatida halok bo‘lishi, bular shunchaki alohida holatlar emas, balki tizimli muammoning yorqin aksi edi.


Yurtimizda ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha bir qator qonunlar qabul qilingan. “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun, Jinoyat kodeksining 126¹-moddasi (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik), Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59²-moddasi – maishiy zo‘ravonlik uchun maʼmuriy javobgarlikni belgilaydi.


Himoya orderi jabrlangan ayollarga zo‘ravonlik sodir etgan shaxs bilan aloqa qilishni taqiqlaydigan himoya chorasi. 2025-yil birinchi yarmida 41 051 nafar ayolga himoya orderi rasmiylashtirilgan.


2026-yil mart oyida ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha yangi tashabbuslar ishlab chiqildi. Shahvoniy shilqimlik uchun jazoni kuchaytirish, pedofillar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishgacha bo‘lgan jazoni belgilash, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik jinoyatlari bilan maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan advokatlar, tergovchi va sudyalarning shug‘ullanishini taʼminlash masalalari ilgari surildi.


Qonunlar borligi, chora-tadbirlar ko‘rilayotgani xavotirlarimizni kamaytiradi, albatta. Ammo inson omili zo‘ravonlik muammosi o‘z dolzarbligicha qolmoqda. Qonunchilik bazasi yaratilgan, ammo ularning ijrosi va samaradorligi masalasi ochiqligicha.


Shu sababli, har bir ayol ruhan mustahkam bo‘lishi va ilmli, hunarli bo‘lishga intilishi lozim. Haq-huquqin yaxshi anglashi, zo‘ravonlikka taslim bo‘lmasligi kerak.


Gulzoda Ummatova


O‘zDJTU talabasi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 6635 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat