Valyuta UZS
  • USD

    12 591.71-84.4

  • EUR

    14 821.70-153.86

  • RUB

    160.18-1.38

+23C Toshkent Shahri

+23C Toshkent Shahri

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+23c

  • Hozir

    +23 C

  • 04:00

    +22 C

  • 05:00

    +19 C

  • 06:00

    +19 C

  • 07:00

    +21 C

  • 08:00

    +26 C

  • 09:00

    +29 C

  • 10:00

    +32 C

  • 11:00

    +34 C

  • 12:00

    +36 C

  • 13:00

    +38 C

  • 14:00

    +40 C

  • 15:00

    +40 C

  • 16:00

    +41 C

  • 17:00

    +40 C

  • 18:00

    +39 C

  • 19:00

    +37 C

  • 20:00

    +33 C

  • 21:00

    +30 C

  • 22:00

    +28 C

  • 23:00

    +27 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Payshanba, 03-July

+23C

  • Hozir

    +23 C

  • 04:00

    +22 C

  • 05:00

    +19 C

  • 06:00

    +19 C

  • 07:00

    +21 C

  • 08:00

    +26 C

  • 09:00

    +29 C

  • 10:00

    +32 C

  • 11:00

    +34 C

  • 12:00

    +36 C

  • 13:00

    +38 C

  • 14:00

    +40 C

  • 15:00

    +40 C

  • 16:00

    +41 C

  • 17:00

    +40 C

  • 18:00

    +39 C

  • 19:00

    +37 C

  • 20:00

    +33 C

  • 21:00

    +30 C

  • 22:00

    +28 C

  • 23:00

    +27 C

  • Payshanba, 03

    +23 +20

  • Juma, 04

    +23 +20

  • Shanba, 05

    +25 +20

  • Yakshanba, 06

    +23 +20

  • Dushanba, 07

    +22 +20

  • Seshanba, 08

    +24 +20

  • Chorshanba, 09

    +23 +20

  • Payshanba, 10

    +21 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Adabiyot yashasa – millat yashaydi

Yil boshidanoq “Akademnashr” nashriyoti ijodkor ahli va adabiyot ihlosmandlari uchun o'zgacha kayfiyat ulashdi. Yaqin-u uzoqda, shahar-u qishloqda yashab, qalam tebratayotgan yosh topilmalar talaygina. “Izlam” o'zligini izlayotgan avlodning baland ovoziga aylandi. U haqiqiy adabiyot shaydolarini, ko'ksida “olovi”, qalbida dardi, qo'lida qalami bor ijodkorlarni izlab topdi.
550 12:47 | 15.01.2025 12:47

Joriy yilning 12 yanvar' kuni O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoshidagi Ma'naviyat va ma'rifat markazida “Izlam-2” rukni ostida chop etilayotgan kitoblar to'plamining taqdimot marosimi bo'lib o'tdi. Tom ma'noda taqdimot ijodkorlarning diydor kechasiga ham aylanib ketdi. 2-fasl taqdimotida keng jamoatchilik vakillari, talaba yoshlar, adabiyotning umidli davomchilari, adabiyotshunoslar, jurnalistlar – umuman, adabiyotga befarq bo'lmagan ziyolilar ishtirok etishdi. Taqdimot odatiy kitobxonlik tadbirlardan ko'p jihatlari bilan ajralib turdi. Unda kitob mualliflari tomonidan teatrlashtirilgan badiiy chiqishlar taqdim etilishi, mualliflar o'z asarlarining qahramonlariga aylanishlari tomoshabinlarni ham befarq qoldirmadi. Tadbirning ikkinchi qismi “imzo vaqti”ga bag'ishlanib, unda kitobxonlar mualliflarning kitoblariga dastxat olib, ulardan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniga ega bo'ldilar.


Kitobxon jamiyat qurish qo'l bilan sanoqli shaxslarning harakatlariga bog'liq hodisa emas. Uning shakllanishi jamiyatning umumiy kayfiyati, tutumlari va milliy tafakkur taraqqiyoti bilan bevosita aloqador jarayon. Bugun barcha sohalarda bo'lgani kabi adabiyotga ham bozor tamoyillari kirib kelishi kitob bozoriga o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Shunday vaziyatda yosh mualliflarga minbar berish, ularni kitobxonlarga tanitish maqsadida “Akademnashr”ning tashabbusi e'tirofga sazovordir. “Izlam” kitoblar turkumi aynan shu maqsad ila dunyo yuzini ko'rdi.


- “Izlam” loyihasida o'tgan yili 9 nafar ijodkorning kitobi chop etilgan bo'lsa, joriy yilda 15 nafar yosh ijodkorning yangi asarlari 1.5 ming nusxadan chop etildi. Umid qilamizki, loyiha keying avlod vakillari bilan davom etadi. Hali biz bilmagan, eshitmagan “topilmalar” talaygina. Albatta, ularni topamiz, kashf qilamiz” – deydi “Akademnashr” rahbari Sanjar Nazar.


“Izlam” – izlash jarayonining ilk hosilasi demak. Bu ruknda yozish uslubi, malakasi va iste'dodidan qat'i nazar, mualliflar o'quvchini ba'zan o'z-o'zi, ba'zan jamiyat bilan muloqotga chaqira olgan.


Bu galgi kitoblar janrlari ham turlicha. Unga ko'ra, nasr yo'nalishida 5 ta, nazmda 8 ta, badiiy publisistika va adabiyotshunoslik yo'nalishlarida 1 tadan asarlar chop etildi. Shahriyor Shavkatning “Ham”, Nozima Habibullaevaning “Nafas”, marhum Mansur Jumaevning “Biz kutgan fasl”, Bayram Alining “Bosiriq”, Sevara Alijonovaning “Mahkum sayohati” kitoblari shular jumalasdandir.


Darhaqiqat, yuqoridagi kabi yosh ijodkorlarga imkoniyatlar yaratilar, adabiy kechalar uyishtirilar ekan, millat hech qachon qaramlikka yo'l tutmaydi. Сho'lpon nazdida adabiyot “yurak kirlarini yuvadigan toza marifat suvi, xiralashgan oynalarimizni yorug' va ravshan qiladigan, chang va tuproqlar to'lgan ko'zlarimizni artib tozalaydigan buloq suvi”dir. Bir so'z bilan aytganda “Adabiyot yashasa – millat yashaydi”.


Mashhura JO'RAQULOVA


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

1

0

0

0

Qoldirilgan izohlar (1)

...

17:04 | 16.01.2025

...

Maqolaga baho bering
0/5

0

1

0

0

0

Mavzuga oid