Valyuta UZS
  • USD

    12 149.847.74

  • EUR

    14 003.91-76.07

  • RUB

    151.100.57

+14C

+14C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+14c

  • Hozir

    +14 C

  • 09:00

    +16 C

  • 10:00

    +18 C

  • 11:00

    +19 C

  • 12:00

    +21 C

  • 13:00

    +22 C

  • 14:00

    +23 C

  • 15:00

    +23 C

  • 16:00

    +23 C

  • 17:00

    +23 C

  • 18:00

    +22 C

  • 19:00

    +20 C

  • 20:00

    +18 C

  • 21:00

    +17 C

  • 22:00

    +16 C

  • 23:00

    +15 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 05-April

+14C

  • Hozir

    +14 C

  • 09:00

    +16 C

  • 10:00

    +18 C

  • 11:00

    +19 C

  • 12:00

    +21 C

  • 13:00

    +22 C

  • 14:00

    +23 C

  • 15:00

    +23 C

  • 16:00

    +23 C

  • 17:00

    +23 C

  • 18:00

    +22 C

  • 19:00

    +20 C

  • 20:00

    +18 C

  • 21:00

    +17 C

  • 22:00

    +16 C

  • 23:00

    +15 C

  • Yakshanba, 05

    +14 +20

  • Dushanba, 06

    +15 +20

  • Seshanba, 07

    +15 +20

  • Chorshanba, 08

    +12 +20

  • Payshanba, 09

    +12 +20

  • Juma, 10

    +13 +20

  • Shanba, 11

    +13 +20

  • Yakshanba, 12

    +13 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Farzand sadoqati: Abulg'oziyxonning qiz qiyofasida yashagan o'g'li haqida eshitganmisiz?

Qadim tariximiz juda boy va xilma-xil. Uni o'rganish asnosida kishi o'zi uchun ko'p haqiqatlarni ochadi. Ibratli xulosalar qiladi. O'zbekona tarbiyaga muvofiq ota-onaga sadoqatli bo'lish, keksayganida yoki qiyin ahvolga tushganida? uni himoya qilish farzandlarning muqaddas burchi sanaladi.
712 17:31 | 19.02.2025 17:31

Xivaning obro'li hukmdorlaridan biri Abulg'oziyxonning (1605-1665) 9 o'g'li va ma'lum muddat qiz qiyofasida yashagan yana bir o'g'li Anusha haqidagi tarixiy afsonani tinglar ekansiz, xayolingizdan boylik, doimiy izzat-ikromda bo'lish oqibatida qalb ko'zlari so'qir bo'lib qolgan jur'atsiz farzandlarga o'xshab qolmaslik kerak, degan fikr o'tsa, dovyurak Anushaning jur'atiga, botirligiga tahsin aytasiz.


Abulg'oziy Bahodirxon o'z davrida Xorazmda madaniyat rivojiga hissa qo'shgan, tinchlikni mustahkamlagan taniqli podshoh, davlat arbobi bo'lgan. Kanallar, masjidlar, turar joylar qurdirgan, saroyiga olimu ulamolarni, me'moru naqqoshlarni, tabibu xattotlarni to'plagan. U Xorazm hukmdori Arab Muhammadxonning to'rtinchi o'g'li bo'lib, ayrim manbalarda uning tug'ilgan sanasi 1603 yil, ayrimlarida esa 1605 yil deb ko'rsatiladi.


Adabiyotlarda Abulg'oziy Bahodirxonning yaxshi tarixchi bo'lgani, she'rlar bitgani yoziladi. Ayrim olimlar podshohlik salohiyati va adabiyotga bo'lgan nafis didini hisobga olib, uni Boburdan keyingi darajadagi shoh va shoir deb e'tirof etganlar. «Shajarai tarokima”, “Shajarai turk” asarlari dunyoning ko'plab tillariga tarjima qilingan bo'lib, tarix haqiqatini hikoya qiluvchi nodir asarlar sirasiga kiradi. Uning eng katta ishi 1644- 1664 yillar davomida tarqoq holatga kelib qolgan Xorazm davlatini mustaqil va markazlashgan davlatga aylantirishga erishganidir.


Uning avvaliga bir o'g'li bor edi. Keyinroq esa xotinlari yana faqat o'g'il farzand ko'rishda davom etdi va ularning soni 9 nafarga yetganida hukmdor qizi bo'lishni xohlashini tan oldi. O'sha paytda kanizaklardan biri homilador edi va u o'ninchi o'g'ilni dunyoga keltirdi. Ammo bolaning onasi o'g'il tuqqanini ko'rgan atrofidagi sanoqli odamlardan bu sirni hammadan pinhon tutishlarini tayinladi. Va buning uchun ularga ko'pgina oltin hamda zebu ziynatlar berdi. Xonga esa endi qizi borligini aytishdi. Bolaning onasi juda aqlli ayol edi. U o'ninchi o'g'il bo'lib tug'ilgan farzandining 9 nafar akasining taxt uchun kurashlari va pinhona raqibligi ortida majruh bo'lib ketishidan qo'rqib, uni qiz tug'ildi deb e'lon qilgan, shunga majbur bo'lgandi. Qiz farzandli bo'lishni orzu qilgan Abulg'oziyxon esa chaqaloqqa suyukli kanizagi Anushaning ismini qo'ydi. Anusha xonning eng suyukli va yagona qizi, akalarining arzanda singlisi bo'lib ulg'aydi. To voyaga yetgunicha ham uni huddi qiz boladek kiyintirishdi, yasatishdi, hatto qiz bolacha tarbiya berishdi. U shu alfozda voyaga yetdi.


Oradan ko'p yillar o'tib, o'zining harbiy xizmatlari uchun Bahodir (qahramon) laqabini olgan iste'dodli sarkarda Abulg'ozixon Xiva mavqeini mustahkamlash uchun olib borgan janglarning birida Buxoro amiri tomonidan asirga olinadi.


Katta o'g'illari otalariga yordam berishga shoshilmadilar. Xon esa 9 o'g'lining hech bo'lmaganda biri unga xaloskor bo'lib kelishiga, qutqarishiga umid qilardi. Ammo bunday bo'lmadi. Natijada akalarining biror-bir jiddiy harakat qilmayotganidan jahli chiqqan Anusha nihoyat o'zi Buxoro amirining huzuriga borishga, otasini qutqarishga qaror qildi.


– Abulg'ozixonning to'qqiz o'g'li bor, nega qizi yordamga keldi? – deb so'radi Buxoro amiri Anushadan. – Qanday qilib uni ozod qilmoqchisan?


– Menga so'z ber, agar seni ajablantira olsam, otamni qo'yib yuborasan, – deya shart qo'ydi Anusha.


– Agar meni hayratda qoldirsang, qo'yib yuboraman, – shubha bilan tirjaydi Buxoro hukmdori.


Shunda Anusha amirning ko'z o'ngida yechindi... Avvaliga Buxoro amiri Anushani nozu ishvalari bilan o'ziga mahliyo qilmoqchi va shu orqali otasini qutqarmoqchi deb o'yladi. Ammo… u dong qotib qoldi. Qarshisida yigit kishi turardi… Amir bo'lgan voqeadan cheksiz hayratga tushdi va mulozimlariga Abulg'ozixonni qo'yib yuborishlarini buyurdi.


Xiva hukmdori uyiga qaytar ekan, o'tgan hayotini birma-bir ko'z oldidan o'tkazdi. O'g'illariga bildirgan ishonchi, bolaligidanoq ular uchun jon kuydirganlarini esladi. Va nihoyat shunday dedi: “Mening to'qqizta o'g'lim yo'q, faqat bitta – Anusha... Men shuncha yillar davomida 1 o'g'il va 9 qiz farzand voyaga yetkazayotgan ekanman”


Abulg'oziy Bahodirxon najot topganiga shukr qilib, o'g'lining nomiga bir katta masjid va davolanadigan hammom qurdirdi va albatta o'zidan keyin taxtni ham Anushaga qoldirdi.


Ruxshona Ilashova,
Mirobod tumanidagi 31-maktabning “Yosh tarixchilar” to'garagi a'zosi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid