Валюта UZS
  • USD

    12 591.71-84.4

  • EUR

    14 821.70-153.86

  • RUB

    160.18-1.38

+39C

+39C

  • O'z
  • Ўз
Ўзбекистон
  • Сиёсат
  • Спорт
  • Жамият
  • Иқтисод
Хориж
  • Иқтисод
  • Сиёсат
Интервью
  • Маданият ва маърифат
Кутубхона
  • Адабиёт
  • Илмий ишлар
  • Мақолалар
  • Касаба фаоллари учун қўлланмалар
Бошқалар
  • Янги Ўзбекистон суратлари
  • Колумнистлар
  • Архив
  • Ўзбекистон журналистлари

Toshkent Shahar

+39c

  • Hozir

    +39 C

  • 19:00

    +36 C

  • 20:00

    +33 C

  • 21:00

    +29 C

  • 22:00

    +27 C

  • 23:00

    +26 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Кириш

Toshkent

Toshkent Shahar

Payshanba, 03-July

+39C

  • Hozir

    +39 C

  • 19:00

    +36 C

  • 20:00

    +33 C

  • 21:00

    +29 C

  • 22:00

    +27 C

  • 23:00

    +26 C

  • Payshanba, 03

    +39 +20

  • Juma, 04

    +42 +20

  • Shanba, 05

    +39 +20

  • Yakshanba, 06

    +37 +20

  • Dushanba, 07

    +35 +20

  • Seshanba, 08

    +34 +20

  • Chorshanba, 09

    +34 +20

  • Payshanba, 10

    +33 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax
Ҳодиса
99 12:35 | 03.07.2025 12:35

1986 yil 27 sentyabr kuni AQShning Klivlend shahrida noxush voqea ro'y berdi. Ginnesning rekordlar kitobiga kirish va hayriya kabi ezgu maqsadda tashkil etilgan tadbir oqibatda teskari ta'sirga uchradi. Bir paytning ichida havoga 1,5 milliondan oshiq shar uchirildi va ekologik falokatga sabab bo'ldi. Sharlar deyarli butun shaharni qoplab oldi, hattoki daryolar yuzini to'sib qo'ydi. O'nlab kishilar jarohat oldi, ikki kishi esa vafot etdi.


“Xalqimizda o'yindan o't chiqdi”, degan ibora bor. Ba'zida chuqur mulohaza qilinmay, tavakkalchilik asosida amalga oshirilgan ish mutlaqo chappasiga ketishi mumkin. Hammasi 1984 yilda Qo'shma Shtatlarda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida “Xush kelibsiz!” iborasi sharlardan yasalgan davrdan boshlandi. Keyin 1985 yil 17 iyulda AQShda Disneylendning 30 yilligi munosabati bilan millionlab sharlar uchirildi. Bularning barchasi “Ballonfest” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan. Klivlendda kompaniya haqiqiy sinovga duch keldi. Avval markaziy maydondagi kichik maydonda 2 million shar ushlab turilib, uchirilishi kerak edi. Muammoni hal qilish uchun “Ballonfest” kosmodrom uchun kabellarni yetkazib beruvchi kompaniyani olib keldi. Kabellardan to'r to'qilgandi. Barcha sharlarning narxi esa 500 ming dollarni tashkil etdi.


Tadbir g'oyasi tug'ilgandan to amalga oshgunga qadar oradan olti oy vaqt o'tgandi. Sharlarni osmonga uchirguncha ushlab turish uchun shahar bloki kattaligidagi katta to'r inshooti o'rnatildi. Imkon qadar ko'proq tomoshabinlarni jalb qilish uchun joy sifatida Klivlendning jamoat maydoni tanlandi.


“Bu tadbir juda ko'p muhandislik xulosalari va izlanishlarni, hokimiyatdan ruxsatnomalarni talab qiladi. Bunday jarayonlarga to'sqinlik qilish aqlga to'g'ri kelmaydi”, deb tushuntirgandi 1986 yilda havo sharining uchirilishiga mas'ul bo'lgan Treb Xayning. “Bu yangi shahar, biz oldinga intilyapmiz, deyish vaqti keldi”, degandi u. 2500 dan ortiq ko'ngillilar (ularning aksariyati talabalar edi) 27 sentyabr kuni ertalab sharlarni geliy bilan to'ldirdilar. Mahalliy ommaviy axborot vositalari tashkilotchilar, ishtirokchilar va kuzatuvchilar bilan suhbatlashdi. Garchi momaqaldiroq bo'lib, tadbirga tahdid solayotgan bo'lsa-da, tashkilotchilar baribir sharlarni uchirishga qaror qilishdi. 27 sentyabr kuni soat 13:50da havoga rang-barang sharlar uchirildi.


Balloonfest '86: This Is Why You Should Never Release 1.5 Million Balloons  At Once ~ Vintage Everyday


Bu Klivlendda yashovchi hech bir kishi e'tibordan chetda qolmaydigan manzara edi. Olomon sharlar osmonga ko'tarilayotganda shod-xurram bo'ldi. “Klivlend Ginnesning rekordlar kitobini yangiladi va 1,5 milliondan ortiq sharlarni uchirdi!” – dedi tadbir tashkilotchilar.


Voqea tomoshabini, Elizabet Rayt, keyinroq o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashgandi: “Bu ajoyib jarayon edi! Osmonga rango-rang bir hovuch konfet uchirilganga o'xshaydi!”. Klivlendliklar va sayyohlar zavq bilan qichqirishdi, qarsaklar chalishdi, xuddi yosh bolalar kabi kulishdi, quvonishdi. Afsuski, ularning quvonchi uzoqqa cho'zilmadi. Сhunki hech kim oldindan bashorat qila olmagan falokat yuz berdi...


Sovuq va kuchli shamol yomg'ir bilan birgalikda havo sharlarini tarqatib yuborib, rejalarni buzib yubordi. Oqibatda vaziyat nazoratdan chiqib ketdi, sharlar butun shahar bo'ylab tarqaldi va noxush hodisalarga sabab bo'ldi.


Bu tomosha shahardagi haydovchilarini chalg'itib, Klivlend hududida ko'plab avtohalokatlarga sabab bo'ldi. Ko'chalar va suv yo'llari sharlar bilan tiqilib qoldi. Haydovchilar sarosimada qoldilar, ayrimlar nima bo'layotganini ham anglamagandi. Ko'pchilikning baxtiga ushbu YTHlarda hech kim qurbon bo'lmadi. Odamlar o'zlarini qo'lga olishga va vaziyatni o'nglashga muvaffaq bo'ldilar.


Mahalliy Burke Lakefront aeroporti uchish-qo'nish yo'lagini havo sharlari tufayli yarim soatga yopishga majbur bo'ldi. Uchar havo sharlari Klivlend ustidagi havo hududini to'sib qo'ydi va ko'plab yo'lovchilarni xavotirga soldi. Lekin eng ko'p asabiylashganlar uchuvchilar va aviadispetcherlar edi. Barcha reyslar zudlik bilan boshqa shaharlarga yo'naltirildi. Tasavvur qiling, agar samolyot dvigatellariga ko'plab begona jismlar tushib qolsa, nima bo'lishi mumkin edi?


Yana bir massa sharlar yaylovga tushib, u yerdagi arab otlarini hurkitib yubordi, hattoki hayvonlarning bir qismini yarador qildi.


Ammo, eng fojiali voqea Eri ko'lida sodir bo'lgandi. Tadbirdan bir kun oldin ikki erkak, Raymond Broderik va Bernard Sulzer baliq ovlashga ketishgandi. Ular uyiga qaytib kelmagan, ularning oilalariga erkaklarning bedarak yo'qolgani ma'lum qilingan. Rasmiylar 27 sentyabr' kuni ko'lda qidiruv ishlarini boshlagan va ertalab ularning tashlab ketilgan qayig'ini topgan. Sohil xavfsizlik xizmatining bedarak yo'qolgan odamlarni topish harakatlariga ko'lni to'ldirib yuborgan sharlar jiddiy to'sqinlik qildi. “Bu xuddi pichanzordan igna izlagandek edi”, deb tushuntirdi qidiruv guruhi a'zolaridan biri. “Biz odamning boshini yoki to'q sariq rangli qutqaruv ko'ylagini qidirayotgan edik va bizda yuz minglab apel'sin sharlari suzayotgan edi.”


Ko'p o'tmay Sohil qo'riqlash xizmati qidiruvni to'xtatdi va ikki erkakning jasadi qirg'oq yaqinidagi suv yuzasiga suzib chiqdi. Baliqchilardan birining rafiqasi keyinroq Klivlendning United Way va Baloonfest tashkilotchilaridan 3,2 million dollar undirish uchun sudga bergan. Bu voqeadan keyin hatto havo sharlari festivali o'tkaziladigan joylarda qilish kerak bo'lmagan ishlar ro'yxati ham tuzildi. Bular mashina haydamaslik, suv havzalarida suzmaslik, samolyotda uchmaslik va otlar podasiga yaqinlashmaslik edi.


1986 yilgi Ballonfest “bir vaqtning o'zida eng ko'p havo sharlarini uchirilishi” unvoniga sazovor bo'lgan bo'lsa-da, u Ginnesning rekordlar kitobiga faqat bir marta, 1988 yilgi nashrida kiritilgan.


Abror Zohidov


Изоҳ қолдириш
Жўнатиш
Mақолага баҳо беринг
0/5

0

0

0

0

0

Mақолага баҳо беринг
0/5

0

0

0

0

0

Мавзуга оид

Ҳодиса
Hayratlanarli
0 2503 10:00 | 04.11.2023
Ҳодиса
G'azo bolalari nomma-nom
0 2483 14:28 | 06.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса
21 noyabr' – qanday kun?
0 3264 11:13 | 21.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса