“Сhimyon” — yilning to'rt faslida ham gavjum maskan.
Qirlar qo'ynida joylashgan “Сhimyon sanatoriysi” nafaqat Farg'ona viloyati, balki respublikamizdagi eng so'lim sihatgohlardan biri hisoblanadi.
Sihatgohda qo'llanilayotgan o'ziga xos tarkibga ega oltingugurtli mineral suv ko'pgina kasalliklarga shifo bo'lishi bilan hamyurtlarimiz orasida mashhur. Bu yerdan chiqayotgan mineral suv — Sochidagi “Matsesta” sihatgohi suviga aynan o'xshashdir.
Keyingi yillarda sihatgohga keluvchilarga yanada yuqori darajada xizmat ko'rsatish va sog'lomlashtirish sohasidagi imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida davolanish xonalari jahon andozalariga mos yangi tibbiy uskunalar bilan jihozlandi.
Albatta, dam oluvchilarning talabiga qarab, maskanda oddiy, standart, lyuks, xonalar mavjud.
Maskanning ta'rifini xatto xorijliklar ham yaxshi bilishadi. Shuning uchun sihatgoh yilning to'rt faslida ham xorijlik va mahalliy dam oluvchilar bilan gavjum.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0