Mas'ul idora bozorda sotilayotgan sifatsiz shampun haqida ogohlantirmoqda
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspektsiyasi tomonidan har haftada biror turdagi mahsulotlarning sifat nazorati o'tkaziladi. Yaqinda Farg'ona viloyati, Marg'ilon shahridagi dehqon bozorida sotilayotgan o'nga yaqin soch yuvish vositalari, jumladan, shampun va gellardan namuna olinib, ularning tarkibi va sifati belgilangan standartlarga qanchalik mosligi jihatidan o'rganildi.
O'rganishlarda “Nur Hayot Cosmetics” MСhJ tomonidan ishlab chiqarilgan shampun mahsuloti standart talablariga mos emasligi aniqlandi.
Mutaxassislar ushbu mahsulotdan foydalanilganda u quyidagi salbiy oqibatlar keltirib chiqarishini aniqlashdi:
Soch va teri zararlanishi → tabiiy himoya qavati buziladi.
Qichishish, qizarish, allergik reaktsiya xavfi.
Sochning mo'rtlashishi, uchlarining sinishi va to'kilishi tezlashadi.
Ko'z bilan kontakt bo'lsa, kuchli achishish va tirnash xususiyatini keltirib chiqaradi.
Teri haddan tashqari quriydi, yuvinishdan keyin noxush hissiyot qoldiradi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspektsiyasi iste'molchilarni sifatsiz mahsulotga duch kelganda 1880 raqamiga qo'ng'iroq qilib xabar berishga chaqirmoqda.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0