Valyuta UZS
  • USD

    12 692.42100.85

  • EUR

    14 511.24-34.54

  • RUB

    158.444.62

+21C

+21C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+21c

  • Hozir

    +21 C

  • 02:00

    +20 C

  • 03:00

    +20 C

  • 04:00

    +19 C

  • 05:00

    +19 C

  • 06:00

    +19 C

  • 07:00

    +20 C

  • 08:00

    +23 C

  • 09:00

    +25 C

  • 10:00

    +28 C

  • 11:00

    +29 C

  • 12:00

    +30 C

  • 13:00

    +31 C

  • 14:00

    +32 C

  • 15:00

    +32 C

  • 16:00

    +32 C

  • 17:00

    +31 C

  • 18:00

    +30 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +27 C

  • 21:00

    +25 C

  • 22:00

    +24 C

  • 23:00

    +23 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 02-August

+21C

  • Hozir

    +21 C

  • 02:00

    +20 C

  • 03:00

    +20 C

  • 04:00

    +19 C

  • 05:00

    +19 C

  • 06:00

    +19 C

  • 07:00

    +20 C

  • 08:00

    +23 C

  • 09:00

    +25 C

  • 10:00

    +28 C

  • 11:00

    +29 C

  • 12:00

    +30 C

  • 13:00

    +31 C

  • 14:00

    +32 C

  • 15:00

    +32 C

  • 16:00

    +32 C

  • 17:00

    +31 C

  • 18:00

    +30 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +27 C

  • 21:00

    +25 C

  • 22:00

    +24 C

  • 23:00

    +23 C

  • Shanba, 02

    +21 +20

  • Yakshanba, 03

    +21 +20

  • Dushanba, 04

    +22 +20

  • Seshanba, 05

    +25 +20

  • Chorshanba, 06

    +23 +20

  • Payshanba, 07

    +20 +20

  • Juma, 08

    +21 +20

  • Shanba, 09

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Dushman izlash kayfiyati: o'zbeklar nega o'zidan shubhalanadi?

Tan olamizmi yo'qmi, jamiyatimizda dushman qidirish va shubhalanish kayfiyati xukmron. Bu kayfiyatga hamma joyda – ishda, ko'cha -ko'yda, hamkasblar, do'stlar va hatto oila davrasida guvoh bo'lamiz. Go'yo bu holat jamiyat ruhining qat-qatiga singib ketganday... Quyidagi iboralar hammamizga tanish bo'lsa kerak: “Tilingga ehtiyot bo'l”, “Hech kimga ishonma”, “Kimdir yomonlik qilishi mumkin”, “Bu hayotda ota-onadan boshqasiga ishonib bo'lmaydi”, “Orqamdan gapirishyapti”, “Bu inson shubhali”, “Bizni kimdir kuzatyapti”, “Rahbarga meni yomonlagan bo'lsa-chi”...
314 11:38 | 01.08.2025 11:38

Ba'zida xalqda hukumatga nisbatan ommaviy ishonchsizlik kuzatiladi. “Rahbarlar aldaydi”, “Ishonish qiyin masala...”, “Bu hayotda doktor bilan militsiyaga ishing tushmasin”, “Hech kimga ishonib bo'lmaydigan zamon” , “Banklar chuv tushiradi”, degan gaplar har qadamda quloqqa chalinadi. Bugungi zamonda bu kayfiyatdan yoshlar ham mosuvo emas. Yigitlar qizlarga, qizlar yigitlarga ishonmaydi. Oila qurish arafasidagi yigitlar: “Qizlarga ishonch yo'q”, “Yaxshi qiz topish qiyin bo'lib ketyapti”, “Kimga ishonishni ham bilmaysan” desa, qizlar: “Hamma erkaklar bir go'r”, “Hozirgi yigitlar paypoq almashtirganday qiz almashtiradi”, “Pokdamon yigit qolmadi”, deb javob beradi. Bu gaplar ortida shunchaki yigit -qiz munosabati emas, ishonch yetishmovchiligi, og'ir holatdagi ishonch tanqisiligi bor.


Tashqi havf


O'tgan yili bir o'qimishli ayol dab-durustdan: “Hukumatimiz hamma davlatlar bilan iliq munosabat o'rnatyapmiz, deb butun dunyoga eshiklarni ochib tashlayapti, oxiri baxayr bo'lsin. Dushmanlarni kirgizyapmiz. Karimov unday qilmagan bo'lardi,”-dedi. Universitetda talabalardan biri esa: “Turizmni rivojlantiramiz deyishyapti, lekin turizmni rivojlantirish xato, tashqaridan turli odamlar yurtimizga kelsa, madaniyatimizga chang soladi, bu – xavfli”- dedi... Keyinchalik ham shunga o'xshash fikrlarni ko'pchilikdan eshitdim... Bu toifa dunyo bilan ochiq muloqotni xavf deb hisoblaydi. Сhunki ularning ongida dushman albatta bor va bo'ladi, dushman tashqarida ham bo'lishi mumkin.


Jurnalistikada ham ishonch krizisi


Dushmanni nafaqat tashqaridan balki ichkaridan izchil izlaydigan tafakkur ham mavjud. Bu qarash tarmoqlar, sohalar ichiga ham singib ketgan. Ma'lum kasb vakillari bilan gaplashganimda, ular o'zlarining kasblari, tutumlaridan kelib chiqib atrofga ruhan olazarak boqishayotganini kuzataman. Ish yuzasidan olimlar bilan suhbatlar tashkil qilishga to'g'ri keladi. Afsuski, o'zini ziyoli qatlam sanaydigan – olimlar orasida ham shubhalanish kayfiyati bor. Ba'zan suhbatdoshlarim: “Haligi olim falon joyga ishlasa kerak”, “Hozir ham vatanfurushlar ko'p”, “Falon olimni Rossiyaning agenti deb o'ylayman” deyishadi.


Jurnalist sifatida hamkasblarim bilan muloqat qilib, uchrashib qolsam ham shu kayfiyat! Ularning tilidan ham shubha-gumonlarni aks ettiradigan gaplar yog'ilib keladi: "Haligi jurnalist ortida kim turadi deb o'ylaysiz?" , "Falonchi jurnalist falon joyning odami bo'lsa-chi", “U shu qadar qo'rqmay tanqid qilyapti, demak bir gap bor”... Ya'ni so'z erkinligi haqida gapirilayotgan muhitni ham gumonlar boshqarmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar faollashgan sari yolg'on axborot, feyk ma'lumotlar ham ruhiyatimizdagi ishonchsizlik holatini yanada murakkablashtirganday bo'ldi. O'ylab qolasan, ishonchning bu qadar og'ir krizisi qachon paydo bo'ldi ekan?


“Sodda o'zbek”


O'zbeklar so'zi tilga olinganda hamisha uni yonida “sodda” degan so'z qo'shib ishlatiladi: “O'zbeklar sodda xalq”, “o'zbeklar mehmondo'st xalq”, “o'zbekni aldash oson”, “o'zbek ishonuvchan”, “shunchalik ham sodda bo'lasanmi”, “sodda o'zbegim”... va xokozo.


Aslida mana shu iboralar zamirida ham “Bizni aldashadi”, “Sodda bo'lmaslik kerak!”, “Ishonma”! “Aldanasan”, degan himoya mehanizmlari ishlamayaptimkan? Ya'ni “O'zbekni ko'p aldashgan, seni ham aldashlari mumkin, shuning uchun ishonma!” degan da'vatni ifodalamasmikan bu? Bizda biror rahbar boshqa lavozimga o'tsa, ortidan quyidagi xabar tarqaladi: “O'zini ishongan guruhini ham yangi ish joyiga olib ketibdi”, “Ishongan va sodiq kishilarini atrofiga to'playapti ekan”, “Jamosini tuzayapti ekan”. Lekin nimaga? Yangi joyda yangi odamlar unga pichoq urishidan qo'rqadimi? Demak, rahbarlarda ham ishonchsizlik psixologiyasi hukm surmoqdami? Bir millat nega bir-biriga bu qadar ishonmaydi?


Adabiyotda ham “aldangan inson” timsoli


Yaqinda Yo'ldosh Eshbekning “Yig'layotgan qiz” she'rini o'qidim. She'r bir qarashda aldangan va yig'layotgan qiz haqida yozilganday tuyuladi. Ammo ustozlardan biri: “Bu she'r shunchaki qiz haqida emas, u millat haqida”, desa, yana kimdir: “Bu she'r ilohiyotga dahldor tuyg'ular, yolg'on dunyo haqida”,- dedi. Quyida she'rdan parcha keltirsam:

“U seni sevgandir, yo'q, yo'q, sevmagan.
Ko'ksingga chiroyli o'qlar qadagan,
Birovlar aladagan, birov aldagan”.


Hozir she'r nima haqida ekanini tahlil qilmoqchi emasman. Ammo adabiy tafakkurimizda ham yolg'on qurboni bo'lish, aldanish haqida katta asarlar borligi, bular ongmizga bejiz o'rnashmaganini ta'kidlamoqchiman xolos. Millatni aldashlar orqali uni nazorat qilish tajribasi ehtimol shoirning misralarida bo'y ko'rsatgandir? Ammo qachon, qaysi omillar ta'sirida biz aldangan, bu qadar shubha va qo'rquvdagi jamiyatga aylanib qoldik? Nima bo'lganda ham bu holat tanamizda bugun yo kecha sodir bo'lib qolgan jarayon bo'lmasa kerak. Katta ehtimol yuraklarimizdagi gumonlar so'ngi 100-150 yillik turmushimiz va boshdan kechirganlarimiz oqibatidir. 1937 yildagi qatliomlar, “xatto qo'shning ham sotgan bo'lishi mumkin”, “Eng yaqin do'sting ham hiyonat qiladi” degan havotirlar ong ostimizda balki haliyam sharpaday sudralmoqda. Katta ehtimol 1991 yildan keyin ham undan xalos bo'la olmadik. Gustav Lebon o'zining “Omma psixologiyasi” nomli asarida shunday yozadi: “Biror tushuncha omma ongiga singishi uchun qanchalik uzoq vaqt ketgan bo'lsa, omma ongi undan xalos bo'lishi uchun ham shuncha muddat ketadi”.


Ijtimoiy dard


Menimcha, eng og'ir ruhiy holat – bu kimdandir shubhalanish jarayonini boshdan o'tkazish bo'lsa kerak. Ishonch bo'lmagan joyda hech narsa sodir bo'lmaydi. Faylasuflar ham: “Sen nimaga ishonsang – o'shasan”, deb bejiz aytib ketmagan.
Ishonch ko'priklari yemirilgan jamiyatni birlashtirish, bir tan-u bir jon qilish mumkinmi? Odamlar bir-biriga ishonmasa, qanday qilib ular bir butun bo'la oladi? Siz qo'shningizga ishonmasangiz, qo'shningiz sotuvchiga ishonmasa, sotuvchi sevgan qiziga, qiz tadbirkorlarga,, tadbirkor davlatga ishonmasa... bu zanjir qaerda uziladi? Ishonchsizlik muammosi ko'zga ko'rinmas, ammo og'ir va yechimini kutayotgan ijtimoiy muammo. O'ylaymanki, davlatimiz, jamiyatshunoslar, psixologlar, olimlar, jurnalistlar birlashib, ishonch ko'priklarini qayta tiklash ustida jiddiy bosh qotiradi.


Maftuna KARIMOVA


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid