Valyuta UZS
  • USD

    12 712.0935.36

  • EUR

    14 927.8152.94

  • RUB

    162.641.61

+37C

+37C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+37c

  • Hozir

    +37 C

  • 15:00

    +37 C

  • 16:00

    +37 C

  • 17:00

    +36 C

  • 18:00

    +35 C

  • 19:00

    +33 C

  • 20:00

    +30 C

  • 21:00

    +28 C

  • 22:00

    +26 C

  • 23:00

    +25 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 09-July

+37C

  • Hozir

    +37 C

  • 15:00

    +37 C

  • 16:00

    +37 C

  • 17:00

    +36 C

  • 18:00

    +35 C

  • 19:00

    +33 C

  • 20:00

    +30 C

  • 21:00

    +28 C

  • 22:00

    +26 C

  • 23:00

    +25 C

  • Chorshanba, 09

    +37 +20

  • Payshanba, 10

    +33 +20

  • Juma, 11

    +33 +20

  • Shanba, 12

    +35 +20

  • Yakshanba, 13

    +38 +20

  • Dushanba, 14

    +39 +20

  • Seshanba, 15

    +38 +20

  • Chorshanba, 16

    +39 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Dasturchilarga informatika muhimroq emasmi?

2022 yili talaba bo'ldim. Abiturientlik vaqtimda imtihon topshiriladigan fanlar majmuasida «Axborot texnologiyalari» sohasidagi yo'nalishlar («Komp'yuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari», «Axborot tizimlari va texnologiyalari», «Axborot xavfsizligi», «Komp'yuter injeneringi», «Dasturiy injenering», «Sun'iy intellekt» va b.)ga ham xuddi texnika sohasidagi yo'nalishlarlar kabi matematika va fizika fanlaridan imtihon bo'lishini bilib, hayron qolgandim. Ochig'i, bunga hozir ham tushunmayman. To'g'ri, texnika sohasida muhandislar yetishib chiqadi.
143 11:20 | 09.07.2025 11:20

Muhandislarga esa, fizika muhim. Lekin asosan dasturchilar tayyorlaydigan TATU (Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) va uning filiallarida yuqorida sanalgan ta'lim yo'nalishlariga fizika fanidan imtihon bo'lishi noto'g'ri deb o'ylayman. Matematika va fizikadan yaxshi tayyorlanib dasturchilikka o'qishga kirgan talaba o'qishni boshladi deylik. Lekin uning na dasturchilikdan, na informatikadan xabari bor. Bunda uning aybi yo'q. Сhunki undan matematika va fizika talab qilingan. U endi dasturlashni noldan o'rganishni boshlaydi. Agar kirish imtihonlarida informatikadan test olinsa, hech bo'lmaganda talaba nazariy bilimga ega bo'ladi va o'qish boshlangach, qiynalmaydi.


Mening taklifim, «Axborot texnologiyalari» sohasiga birinchi fan sifatida informatika, ikkinchi fan sifatida esa matematikadan test olinsa. Shunda mantiqan ham to'g'riroq bo'ladi. Ta'lim sohasida juda ko'p ijobiy o'zgarishlar bo'lmoqda. Masalan, 2023 yilgi kirish imtihonlarida yuridik sohalar uchun tarix va chet tili fanlari huquq va chet tili fanlariga o'zgartirilgan edi. Bu ko'pchilikni quvontirgandi. Umid qilamanki, mening ham taklifim inobatga olinadi. Bu axborot texnologiyalari yo'nalishida tushunchaga, bilimga ega yoshlarning oliy ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytiradi, pirovardida sohaning yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.


Akbar PO'LATOV,
Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti
universiteti talabasi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid