Muzqaymoq tushkunlikdan xalos etadi
Muzqaymoq bolalar va kattalar uchun birdek sevimli. Ayniqsa, yoz faslida, tashqaridagi havo harorati 30 dan yuqori bo'lsa, uni is'temol qilish istagi yanada ortadi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, kishilar muzqaymoqni issiq havoda, ayniqsa, terlab turgan holatida yesa, tomoq og'rig'i va oshqozon-ichak kasalliklari kelib chiqishi mumkin. Natijada tana harorati ko'tarilib, isitma qilish xavfi kuchayadi.
Shu sababli ota-onalar bolalarining «Muzqaymoq olib bering», degan xarxashalariga «Tomog'ing og'rib, tishing shamollab qoladi», degan bahonalarni ro'kach qiladi. Aslida muzqaymoqning foydali tamonlari juda ko'p.
Muzqaymoqda ko'p miqdordagi kal'tsiy (kunlik normaning 20-30 foizi), shuningdek, suyak metabolizmini tartibga solishda ishtirok etadigan va suyaklar va tishlarning mustahkamlanishiga hissa qo'shadigan kaliy va fosfor ham mavjud. Bundan tashqari, ushbu taomda A, Ye, B vitaminlari, magniy va natriy vitaminlari mavjud. Muzqaymoq – asab tizimini tinchlantiradigan L-triptofan manbai hamdir.
Biz ko'pincha chanqoqbosdiga bu shirinlikni iste'mol qilamiz. Ammo tarkibida shakar miqdori ko'p bo'lganligi uchun u chanqoqni qondirishga emas, teskari ta'sir ko'rsatadi.
Och qoringa, issiq ovqat, choy yoki kofedan keyin darhol muzqaymoq iste'mol qilish tish emali darz ketishiga sabab bo'ladi. Muzqaymoqlar og'izda uzoq muddat chaynab iste'mol qilinmagani uchungina tishlarga aytarli zarar keltirmaydi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha muzqaymoq tushkunlikdan xalos etuvchi samarali vosita hamdir. Shunday paytda dietologlar «antistress» yeguliklarni iste'mol qilishni tavsiya etishadi. Bunday mahsulotlar ro'yxatining boshida shubhasiz, muzqaymoq turadi. Zero, u ruhiy zo'riqishdan xalos etuvchi ajoyib yegulik hisoblanadi. Shuning uchun ham ko'pchilik muzqaymoq yeyishni xush ko'radi.
Madina Po'lat qizi tayyorladi
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0