Valyuta UZS
  • USD

    12 482.3869.4

  • EUR

    14 540.72154.08

  • RUB

    155.230.95

+27C

+27C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+27c

  • Hozir

    +27 C

  • 20:00

    +25 C

  • 21:00

    +24 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +21 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 02-September

+27C

  • Hozir

    +27 C

  • 20:00

    +25 C

  • 21:00

    +24 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +21 C

  • Seshanba, 02

    +27 +20

  • Chorshanba, 03

    +27 +20

  • Payshanba, 04

    +29 +20

  • Juma, 05

    +28 +20

  • Shanba, 06

    +29 +20

  • Yakshanba, 07

    +28 +20

  • Dushanba, 08

    +28 +20

  • Seshanba, 09

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Bloger nega IQBOL MIRZOdan uzr so'rab chiqdi?

Ijtimoiy tarmoqlarda o'quvchilariga ega, o'zi Yaponiyada ishlaydigan va bu o'lkaning rivoji, biz xulosa qilishimiz kerak bo'lgan jihatlari haqida yurtdoshlarimizga yaxshi kontentlar tayyorlovchi bloger Bahodir Iskandarov yaqinda ijtimoiy tarmoqda "Iqbol Mirzodan uzr so'rayman!" sarlavhali post joyladi.
Jamiyat
980 14:07 | 01.08.2025 14:07

Postda muallif shunday yozadi:


"Kimdir menga dardini aytsa, sirini aytsa, tilla topgan tentakdek birovlarga yetkazadigan odatim yo'q. Ammo, O'zbekiston xalq shoiri – Iqbol Mirzoning sirlarini sizga yetkazmasam o'zimni kechirolmayman.


Xullas, o'tgan hafta zamonamizning ajoyib shoiri, ulkan qalbli do'stimiz – Shahriyor Shavkat men va ustoz Iqbol Mirzo dildan suhbatlashdik. Bu suhbat mening hayotimdagi eng g'amgin va eng umidbaxsh suhbatlardan biri bo'ldi. Xabaringiz bor, yaqinda ustoz Iqbol Mirzoning volidalari – Mo''tabarxon hoji aya olamdan o'tgan edilar. Shu sababdan ustozning gaplarida, ko'rinishlarida g'amginlik ufurib turar edi. Shu paytda ustozning aytgan bir gaplaridan qalbimda momoqaldiroq gumburladi.


Yaqinlarimiz olamdan o'tsa nima qilamiz? Katta-katta marosimlar qilamiz. Imom-domlalarimiz "Unaqa qilmanglar!" deyishsa-da, qaytmaymiz. Ayniqsa, kattaroq joyda ishlaydigan yoki bir mashhur odam bo'lsak "Odamlar nima deydi?" deb, vahimali marosimlar qilamiz. Millionlab pullar sarflaymiz.


Tabiiyki, ustoz Iqbol Mirzo darajasidagi inson ham kaatta qilib janoza marosimini qilib bermasalar "Uyat bo'ladi". Mahalla-ko'y, kazo-kazo tanishlarni oldida "Uyatga qoladi-ku". Ammo, ustoz unday marosimlar qilishdan bosh tortdilar.


"Bahodirjon, jadid bobolarimiz To'ylar, marosimlar, og'riqli nuqtalarimiz haqida qancha gapirgan edilar. Biz bir ziyoli inson, o'sha bobolarning izdoshi sifatida o'zimiz amal qilmasak, kim amal qiladi? Tarixda tadbirkorlarimiz, boylarimiz jadidchilarni o'qitish uchun Germaniyaga va boshqa rivojlangan davlatlarga jo'natishgan edi. Ulardan hamma narsani o'rganib kelib, o'zimizni rivojlantirish oliy maqsad edi. Ammo, reja oxirigacha bormadi. Bugun, shu missiyani biz qilmasak, kim qiladi? Kim davom ettiradi? Kelinglar, shu ishni biz qilaylik. Biz boshlab beraylik. Men boshlab beray!


Rahmatli onamning marosimlarini qilmayman-da, o'sha pulni YaPONIYaDAGI JADIDLARIMIZGA sarflayman, bilimi bor, yurtimizga nafi tegadigan salohiyati bor, ammo moddiy tomondan qiynalayotgan talabalarga sarflayman. Ular bir kun yurtimizga qaytib, yurtimizni rivojlantirishadi" dedilar.


Rahmatli Mo''tabarxon hoji ayaning "Pensa" pullaridan 20 million, ustozning o'zining pullaridan 40 million va ustozning o'g'illarining pullarini ham qo'shib Yaponiyaga jo'natdilar. To'g'risi, bu gaplar omma uchun, riyo uchun emas, o'zimizning tor doiradagi suhbat edi. Ustoz, ovoza qilishimizni xohlamagan bo'lsalar-da, men buni ovoza qilishni ma'qul topdim. Kechiring, ustoz! "


O'zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo ayni paytda "Jadid" gazetasi bosh muharriri sifatida faoliyat yuritmoqda. Yurtimiz ardog'idagi, taniqli insonning bunday ibrat ko'rsatishi juda yaxshi va biz ham buni qo'llab-quvvatlaymiz. Сhunki juda ko'plab oilalarni to'y-ma'rakalar o'tkazishdagi isrofgarchilik domiga tortib, qiyin ahvolga solayotgani, kredit, qarz botqog'iga botirib qo'yayotgani sir emas. Oldinlari ham to'ylarni ixchamlashtirish haqida bot-bot gapirilgan va gapirilmoqda. Ayni paytda esa qonunchilikka to'ylarni ixchamlashtirish bilan bog'liq o'zgartirishlar kiritilishi haqida aytilmoqda. Ammo bu borada asosan ziyolilar, jurnalistlar va jamoatchilik faollari jon kuydirib gapirishmoqda. Aslida siyosiy arboblar – vazirlar, hokimlar, senatorlar va deputatlar ham o'z amallari bilan xalqimizga ibrat bo'lishlari, to'y-marosimlarni ixcham o'tkazib boshqalarga namuna bo'lishlari kerak. Zero shundagina 100 yillardan buyon yozg'irayotgan to'y-hasham muammosidan xalqimizni qutqarishimiz mumkin.


Zebo Namozova
ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 4885 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat