Valyuta UZS
  • USD

    12 531.7875.53

  • EUR

    14 538.1276.41

  • RUB

    159.821.46

+28C

+28C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+28c

  • Hozir

    +28 C

  • 12:00

    +29 C

  • 13:00

    +30 C

  • 14:00

    +31 C

  • 15:00

    +31 C

  • 16:00

    +31 C

  • 17:00

    +30 C

  • 18:00

    +30 C

  • 19:00

    +28 C

  • 20:00

    +26 C

  • 21:00

    +24 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +21 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Payshanba, 26-June

+28C

  • Hozir

    +28 C

  • 12:00

    +29 C

  • 13:00

    +30 C

  • 14:00

    +31 C

  • 15:00

    +31 C

  • 16:00

    +31 C

  • 17:00

    +30 C

  • 18:00

    +30 C

  • 19:00

    +28 C

  • 20:00

    +26 C

  • 21:00

    +24 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +21 C

  • Payshanba, 26

    +28 +20

  • Juma, 27

    +30 +20

  • Shanba, 28

    +31 +20

  • Yakshanba, 29

    +30 +20

  • Dushanba, 30

    +32 +20

  • Seshanba, 01

    +33 +20

  • Chorshanba, 02

    +36 +20

  • Payshanba, 03

    +38 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Pulli sinflar: qay yo'ldan ketyapmiz va dunyoda bu masala qay tarzda hal qilingan?

Jamiyat
227 10:23 | 26.06.2025 10:23

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda davlat umumta'lim maktablarida pulli sinflar tashkil etilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ma'lumotlarga ko'ra, poytaxtdagi 50-umumta'lim maktabining yangi ochiladigan to'rtta 1-sinfining bittasi pulli bo'ladi. Ushbu sinfda o'quvchilarga uch mahal ovqat beriladi va kechgacha qo'shimcha mashg'ulotlar o'tiladi. Tijoriy sinflar hududi bo'yicha maktabda o'qish huquqiga mos tushmaydigan bolalar uchun mo'ljallangan va narxi 2 million 800 ming so'm etib belgilanar ekan.


Bu keng muhokamalarga sabab bo'ldi. E'tirozlarga Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi munosabat bildirish asnosi pulli sinf deb talqin etilayotgan holatlar aslida o'quvchilarga o'quv reja va davlat ta'lim standartlaridan tashqari qo'shimcha bilim berish uchun tashkil etiladigan ta'lim xizmati ekanini ta'kidladi.


Mutasaddilarning bayon qilishicha, ushbu tartib hukumatning 2019 yil 22 apreldagi 343-qarori bilan tasdiqlangan tegishli nizom talablari asosida, qolaversa, ota-onalar tashabbusi bilan joriy etilmoqda. Ushbu hujjatga ko'ra (Nizomning 2-bandi), maktablarda tashkil etiladigan qo'shimcha ta'lim berishga qaratilgan pulli ta'lim xizmatlari maktablarning o'quv dasturlarida nazarda tutilmagan (davlat ta'lim standartlaridan tashqari) mashg'ulotlar bo'yicha maktab direktori va o'quvchilarning ota-onasi yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o'rinlarda buyurtmachi deb ataladi) o'rtasida tuziladigan shartnoma asosida ko'rsatiladi. O'quvchilar pulli sinflarga majburiy tartibda jalb etilishiga yo'l qo'yilmaydi. Tushgan mablag'larning 50 foizidan kam bo'lmagan miqdori o'qituvchilarga haq to'lashga, qolgani maktabning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga va xodimlarni rag'batlantirishga yo'naltiriladi.


Bir qarashda bu ezgu tashabbus va xayrli ishdek ko'rinadi. Maqsad ham bag'oyat ajoyib – bilimli va har tomonlama barkamol avlodni shakllantirish. Faqat bu yangilikning lekini bor… Savollar ham talaygina. Ulardan osonlikcha ko'z yumib bo'lmaydi. Zero, gap millatning ertangi kuni – bolalarimizni kamolot sari yetaklaydigan buyuk yo'l haqida ketmoqda.



Tenglikka tahdid yoxud xatarli tendentsiya


Garchi rasmiylar ushbu tashabbusni maqsad pul ishlash emas, balki ta'limni rivojlantirish deb xaspo'shlayotgan bo'lishsa-da, aslida unday emas. Сhunki davlat maktablarida sifatli ta'limga bunday yo'l bilan erishib bo'lmaydi. Bu shunchaki ijtimoiy adolatga qarshi hodisa, xolos. Davlat maktablarida tijoriy sinf bo'lishi tabaqalanishdan o'zga narsa emas!!! Sog'lom aql bilan bu ishni qo'llab bo'lmaydi. Tijoriy sinf ochib, faqat ularda yaxshi ta'lim berish, qolganlariga haminqadar munosabatda bo'lishni hatto tasavvur etish qiyin.


Bordi-yu, bu tashabbus, rostan ham, ota-onalardan chiqayotgan bo'lsa, marhamat, ular farzandini bemalol xususiy yoki tabiiy, aniq fanlarga yo'naltirilgan, ixtisoslashtirilgan maktablarga bersin! Bizda bunaqa ta'lim maskanlari yetarli. Qolaversa, barcha viloyatlarda, poytaxtda Prezident maktablari faoliyat yuritmoqda. Xohlovchilar dilbandlarini ana shu dargohlarga olib borsin! Hech kim ularga to'sqinlik qilmaydi. Lekin davlat maktabini tijoriylashtirishga hissa qo'shmasin. Сhunki bu yaxshilikka olib kelmasligi mumkin.


Besh qo'l barobar emas. Hammaning topish-tutishi har xil. Demak, maktablarda go'yoki «ta'lim sifatini oshirish» bahonasida alohida sinflar tashkil etilishiboy va kam ta'minlangan oilalar farzandlari orasida chuqur jarlik hosil qiladi. Xususan, moddiy sharoiti og'ir oila farzandi teng imkoniyatdan mahrum bo'ladi. Ta'bir joiz bo'lsa, unga «ikkinchi sort» sifatida qaraladi. Сhunki o'qituvchilar diqqat-e'tiborini asosan pulli sinflarga qaratishi turgan gap. Oqibatda boshqa sinflarda bilim sifati pasayishi xavfi yuzaga keladi.


Umuman olganda, bu tashabbus Konstitutsiya va bola huquqlariga mutlaqo zid holat. Binobarin, Bosh qomusimizning 41-moddasida ta'lim to'g'risida shunday deyilgan: «Har kim bilim olish huquqiga ega. Davlat bepul umumiy ta'limni kafolatlaydi. Maktab ishi davlat nazorati ostida».


Pulli sinf joriy qilish bo'yicha tashabbus bildirayotganlar umumta'lim maktablarida bunday tajriba qonunga nechog'liq mos kelish yoki kelmasligi masalasini ko'rib chiqishganmi-yo'qmi? Va bunga Konstitutsion sud qanday munosabat bildiradi?



Xorijiy tajriba «o'zbekcha innovatsiya» oldida xijolatda


Odatda mutasaddilar biron-bir yangilikni amaliyotga tatbiq etarkan, xorijiy tajribani dastak qilishadi. Bunga kundalik hayotimizda ko'p va xo'p guvoh bo'lamiz.


Xo'sh, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ushbu tartibni hayotga joriy qilar ekan, boshqa davlatlardagi holatni nechog'liq o'rgandi? Umuman, bu borada ularda vaziyat qanday?


Keling, ushbu savollarga ayrim davlatlar misolida javob izlab ko'ramiz. Internet manbalaridagi ma'lumotlar va xorijda muqim yashaydigan millatdoshlarimizning guvohligiga ko'ra, bir qator rivojlangan davlatlarda bunday tartib mavjud emas.


Buyuk Britaniyada davlat maktablari mutlaqo bepul. Birorta pulli sinf yo'q. «Akademik maktablar» yoki «grammatik maktablar» kabi ixtisoslashgan ta'lim maskanlari bor. Ularga o'quvchilar tanlov asosida qabul qilinadi. Ularda ham ta'lim bepul. To'g'ri, «qo'shimcha mablag' yig'imi» so'rashi mumkin, bu ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.


AQShda davlat maktablari federal va mahalliy byudjet hisobidan moliyalashtiriladi va to'liq bepul. Maxsus (sport, musiqa va san'atga yo'naltirilgan) maktablar ham bepul. Hech qanday holda ta'lim uchun sinflarda pul to'lash talab etilmaydi. Ba'zi to'garaklar yoki sport to'garaklari pulli bo'lishi mumkin.


Germaniyada ham hukumat maktablarida pulli sinflar yo'q. Darsliklar, ba'zan tushlik ham hukumat tomonidan qoplanadi. Muhimi, davlat ta'lim muassasalarida ijtimoiy tenglik tamoyiliga qat'iy rioya etiladi.


Kunchiqar mamlakat – Yaponiyada davlat maktablari bepul, lekin daftar, forma, tushlik va boshqa zarur anjomlar uchun ota-onalardan muayyan to'lovlar olinadi. Har bir bolaga teng ta'lim berish maqsadida pulli sinflar joriy qilinmagan.


Shvetsiyada ta'lim butunlay bepul. Hatto xususiy maktablar davlatdan subsidiya oladi va qonuniy ravishda to'lov talab qilishga haqli emas. To'lov talab qilish yoki «yaxshi shart-sharoit» uchun sinflar tashkil etish qonunan taqiqlangan.


Finlyandiya davlat maktablarida ta'lim, kundalik tushlik, maktab avtobusi va maktab anjomlari ham tekin. Hatto xususiy maktablar ham o'quvchilardan to'lov talab qilmaydi. Buni davlat to'liq o'z gardaniga olgan, ya'ni xususiy maktablar byudjetdan subsidiya oladi. Ta'lim siyosatida bolalarni tabaqalashtirish qat'iy taqiqlangan. Bir maktabda ikki xil – pulli va bepul sinf tashkil etish qonunan ta'qiqlangan. Har bir o'quvchi uchun bir xil imkoniyat va resurs taqdim etilishi davlat siyosati darajasida ta'minlangan. Bordi-yu, kimgadir ixtisoslashgan yo'nalishlar kerak bo'lsa, bu davlat moliyalashtiradigan maxsus sinflarda amalga oshiriladi. Masalan, musiqa, san'at, sport kabi sohalarga ixtisoslashtirilgan maktablar bor va ular ham to'liq bepul.


Umuman olganda, Finlyandiya ta'lim siyosati quyidagi qoidalarga asoslanar ekan: ta'lim umumiy huquq, sotiladigan xizmat emas. Har bir bola davlat kafolati ostida bir xil sifatli ta'lim olishi shart.Maktablarda to'lov va sinflarni farqlash – ta'limdagi tenglikni buzadi.


Xo'sh, xorijiy tajriba soha mas'ullari iddaosini to'liq inkor qilarkan, ta'limni «ta'lim olish huquqi»dan «ta'lim sotib olish imkoniyati»ga aylantirish, maktablarda «elita sinf» va «oddiy sinf» vujudga keltirish kimga va nima uchun kerak? Hali bu sohada rivojlangan davlatlardan o'tib, maqtanadigan jihatimiz yo'q-ku! Bundan ko'zlangan maqsad haqiqatan ham, sifatli ta'lim tizimi yaratishmi yoki kimlargadir mo'maygina daromad manbai yaratish?



Nima qilmoq kerak?


Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, aksariyat rivojlangan mamlakatlardagi davlat maktablarida pulli sinflar mavjud emas. Demak, ularda ijtimoiy tenglik va barcha bolalar uchun bir xil imkoniyat eng muhim tamoyillardan biri hisoblanadi.


To'g'ri, balki pulli sinflar vaqtincha, ya'ni dastlabki yillar sifatli ta'lim berishi mumkin, lekin bu jarayon ta'limdagi adolatni izdan chiqarishi, ta'limni tijoratga aylantirishi, ijtimoiy muvozanatni buzishi, oqibatda xalq ishonchini yo'qotishi mumkin.


Davlat maktablari xususiylashtirish ob'ekti emas, balki barcha bolalar uchun teng imkoniyatlar manbai bo'lishi zarur. Haqiqatan ham, maqsad ta'lim sifatini yaxshilash bo'lsa, uni pulli sinflar bilan emas, aksincha, islohot bilan yaxshilash zarur. Har bir sinfni moddiy jihatdan teng ta'minlash joiz. O'qituvchilarning malakasini, shuningdek, ularning talab darajasida sifatli ta'lim berishlari uchun mas'uliyatini, qolaversa, oylik maoshini ko'tarishga ko'proq ahamiyat qaratish lozim. Zotan, ta'lim bu faqat bilim berish emas, balki jamiyatda adolat, imkoniyat va taraqqiyotni ta'minlash vositasi hamdir. Qisqasi, ta'lim sohasiga mas'ul rahbarlar davlat maktablarida «o'zbekcha innovatsiya»ga yetti emas, yetmish ming marta o'lchab, keyin qo'l urishi lozim! Aks holda, ta'lim sohasidagi islohotlar chappasiga ketishi hech gap emas!



G'ulomjon AHMAD



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 4360 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat