Valyuta UZS
  • USD

    12 285.16-59.45

  • EUR

    14 514.9213.71

  • RUB

    148.62-1.08

+16C

+16C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+16c

  • Hozir

    +16 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 17-September

+16C

  • Hozir

    +16 C

  • Chorshanba, 17

    +16 +20

  • Payshanba, 18

    +12 +20

  • Juma, 19

    +15 +20

  • Shanba, 20

    +16 +20

  • Yakshanba, 21

    +23 +20

  • Dushanba, 22

    +20 +20

  • Seshanba, 23

    +19 +20

  • Chorshanba, 24

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Сhechen qizini olib qochgan o'zbek yigit taqdiri

227 10:45 | 15.09.2025 10:45

Andijondagi qipchoqlar mahallasi orasidan bir yigitni uch chechen izlashgan.


Taqdiri qiziq bo'lgan odamlarni izlab yuraman. Ayrimlari o'zlari aytib berishadi, kimdir eshitganini surishtirib topaman. Yana bittasi haqida hikoya qilgim keldi. Afsuski oilasining ismlarini aytishga xijolat bo'ldi. Men o'zimcha Mamajon aka deb oldim.


SSSR payti armiyaga borgan Mamajon aka Сhechenistonga tushadi. Ofitserlar mahalliy aholiga umuman yaqinlashmaslikni tayinlaydi. Ikki yil katta muddat, baribir kim bilandir tanishadi, ko'rishadi. Сhechen sohibjamoli bilan ko'rishib, oshiq bo'ladi. O'zbek yigiti ham norg'ul payti, qoraroq bo'lsa-da – kelishgan. Qiz ham ko'ngil beradi xullas.


Xizmati tugaganidan keyin ikkovlashib jo'nab qoladi va “Andijan obl', s. Kipchak” degan xat qoldiradi. O'zi rozi bo'lib ketdimi, majburlab olib ketdimi, nima farqi bor? Ishqilib qizni olib qochgan degan gap tarqaladi va uch yigit uning orqasidan borishadi. Poezdda tushishlari bilan taksidan “Kipchak” mahallasini so'rashadi va uni kirakash “Qipchoq” degan qishloqqa olib boradi. Borib “Mamajon qaysi?” deb so'rashadi. Qishloqdan beshta Mamajon ismli yigit chiqadi, ammo birortasi ular emasdi. Mahalla yigitlari bu yerda unday odam yo'qligini aytishganida chechenlar “Bizni aldayapsanlar, singlimizni u berkitgan yoki o'ldirgan. Topib berasanlar!” deya to'polon qilishgan. O'rtada mahalliy yigitlar bilan mojaro boshlanib ketadi, mushtlashuv dahanaki jangga aylanadi. Shunda bitta oqsoqol “Hoy musulmonlar! Mehmonni shunaqa qilamizmi? Bular chechenlar, hech narsadan qaytmaydi. To'xtatinglar!” deya amallab tinchitadi va uyiga olib ketadi. “Bolam, sen uyingga qayt. Hozir yana to'polon bo'lmasin. Men singlingni surishtiraman” deb hurmat bilan aldab kuzatib qo'yadi.


Сhechen yigitlar uyiga quruq qo'l bilan qaytishadi. Oylar o'tadi. Onasi “Mening qizimni o'g'irlashdi, endi ko'zim yo'lda o'tadi” deb yig'layveradi. Aka-ukalar yana Andijonga qaytishadi va oqsoqolning uyiga kelishadi. Oqsoqol “Ey bolam, surishtirdim. Men o'zim ham hayron qoldim. Andijonda Qipchoq, Kipchak, Qipchoqlar, Qipchoq chek, Qipchoqobod singari yettita mahalla bor ekan. Endi bitta moshina qilib, hammasini borib ko'rish kerak” deydi.


Uch kun deganda topiladi. Mamajon aka aqlli bo'lgan – chechen akalarini hurmat bilan kutib oladi, hovurlari bosilguncha indamay turadi. Сhunki shu holatni sezgan, tayyorlanib yurgan bo'ladi. Keyin hovlisiga taklif qiladi. Singlisi chiroyli bo'lib kutib oladi, baxtli ekanligini aytadi. Aka-ukalar xotirjam bo'lishadi va ikki kun mehmon bo'lib, orqaga qaytishadi. Mamajon aka bir yildan keyin o'g'illi bo'ladi. Xotini, o'g'ilchasi, ota-onasini olib, Сhechenistonga borishadi. Shu bilan quda-anda bo'lib ketishadi.


SSSR tarqalib, Сhechenistonda urushlar bo'lganda bu ikki oila taqdiri juda og'ir bo'ladi. Endi unisi alohida mavzu...


(Davomi yo'q. Faqat Mamajon aka bilan chechen yanga baxtli yashab yurganlarini aytishim mumkin)


Abror Zohidov
Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid