Valyuta UZS
  • USD

    12 199.71-19.37

  • EUR

    14 328.56-50.85

  • RUB

    146.090.12

+24C

+24C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+24c

  • Hozir

    +24 C

  • 20:00

    +22 C

  • 21:00

    +20 C

  • 22:00

    +19 C

  • 23:00

    +18 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 28-September

+24C

  • Hozir

    +24 C

  • 20:00

    +22 C

  • 21:00

    +20 C

  • 22:00

    +19 C

  • 23:00

    +18 C

  • Yakshanba, 28

    +24 +20

  • Dushanba, 29

    +22 +20

  • Seshanba, 30

    +22 +20

  • Chorshanba, 01

    +22 +20

  • Payshanba, 02

    +19 +20

  • Juma, 03

    +12 +20

  • Shanba, 04

    +11 +20

  • Yakshanba, 05

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

“Tohir va Zuhra” fil'midagi Xorazm malikasi: urushda qahramonlik ko'rsatgan Zebo G'anieva

1942 yilning 23 may kuni Leningrad oblastidagi Vragovo qishlog'ida Zebo haqiqiy qahramonlik ko'rsatadi. U tepalikda merganlik pozitsiyasini egallab turganida nemislar qishloqni tashlab chiqa boshlaydilar. Qahramonimiz o'z sheriklari bilan ularni o'qqa tutadi va olti fashistni yer tishlatadi.
74 15:52 | 26.09.2025 15:52

U o'tkir ko'zli snayper bo'lib, yuzdan oshiq dushmanni yer tishlatgan. Shuningdek, iqtidorli aktrisa ham edi. Bu – Zebo G'anieva.


Ikkinchi jahon urushining eng murakkab va qonli janglaridan biri Moskva qamalida himoyachilar orasida o'zbek xalqining qizlari ham jang qilgan.


Qahramonimiz 1923 yilning 20 avgustida tug'ilgan. Urush boshlanganda Zebo o'n olti yoshda bo'lib, Moskvadagi teatr san'ati institutida o'qirdi. Dahshatli voqealar xavfi tug'ilgach, institut Sharqqa evakuatsiya qilinadigan bo'ldi. Ammo ko'pchilik talabalar frontga borib, qo'lga qurol olib vatanni bosqinchilardan himoya qilish istagini bildirdilar. Ular qatorida Zebo G'anieva ham bor edi.


G'anieva frontda bir qator jasoratlar ko'rsatgan. 1941 yil oktyabridayoq u Moskva yaqinidagi diviziyalardan birining pulemyotchilar rotasida jang qila boshladi. Qizning teran aqli, o'tkir ko'zlari juda qisqa vaqt ichida unga merganlikni o'rganib olish va qiron keltirilgan dushmanlar sanog'ini oshirish imkonini berdi.


Zebo G'anieva snayperlikdan tashqari, razvedka hunarini ham qoyilmaqom tarzda bajargan. U tez-tez razvedkaga ham borib turdi. Kunlarning birida G'anieva bilan dugonasi Nina Soloveyga ochiq maydonga chiqish, emaklagan holda nemis handaqlariga yaqinlashib borish hamda u yerda nimalar bo'layotganini bilib qaytish haqida buyruq berildi. Qish payti edi. Qizlar oppoq xalatlarga o'ralib hech kimga sezdirmasdan maydonga chiqdilar-da, ertalab soat beshga yaqin dushman handaqlariga yetib bordilar. Ular sakkiz soat sovuqda qimir etmay, ovoz chiqarmay yotdilar. Diviziyada esa qizlar sovuqda qotib qolishdi, deb o'ylashdi. Qorong'i tushgach, har ikkisi yana emaklab ortga qaytib kelishdi.


Qizlar juda ko'p muhim ma'lumotlardan voqif bo'lishgan edi. Butun vujudni quloqqa aylantirib nemislarning har bir so'zini eslab qolishdi. Kiyim-boshlarini, qurollaru, shoshilib tikilgan pogonlarni ham nazardan qochirishmadi, chunki bu belgilar yangilar kelib qo'shilganidan dalolat berardi.


O'sha qishning o'zida Zebo 16 marta razvedkaga bordi, dushman haqida muhim ma'lumotlar olib keldi. Razvedkalar oralig'idagi tanaffus paytlarida esa qo'lga mergan miltig'ini olib ochiq marraga chiqar va fashistlarni qiyratardi.


1942 yilning aprel'-may oylarida o'z hisobiga 21 nafar fashistni yozib qo'ygan. O'z so'zlariga ko'ra, butun urush davomida u 129 fashistni yo'q qilgan.


1942 yilning 23 may kuni Leningrad oblastidagi Vragovo qishlog'ida Zebo haqiqiy qahramonlik ko'rsatadi. U tepalikda merganlik pozitsiyasini egallab turganida nemislar qishloqni tashlab chiqa boshlaydilar. Qahramonimiz o'z sheriklari bilan ularni o'qqa tutadi va olti fashistni yer tishlatadi. Bu paytda qishloqda jang olib borayotgan leytenant Marchenko ko'mak so'raydi va Zebo safdoshlari bilan qishloq tomon yuguradi. Shu payt panada o'rnashib olgan avtomatchi ularni o'qqa tutadi. Jasur o'zbek qizi javob o'qi bilan avtomatchini tinchitadi, lekin shu payt yo'llangan minomyot zarbalaridan keyingi oskol'kalardan qattiq yaralanadi.


Zebo G'aniveani do'stlari – Nina Solovey, Fedor Kirillov va Yakov Kolyakolar jang maydonidan olib chiqadilar. Mo''jiza tufayli aynan shu paytda Moskvaga uchayotgan samolyotga katta yurakli qizni chiqarib yuboradilar. Moskvadagi gospitalda unga eng yaxshi shifokorlar g'amxo'rlik qilishadi. Prezidium raisi Nikolay Shvernikning turmush o'rtog'i Mariya Shvernik shaxsan o'zi qoni zararlangan, og'ir ahvoldagi Zeboni 11 oy davomida parvarishlaydi. Sog'ayganida “barcha ayollar o'z farzandlarini 9 oy ko'tarib yuradilar va tug'adilar, men esa seni 11 oy ko'tardim”, deya hazillashadi Mariya. Keyinchalik Zebo Shverniklar xonadonining tutingan qiziga aylanadi.


518-o'q polkining sobiq komsomol tashkilotchisi leytenant G.D. Kievskayaning "Mening aziz moskvaliklarim" maqolasida (1968 yil) G'anieva haqida shunday deyiladi:


“Moskva Teatr san'ati institutining 1-kurs talabasi Zebo G'anieva bilan tanishdim. Frontda u snayperlik mahoratini puxta egalladi va Shimoli-g'arbiy frontning eng yaxshi snayperlaridan biriga aylandi. Ikkinchi jarohatdan keyin Zebo shifoxonada taxminan ikki yil o'tkazdi. Hayot uchun, sog'liq uchun uzoq kurash. Keyin bilim uchun o'jar kurash. Urushdan keyin u institutni, keyin esa aspiranturani tugatdi. Diplom oldi".


Zebo G'anievaning jasorati haqidagi gap-so'zlar butun Sovet mamlakatiga tarqaldi. Uning surati va allaqachon 20 nafar fashistni snayper miltig'i bilan yo'q qilgani haqidagi xabarlar barcha markaziy va mahalliy gazetalarda e'lon qilingan. Gitler qo'shinlari Kavkaz tomon harakat qilganda, u onalarga, opa-singillarni va do'stlarni o'zlarining Vatanini himoya qilishga chaqirgandi.


Urushdan keyin Zebo G'anieva yana san'atga qaytadi va Nabi G'aniev tomonidan suratgan olingan, “O'zbekfil'm” durdonasiga aylangan “Tohir va Zuhra” fil'mida Xorazm malikasi rolini o'ynaydi.


U Ozarboyjon diplomati Tofik Qodirovga turmushga chiqadi. Turmush o'rtog'i Sobiq Ittifoqning Turkiyadagi elchixonasida ishlagan. Keyinchalik ular Moskvaga qaytishadi. Oilada bir nafar o'g'il tug'iladi. Unga Marat deya ism qo'yadilar. Keyinchalik tarix bilan shug'ullangan Zebo G'anieva sharqshunoslik fanlari doktori, professor darajasiga ko'tariladi.


U uzoq umr ko'rgan va 2010 yilda vafot etgan. Ikkinchi jahon urushidagi xizmatlari uchun “Moskva mudofaasi uchun”, “Qizil bayroq” ordeni, “Qizil yulduz” ordeni, I darajali vatan urushi ordenlari bilan mukofotlangan.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid