Go'zallik salonlarida jarrohlik amaliyotlarining o'tkazilishi bu shunchaki daxshat – kosmetolog
Bugungi kunda go'zallik nafaqat tashqi ko'rinish, balki insonning o'ziga bo'lgan ishonchini mustahkamlash vositasiga aylandi
Plastik jarrohlik, kosmetologiya va dermatologiya sohalaridagi texnologik yutuqlar ushbu yo'nalishlarni zamonaviy hayotning ajralmas qismiga aylantirdi. Biroq sohaning bunday rivojlanishi bilan birga unga dog' tushirayotgan holatlar ham afsuski ko'p uchramoqda.
Go'zallik salonlarida faqat professional mutaxassislar tomonidan bajarilishi lozim bo'lgan jarrohlik yoki kosmetologik muolajalar ba'zan malakasiz shaxslar qo'lida xavfli tajribalarga aylanmoqda. Aksariyat hollarda bu noto'g'ri muolajalar jiddiy asoratlar keltirib chiqarib, inson salomatligi va go'zalligiga zarar yetkazmoqda. Afsuski, ijtimoiy tarmoqlarda bunday holatlardan aziyat chekkan mijozlar talaygina.
Bu kabi muammolarni o'rganish maqsadida biz oliy toifali shifokor-dermato-kosmetolog Feruza Fattahovaga murojaat qildik. Interv'yu davomida u kosmetologiya sohasidagi dolzarb muammolar, mijozlar orasida keng tarqalgan noto'g'ri tushunchalar, shuningdek, xavfsiz va professional xizmatni ta'minlashning asosiy tamoyillari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Feruza Rahimova
Mirnodir Mirakmalov
ishonch.uz
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0