Valyuta UZS
  • USD

    12 123.3851.35

  • EUR

    14 094.6477.81

  • RUB

    149.191.18

+20C

+20C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+20c

  • Hozir

    +20 C

  • 19:00

    +18 C

  • 20:00

    +17 C

  • 21:00

    +16 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +11 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 10-October

+20C

  • Hozir

    +20 C

  • 19:00

    +18 C

  • 20:00

    +17 C

  • 21:00

    +16 C

  • 22:00

    +12 C

  • 23:00

    +11 C

  • Juma, 10

    +20 +20

  • Shanba, 11

    +23 +20

  • Yakshanba, 12

    +21 +20

  • Dushanba, 13

    +21 +20

  • Seshanba, 14

    +23 +20

  • Chorshanba, 15

    +24 +20

  • Payshanba, 16

    +21 +20

  • Juma, 17

    +20 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Haligacha davosi topilmagan kamyob kasalliklar

Tibbiyot shifokor ko'rigidan muntazam o'tib turish, zararli odatlardan yiroq yurish, sog'lom turmush tarziga amal qilish kerakligini bot-bot takrorlaydi. Ammo shunday kasalliklar borki, bu choralarning birortasi ularning oldini ola bilmaydi. Yaxshiki bu kamyob kasalliklar juda oz uchraydi va chuqur tadqiqotlar olib borilishiga qaramay hanuz samarali davosi yo'q.
97 12:15 | 09.10.2025 12:15

Progeriya – tezlikda qarish yoki Xatchinson kasalligi


Xatchinson kasalligi yoki Progeriya — kamyob kasalliklar orasida eng mashhuri. Tug'ma genetik anomaliya tufayli bu kasallikka chalingan insonlar normadagiga nisbatan 8 barobargacha ko'proq tezlikda qariy boshlaydilar. Ammo e'tiborli jihati tana har qancha keksaymasin aql bolaligicha qoladi.


Aksariyat hollarda bunday bolalar 12-13 yoshgacha nobud bo'ladilar. Biroq Yaponiyada bu kasallikka chalingani holda 45 yoshgacha yashagan odam ham bor. Dunyo bo'yicha 80 tacha qayd etilgan bu kasallik o'g'il bolalarda qizlarga nisbatan ikki barobar ko'p uchraydi.


Bunday bemor O'zbekistonda ham bor.


Morgellon kasalligi


AQShlik shifokorlar bu kasallikni 2002 yilda rasman qayd etdilar. Kasallik kechishining o'ziga xos xususiyati shundaki bemor o'z terisi ostida yuzlab hasharotlar, chuvalchanglar va turli qurtlar yurganini his qiladi hamda buning sababini hecham tushuntira olmaydi.


Dastlab shifokorlar bu holatga psixik muammo sifatida qaraganlar, ammo bemorlar terisidagi qichishish, shishlar, qizarishlar va mushaklarning uzluksiz qisqarishi kuzatilganidan keyin yanada ko'proq o'rganishga majbur bo'lganlar.


2012 yilga kelibgina bu belgilar ruhiy kasallik belgilari ekanligi bo'yicha uzil-kesil xulosaga kelindi.


Trimetilaminuriya baliq hidi sindromi


Balki mana shu satrlarni o'qiyotgan mushtariylar orasida ham kimdir badanidan baliq hidi anqib turadigan odamni uchratgandir. Bu kasallik nisbatan ko'p uchraydi. Sindrom ham holatni aynan ifodalagan holda nomlangan – baliq hidi sindromi (fan tilida — trimetilaminuriya).


Bu genetik patologiyaning o'ziga xos jihati jigar trimetilaminlarni qayta ishlay olmay qoladi. Bu kasallikning ham samarali davosi topilmagan. Bu modda o'tkir va yoqimsiz hidi bilan ajralib turadi. Natijada butun tanadan badbo'y “tarovat” taralib turadi.


Kuru kasalligi


Davosi topilmagan, bemor dastlab juda kuchli bosh og'rig'idan aziyat chekadi, keyin immunitet keskin tushib ketadi, eng og'ir belgisi sifatida asab hujayralarining yemirilishi kuzatiladi va buning asorati sifatida oyoq-qo'llar insonga bo'ysunmay qoladi. Yangi Gvineyadagi fore qabilasida ko'p uchrovchi bu kasallik juda og'ir va shiddatli kechadi.


Bemor odatda bir yil ichida kuchli og'riqlardan azoblanib, yurak va o'pka yetishmovchiligidan vafot etadi.


Patologik uyqusizlik


O'tgan asrning yetmishinchi yillaridan boshlab o'rganila boshlangan bu kasallik sababchisi 20-xromosomadagi mutagen jarayonlar ekanligi aniqlangan. Uyqusizlik tufayli o'lim topish mumkinligini tasavvur qilish qiyin. Ammo kamyob kasallik sifatida qayd etiluvchi patologik uyqusizlik ko'p hollarda o'limga olib keladi.


Kasallik yarim yildan bir necha yilgacha davom etishi mumkin. Bir necha o'n kishidan qayd qilingan bu kasallikka chalinganlar odatda organizmning haddan ziyod toliqishi, ammo odam baribir uxlay olmasligidan vafot etadilar.


Yutuqmi yoki dard? Og'riqni sezmaslik


Dunyo bo'yicha bir necha yuz shunday insonlar mavjud. Bir qarashda muammo emasdek tuyiladigan bu sindrom ham inson uchun juda xavflidir. Ayniqsa bolalarda og'ir kechadi. Suyaklari sinar darajada yiqilgan bolalar ham bu kasallik tufayli jilmayib turaverganlari qayd etilgan. Odatda yosh ulg'aygani sari og'riq paydo bo'ladi va katta yoshlilarda deyarli uchramaydi.


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid