Valyuta UZS
  • USD

    12 831.81-25.54

  • EUR

    14 606.45-66.36

  • RUB

    163.750.3

+24C

+24C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+24c

  • Hozir

    +24 C

  • 10:00

    +25 C

  • 11:00

    +27 C

  • 12:00

    +28 C

  • 13:00

    +29 C

  • 14:00

    +30 C

  • 15:00

    +30 C

  • 16:00

    +30 C

  • 17:00

    +30 C

  • 18:00

    +30 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +27 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +24 C

  • 23:00

    +22 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 07-June

+24C

  • Hozir

    +24 C

  • 10:00

    +25 C

  • 11:00

    +27 C

  • 12:00

    +28 C

  • 13:00

    +29 C

  • 14:00

    +30 C

  • 15:00

    +30 C

  • 16:00

    +30 C

  • 17:00

    +30 C

  • 18:00

    +30 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +27 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +24 C

  • 23:00

    +22 C

  • Shanba, 07

    +24 +20

  • Yakshanba, 08

    +28 +20

  • Dushanba, 09

    +30 +20

  • Seshanba, 10

    +26 +20

  • Chorshanba, 11

    +27 +20

  • Payshanba, 12

    +27 +20

  • Juma, 13

    +27 +20

  • Shanba, 14

    +29 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Urug'-aymog'i bilan boyiyotgan osiyolik milliarderlar ro'yxati e'lon qilindi

"Bloomberg" nashri Osiyoning eng mashhur va badavlat biznesman sulolalari reytingini tuzib chiqdi. Ro'yxatda oila a'zolari bilan birgalikda boyiyotgan tadbirkorlar o'rin olgan. Unga Hindiston, Tailand, Xitoy, Indoneziya, Gonkong, Filippin, Singapur, Malayziya, Tayvan va Janubiy Koreyadan 2023 yilda eng muvaffaqiyatli oilalar kiritilgan. Reytingning birinchi o'rinidan ziravorlar va poliester tolasi savdosida boylik orttirgan hindistonlik Mukesh Ambani joy oldi.
713 09:59 | 31.08.2024 09:59

Bugungi kunda Hindistonning eng yirik xoldingiga egalik qiladigan bu oilaning boshlig'i milliarder Mukesh Ambani bo'lib, u o'g'illari bilan birgalikda energetika, neft'-kimyo, to'qimachilik, tabiiy resurslar, chakana savdo va telekommunikatsiya sohalaridagi korxonalarga ega.


Ikkinchi o'rinni indoneziyalik Xartonolar oilasi egalladi. Bu oila tamaki biznesi orqali boyib ketgan va mamlakatning eng yirik bankiga sarmoya kiritib, milliardlab daromad olgan.


Ro'yxatning birinchi uchligi Kvok sulolasi bilan yopiladi: ulgurji savdo bilan boshlangan biznes bu oilani Gonkongdagi eng yirik ishlab chiqaruvchiga aylantirdi va oila hozir navbatdagi yirik loyiha ustida ishlamoqda.
Ishonch.uz mazkur ro'yxatdan o'rin olgan ba'zi biznesmenlar bilan tanishtiradi.



Ambani oilasi, Hindiston


Hindistonlik milliarder ishbilarmonlar Mukesh va Anil Ambanining otasi Dhirubxay 1950 yillarning oxirida ziravorlar va poliester tolasi savdo kompaniyasini yaratishni boshladi, keyinchalik u mamlakatning eng yirik xoldingiga aylandi. 2002 yilda vasiyatnoma qoldirmasdan vafot etganidan keyin o'g'illari o'rtasida meros bo'yicha nizo kelib chiqqan. Tadbirkorning bevasi oila boyligini nazorat qilish borasidagi nizolarni hal qilishda vositachi bo'lgan. Mukesh hozir dunyodagi eng yirik neftni qayta ishlash majmuasiga ega bo'lgan va texnologiya, chakana savdo, yashil energiya sohalarida kengayib borayotgan konglomerat boshqaruvida o'tiradi.


Mukeshning egizak farzandlari Isha va Akash chakana savdo va uyali aloqa operatorlari direktorlari kengashlarida rahbarlik qilishadi.


Vey Gvanlar oilasi, Indoneziya


Vey Gvan 1950 yilda sigaretalar biznesini sotib oldi va uning biznesi Indoneziyadagi eng yirik sigaret ishlab chiqaruvchidan biriga aylandi. Veyning vafotidan keyin 1963 yilda uning o'g'illari Maykl Bambang va Robert Budi Markaziy Osiyo Bankiga sarmoya kiritish orqali o'z faoliyatini diversifikatsiya qildi. 2016 yilda Robert Budining o'g'li Armand Bank prezidentining o'rinbosari lavozimini egalladi.


Kvoklar oilasi, Gonkong


Qiymati 34,8 milliard dollarlik kompaniyaga egalik qiluvchi oila boshlig'i oziq-ovqat ulgurji sotuvchisi Kvok Tak Seng o'z kompaniyasini 1972 yilda ro'yxatdan o'tkazgan. O'shandan beri kompaniya Gonkongdagi eng yirik mulk ishlab chiqaruvchilardan biriga aylanib, Kvok oilasi boyligining asosiy qismini tashkil qildi. Kvok vafotidan keyin uning o'g'illari Uolter, Tomas va Raymond 1990 yilda kompaniya boshqaruvini o'z qo'llariga olishdi. Uolter 2008 yilda akalari bilan janjaldan keyin raislikdan ayrildi. Biznesni ayni paytda uning ukasi Raymond boshqaradi, deb yozadi "Bloomberg".


Mistriy oilasi, Hindiston


Mazkur oilaviy biznesga 1865 yilda milliarder Mistriyning bobosi qurilish biznesi orqali asos solgan. “Shapooji Pallonji Group” nomli ushbu kompaniya hozirda muhandislik va qurilish kabi turli tadbirkorlik sohalarini qamrab oladi. Biroq merosxo'rlar o'rtasidagi janjallar natijasida tuzilgan bitimlar tufayli oila boyligining katta qismi bir maromda emas.


Dxanin Сhearavont oilasi, Tailand


1921 yilda Сhia Ek Сhor to'fondan vayron bo'lgan qishlog'idan qochib, Bangkokda akasi bilan sabzavot urug'ini sotadi. Shu tariqa u Tailandda yangi hayot boshlaydi. Bir asr o'tgach, Сhianing o'g'li Dxanin Сhearavanont oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, chakana savdo va telekommunikatsiyalar bo'linmalariga ega bo'lgan kompaniyaning katta raisiga aylandi. Dhaninning ikki o'g'li guruhning bosh direktori va raisi, nabirasi esa texnologik startapiga asos solgan. Ularning kompaniyasi endi Tailandda uglerod chiqindilarini kamaytirish uchun “Toyota Motor” bilan hamkorlik qilmoqda.


Yuvidya oilasi, Tailand


1956 yilda Сhaleo Yuvidya dori vositalarini sotish uchun farmatsevtika kompaniyasiga asos soldi. 1975 yilda u “Krating Daeng” nomli energetik ichimlikni ixtiro qildi, bu Tailand tilida “qizil buqa” degan ma'noni anglatardi. Avstriyalik marketolog Osiyoga xizmat safari chog'ida mazkur ichimlik bilan tanishgach, u retseptni o'zgartirish va unga “Red Bull” deb nom berib, uni jahon bozoriga olib chiqish uchun Сhaleo bilan hamkorlik qildi. 2012 yilda Сhaleo vafotidan keyin uning o'g'li kompaniya bosh direktori etib tayinlanadi.


Сheng oilasi, Gonkong


Сheng oilasining boyligi 1929 yilda Сhou Сhi-Yuan' tomonidan asos solingan Gonkong zargarlik kompaniyasiga borib taqaladi. Сhenglar shuningdek, shaharning eng yirik ko'chmas mulk va infratuzilma kompaniyalaridan biri bo'lgan «Hew World Development»ni ham nazorat qiladi. Kompaniyaga 1970 yilda Сhou Сhi-Yuanning kuyovi asos solgan.


Maftuna Karimova


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid