+25C

+25C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Bolalar uylari tarixi

1584 12:30 | 05.06.2025 12:30

O'zbekistonda bolalar uylarining qadimiy an'analari bor. Ikkinchi jahon urushi davrida mamlakatimizga olib kelingan yetim bolalar internatlarda emas, bag'rikeng xalqimiz tomonidan oilalarga qabul qilingan.


O'zbekistonda dastlab 1918 yilda bolalar uyi nomi bilan ta'sis etilgan. Mustaqillik yillarida Xalq ta'limi vazirligi tomonidan “Mehribonlik uyi” deb nomlangan. Bunday mehrli qo'llarga muhtojlik urush yillarida ortgan, ota onasini urushda yo'qotgan, yaqinlari vafot etgan har qanday millatga mansub begunoh bolalar, tili, dini, ko'rinishidan qatiy nazar asrab olingan.



Etim bolalarga mehr-muruvvat ko'rsatish deganda hammaning hayoliga ikkinchi jaxon urushi yillarida sobiq Sovet Respublikalari Ittifoqining turli hududlaridan Toshkentga keltirilgan har- xil millatga mansub 14 nafar bolani asrab olgan Toshkentlik qahramon Shomahmud Shoahmedov va uning turmush o'rtog'i Baxri Akramova keladi. Bu voqea Rahmat Fayzining stsenariysi asosida “Sen yetim emassan” kinoqissa durdonasiga aylantiriladi. Bir burda non topish mushkul bo'lgan bir paytda 14 nafar bolaning qornini to'ydirishdek murakkab vazifani o'zbek o'g'loni o'z zimmasiga oladi, ularga mehr, etibor, tarbiya berishni o'zbek ayoli o'z burchi deb biladi. Bu voqea dastlabki oilaviy bolalar uyiga yaqqol misol bo'la oladi.


Bu oiladan ilhomlanib, yana ko'plab oila qarovsiz qolgan bolalarni boqib oladi.


Mustaqillikdan so'ng barpo etilgan «Mehribonlik uylari» va «Bolalar shaharchasi» kabi muassasalar yetim bolalarga uy-joy va ta'lim berishda faol qatnashdi. Shuningdek, 2007 yilda oilaviy bolalar uylarini tashkil etish to'g'risidagi qonun qabul qilingan. 2012 yilda bolalar uylarini boshqarish me'yorlari belgilangan. So'nggi yillarda esa bozor talablari va insonparvarlik tamoyillari asosida bolalarni asrab olish tizimini isloh qilishga qaratilgan yangi dasturlar qabul qilinmoqda.


Hozirgi kunda bolalar uylari faoliyati


O'zbekistonda bolalar uylari davlat tomonidan moliyalashtiriladi va o'z faoliyatini Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda hukumat tasdiqlagan nizomlar asosida olib boradi. Bular quyidagilarni o'z ichiga oladi:


Mehribonlik uylari – kattalargacha bo'lgan yoshdagi bolalar uchun internatlari


Bolalar shaharchasi – birlashgan bir necha bolalar uylaridan iborat kompleks (masalan, yoshlarga alohida shaharcha).


Bolalar uylari (chaqaloqlar uylari) – 1 yoshgacha va kichik yoshdagi bolalar uchun mo'ljallangan maskanlar.


SOS – bolalar mahallalari – xususiy yoki xayriyachi tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan kichik jamoat uylari.


Bolalar uyida yetim bolalar, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar hamda nogironligi bor bolalar tarbiyalanadi. Ushbu muassasalar tegishli uy-joy, oziq-ovqat, tibbiy va pedagogik yordamni kafolatlash bilan birga bolalarga ta'lim-tarbiya va psixologik-pedagogik qo'llab-quvvatlashni ham tashkil etadi. Masalan, bolalar uylari psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalarga ham sog'lomlashtirish va reabilitatsiya xizmatlarini ta'minlaydi.


Davlat bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolalarning ko'pchiligi oila muhitida tarbiya olishi uchun o'zgarishlar yo'lga qo'yilgan. Jumladan, 2022 yilda oilaviy bolalar uylarini tashkil etish tartibi takomillashtirildi – ularda yotim va qarovsiz bolalarni oila muhitida, ota-ona mehri-g'amxo'rligida tarbiyalash muhim maqsad sifatida belgilandi. Prezident Sh. Mirziyoev tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bolalar uylaridan ko'proq bolalarni oilalariga berish tezlashdi. Milliy gvardiya axborot xizmatining ma'lumotiga ko'ra, ayni vaqtda respublikamizda 8 ta «Mehribonlik uyi», 1 ta «Bolalar shaharchasi», 11 ta «Bolalar uyi» (chaqaloqlar uylari) hamda 3 ta «SOS – bolalar mahallasi» faoliyat ko'rsatmoqda.


Bolalar uylari soni va tarbiyalanayotgan bolalar soni


Hozirgi kunda mamlakat bo'ylab bolalar uylari soni yuqoridagicha: 8 dona mehribonlik uyi, 1 dona bolalar shaharchasi, 11 dona bolalar uyi va 3 dona SOS shaharchasi faoliyatda (yangi qaror bilan homiy tashkilotlar asosida ko'plab oilaviy uylar tashkil etilmoqda. Shunga qaramay, turli viloyatlarda bolalar uylari bo'yicha ahvol tez o'zgarib turadi – masalan, Navoiy va Namangan shaharlaridagi Mehribonlik uylarida hozirda tarbiyalanuvchi bola qolmagan holga kelgan.


Bolalarning umumiy soniga kelsak, bugungi kunda kichik yoshdagi bolalar uylarida 500 dan ziyod bola tarbiyalanadi, 5 mingdan ziyod kishi esa bola asrab olish navbatida turganligi qayd etilgan. Masalan, so'nggi yilda 583 nafar bola internatlardan oilalarga tarbiyaga olingan; ularning 40%dan ortig'i oilaviy bolalar uylariga berilib, yaqin qarindoshlari vasiyligiga topshirilgan, 88 nafari esa rasman farzandlikka olingan. Bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolalarni o'rganish natijasiga ko'ra, oxirgi 11 yilda 19–30 yoshgacha bo'lgan 459 nafar sobiq tarbiyalanuvchining keyingi hayoti tahlil qilindi, ayrimlari ijtimoiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda.


Uy-joy bilan ta'minlash dasturlari


O'zbekistonda yotim va ota-ona qaramog'idan mahrum bolalarni uy-joy bilan ta'minlash maxsus tartibda amalga oshiriladi. Hukumat qaroriga muvofiq, 18 yoshga to'lgan yotim bolalarga ko'p qavatli uylardan maydoni kamida 25 m² bo'lgan 1 xonali kvartira ajratiladi; nikoh qurgan yoshlarga esa 50 m²dan kam bo'lmagan 2 xonali kvartiralar beriladi (ularga 30 yoshga to'lguncha sotish huquqisiz shaxsiy mulk huquqi asosida beriladi). Masalan, Farg'ona viloyati rahbariyatining aytishicha, hozirgacha bolalar uylari bitiruvchilari uchun 29 ta uy-joy sotib olingan va ularga topshirilgan, bolalar bandligini ta'minlash, kasb-hunarga o'qitish ishlariga e'tibor qaratilib kelmoqda. Shuningdek, yoshlarga uy-joy berilishiga qo'shimcha tarzda davlat yordami shaklida imtiyozlar ham berilmoqda. Masalan, oilaviy bolalar uylarini tashkil qilib, bolani parvarishlayotgan oilalarga bola maktab yoki kollejni tamomlaganigacha oid xarajatlar to'lanishi belgilangan. Bunda ota-onalik qiluvchi shaxslar davlat tomonidan ishsizlik nafaqasi o'rnida maosh to'lovlarini olib, o'zini o'zi band qiluvchi (xo'jalik bilan shug'ullanuvchi) fuqarolar sifatida ro'yxatdan o'tkaziladi. Ya'ni davlat yordami bilan bolalar uyidan chiqqan yoshlar uy-joy va moddiy qo'llab-quvvatlanadi, ularning ijtimoiy himoyasi ta'minlanadi.


Feruza Toshboeva,
O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
3-bosqich talabasi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid