Valyuta UZS
  • USD

    12 149.847.74

  • EUR

    14 003.91-76.07

  • RUB

    151.100.57

+14C

+14C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+14c

  • Hozir

    +14 C

  • 01:00

    +14 C

  • 02:00

    +14 C

  • 03:00

    +14 C

  • 04:00

    +14 C

  • 05:00

    +13 C

  • 06:00

    +13 C

  • 07:00

    +13 C

  • 08:00

    +15 C

  • 09:00

    +17 C

  • 10:00

    +18 C

  • 11:00

    +19 C

  • 12:00

    +21 C

  • 13:00

    +22 C

  • 14:00

    +23 C

  • 15:00

    +23 C

  • 16:00

    +23 C

  • 17:00

    +23 C

  • 18:00

    +22 C

  • 19:00

    +20 C

  • 20:00

    +18 C

  • 21:00

    +17 C

  • 22:00

    +16 C

  • 23:00

    +15 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 05-April

+14C

  • Hozir

    +14 C

  • 01:00

    +14 C

  • 02:00

    +14 C

  • 03:00

    +14 C

  • 04:00

    +14 C

  • 05:00

    +13 C

  • 06:00

    +13 C

  • 07:00

    +13 C

  • 08:00

    +15 C

  • 09:00

    +17 C

  • 10:00

    +18 C

  • 11:00

    +19 C

  • 12:00

    +21 C

  • 13:00

    +22 C

  • 14:00

    +23 C

  • 15:00

    +23 C

  • 16:00

    +23 C

  • 17:00

    +23 C

  • 18:00

    +22 C

  • 19:00

    +20 C

  • 20:00

    +18 C

  • 21:00

    +17 C

  • 22:00

    +16 C

  • 23:00

    +15 C

  • Yakshanba, 05

    +14 +20

  • Dushanba, 06

    +14 +20

  • Seshanba, 07

    +15 +20

  • Chorshanba, 08

    +11 +20

  • Payshanba, 09

    +11 +20

  • Juma, 10

    +12 +20

  • Shanba, 11

    +13 +20

  • Yakshanba, 12

    +12 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Achchiq mag'lubiyatdan keyin misli ko'rilmagan taraqqiyot. “Yapon mo''jizasi” siri nimada?

Yaponiya Ikkinchi jahon urushida mag'lubiyatga uchragan davlatlardan biri edi. Bundan tashqari AQSh tashlagan ikki atom bombasi mamlakat bag'rida ulkan jarohat bo'lib qoldi. Ammo Yaponiya taraqqiyot bobida taslim bo'lmadi. Urushdan 15-20 yil o'tib mamlakat dunyoda shiddat bilan rivojlanayotgan davlatlar qatorida chiqdi. 1950-1973 yillardagi ulkan taraqqiyot tarixga “Yapon mo''jizasi” nomi bilan kirdi. Xo'sh, urushda yutqazgan qoloq va harbiylashgan mamlakat buni qanday uddaladi?
547 23:37 | 16.03.2026 23:37

Yaponiya iqtisodiyotidagi shiddatli o'sish deyarli chorak asr davom etdi, bu 1950-yillarning o'rtalaridan 1973 yilgacha bo'lgan davrni qamrab oldi. 1973 yilda dunyoda neft' inqirozi ro'y berdi, bu yapon iqtisodiyotining ham sekinlashishiga sabab bo'ldi. Natijalar hayratlanarli edi – kunchiqar yurt mamlakati dunyoda AQShdan keyin ikkinchi yirik iqtisodiyotga aylandi (keyinchalik Xitoyning keskin rivojlanishi sabab bu mavqeini yo'qotdi). Yaponiyaning iqtisodiy mo''jizasi uchun ko'plab sabablar bor edi va ular mamlakat uchun tasodifan bir vaqtga to'g'ri keldi.


Ikkinchi Jahon urushidan keyin Yaponiya yetti yil davomida (1945-1952) Amerika istilosi ostida qoldi. Bu vaqt ichida u o'zining milliy o'ziga xosligini keng miqyosda qayta qurish va bir vaqtlar yopiq va izolyatsiya qilingan mamlakatning urush davridan tinchlikka o'tishini boshdan kechirdi. Yaponiya iqtisodiy mo''jizasining sabablaridan biri shundaki, u o'z yo'lini juda past ko'rsatkichlar bilan boshladi. Yaponiyaning iqtisodiy mo''jizasi 1950 yillarning o'rtalaridan 1973 yilgacha taxminan yillik 10% dan ortiq iqtisodiy o'sish bilan ajralib turdi. Bu vaqt ichida Yaponiya iqtisodiy qudrati bo'yicha SSSR, Buyuk Britaniya, Kanada, Frantsiya va boshqa qudratli davlatlarni ortda qoldirdi va 40 yildan ortiq vaqt davomida Qo'shma Shtatlardan keyin dunyoda ikkinchi yirik iqtisodiyotga aylandi.


Rivojlanishning asosiy omillari sifatida hukumat va korporatsiyalar o'rtasidagi o'zaro ishonch ko'riladi. Bu omil zamonaviy yapon boshqaruv madaniyatini shakllantirdi va ushbu korporatsiyalar ishchilari uchun umrbod ish bilan ta'minlashni kafolatladi. Kasaba uyushmalarining jadal rivojlanishi ijobiy ta'sir ko'rsatdi.


Yaponiya rivojlanishi omillari deganda asosan shular ko'rsatiladi:


Keyretsuning shakllanishi


“Keyretsu” atamasi resurs yetkazib beruvchilar, banklar va ishlab chiqaruvchilarning chambarchas bog'langan guruhlarini anglatadi. Ikkinchi jahon urushidan oldin Yaponiya tashqi dunyo bilan aloqasi cheklangan militaristik mamlakat edi. Izolyatsiya tugaganidan so'ng, u yangi texnologiyalarga kirish imkoniyatiga ega bo'ldi va ularni tezda qabul qila boshladi.


Arzon ishchi kuchi


Ikkinchi jahon urushidan keyin Yaponiya tanazzulga yuz tutdi va juda ko'p odamlar har qanday ishni bajarishga tayyor edilar. Bu sanoatning jadal rivojlanishiga hissa qo'shdi va Yaponiya iqtisodiy mo''jizasining sabablaridan biri bo'ldi. Amerika istilosi ham muhim rol o'ynadi. Ajablanarlisi shundaki, bu Yaponiyaga foyda keltirdi, chunki o'sha paytda amalga oshirilgan islohotlar tufayli mamlakat iqtisodiyotini tinch yo'lga tezda o'tkazishga yordam berdi.


Texnologik sakrash


Hukumat va korporatsiyalar yangi texnologiyalarni o'zlari ixtiro qilish o'rniga boshqa mamlakatlardan sotib oldilar, chunki bu tezroq va samaraliroq edi. Bu yechim ham vaqtni, ham pulni tejadi. Harbiy xarajatlarning pastligi ham asosiy omillardan bo'ldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Yaponiyaga harbiy-sanoat kompleksiga YaIMning 1% dan ko'prog'ini sarflash taqiqlandi va tejalgan pullar boshqa maqsadlarga yo'naltirildi.


Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning o'ziga xos xususiyatlari qo'llandi. Bu Yaponiya iqtisodiy mo''jizasining eng muhim omillaridan biridir: davlat biznes bilan hamkorlikda yangi rivojlanish strategiyasini ishlab chiqdi, Yaponiyadagi biznes va biznes hamjamiyati esa norasmiy aloqalar orqali davlat apparati bilan mustahkam bog'langan.


Tashqi savdoning rivojlanishi


U eksportga yo'naltirildi va davlatning o'zi uning ustidan sezilarli nazoratni saqlab qoldi. Siyosiy muammolarning yo'qligi qulay muhitni payd qildi. Tarix darsliklaridan ma'lumki, urushdan keyin Yaponiyada siyosiy barqarorlik davri boshlandi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo'llab-quvvatlash kuchli bo'ldi. Bu yerda yana bir omil yaponlarning o'zini o'zi anglashi va bu madaniyatga xos bo'lgan vatanparvarlik edi.


“Yaponiya mo''jizasining mohiyati eng yuqori hokimiyat va yirik biznes o'rtasidagi hayratlanarli o'zaro ishonchda yotadi... Yaponiyada davlat va yirik biznes iqtisodiy strategiyani ishlab chiqish uchun birgalikda ishladilar. Ular mamlakatning rivojlanish ustuvorliklarini aniq belgilab berishdi. Birinchi bosqichda metallurgiya, kemasozlik va neft'-kimyo sanoatini rivojlantirishga urg'u berildi. Ular dunyodagi eng ilg'or metallurgiyani yaratdilar, 100 million tonna po'lat eritdilar. Yaponiya 200 000-300 000 tonna sig'imli tankerlar qurib, dunyodagi yetakchi kemasozlik kuchiga aylandi. Neftni ichki miqyosda qayta ishlash uchun ular neft'-kimyo sanoatini rivojlantira boshladilar. Ikkinchi bosqichda maishiy texnika va avtomobil' sanoatiga ustuvorliklar berildi. O'rnatilgan stereotipni buzish kerak edi – 1960-yillarga qadar yapon tovarlari arzon, ammo sifati past edi. Ular ulkan kuch sarflab xaridorlarni tranzistorlari, televizorlari va keyin mashinalari dunyoda eng sifatlilaridan ekaniga ishontirishdi”, deya yapon taraqqiyotida izoh bergandi rossiyalik sharqshunos vsevolod Ovchinnikov.


1968 yilda Yaponiya dunyodagi ikkinchi yirik iqtisodiyotga aylandi va bu mavqeini 2010 yilgacha, nihoyat Xitoy tomonidan ortda qoldirilgan paytgacha saqlab qoldi. Iqtisodiy mo''jizaning eng yuqori cho'qqisida yillik yalpi ichki mahsulot o'sishi 15% ni tashkil etdi. Iqtisodiy mo''jiza davrida yaponlar kemasozlik, metallurgiya, neft' va gaz, avtomobilsozlik va maishiy texnika sohalarida misli ko'rilmagan yutuqlarga erishdilar. 1970-yillarga kelib, televizorlar, muzlatkichlar, changyutkichlar va shunga o'xshash narsalar hatto qishloq aholisi orasida ham odatiy holga aylandi. Hozirgi vaqtda Yaponiya dunyoda eng yuqori turmush darajasiga ega mamlakatlardan biri bo'lib qolmoqda va umr ko'rish davomiyligi bo'yicha eng yuqori mamlakatlar qatorida turadi. Mamlakat eksporti hajmi ham oshdi. 1952 yildan 1973 yilgacha u deyarli o'n baravar o'sdi. Asosiy eksport mahsulotlari ham o'zgardi - ilgari ular to'qimachilik va boshqa yengil sanoat mahsulotlari edi, ammo ularning o'rnini asosan og'ir sanoat mahsulotlari - stanoklar va maishiy texnikadan tortib avtomobillar va kemalargacha egalladi.


Lekin ulkan taraqqiyotning salbiy tomonlari ham bor edi. Shulardan biri Yaponiya uchun hali-hanuz og'riqli masala bo'lib qolayotgan demografik inqiroz sanaladi. Yaponlar odatda uzoq va qattiq mehnat qiladilar; ko'pchilik uchun ish birinchi o'rinda turadi. Natijada, ushbu ustuvorlik tufayli, turmush darajasini sezilarli darajada yaxshilagan aholining o'sish sur'ati sekinlashdi va keyin butunlay pasaya boshladi. 2023 yil oxirida Yaponiya iqtisodiyoti kutilmaganda retsessiyaga tushib qoldi va dunyoning uchinchi yirik iqtisodiyoti unvonini Germaniyaga boy berdi.


Bugungi kunda Yaponiyada dunyoda eng keksa va eng tez qarib borayotgan aholi istiqomat qiladi. Aholining qarishi, tug'ilishdan o'limning ko'pligi va qat'iy immigratsiya siyosati tufayli aholining kamaymoqda, buning ortidan iste'mol kamaymoqda. Aholining to'plangan bo'sh pul mablag'lari (iqtisodiyotga investitsiya qilinmagan) ko'payib bormoqda, ammo deflyatsiya tufayli tovarlar va xizmatlar narxlari yildan-yilga pasayib bormoqda, bu esa talabni yanada pasaytiradi va iste'molchilarning xaridlarini kechiktiradi. Demografik muammolarga duch kelayotgan boshqa davlatlar muammoni migratsiya orqali hal etayotgan bo'lsa, Yaponiya bunga shoshilmayapti. Mamlakat aholisining salkam 98 foizini yaponlar tashkil etadi va dunyodagi eng qat'iy bir millatli davlatlardan biri bo'lib qolmoqda.


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid