Valyuta UZS
  • USD

    12 777.52-54.29

  • EUR

    14 590.65-15.8

  • RUB

    161.54-2.21

+28C

+28C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+28c

  • Hozir

    +28 C

  • 10:00

    +30 C

  • 11:00

    +30 C

  • 12:00

    +30 C

  • 13:00

    +30 C

  • 14:00

    +29 C

  • 15:00

    +27 C

  • 16:00

    +26 C

  • 17:00

    +25 C

  • 18:00

    +25 C

  • 19:00

    +24 C

  • 20:00

    +23 C

  • 21:00

    +22 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +21 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Dushanba, 09-June

+28C

  • Hozir

    +28 C

  • 10:00

    +30 C

  • 11:00

    +30 C

  • 12:00

    +30 C

  • 13:00

    +30 C

  • 14:00

    +29 C

  • 15:00

    +27 C

  • 16:00

    +26 C

  • 17:00

    +25 C

  • 18:00

    +25 C

  • 19:00

    +24 C

  • 20:00

    +23 C

  • 21:00

    +22 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +21 C

  • Dushanba, 09

    +28 +20

  • Seshanba, 10

    +26 +20

  • Chorshanba, 11

    +27 +20

  • Payshanba, 12

    +28 +20

  • Juma, 13

    +29 +20

  • Shanba, 14

    +29 +20

  • Yakshanba, 15

    +29 +20

  • Dushanba, 16

    +30 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Ekologik inqiroz, sababchi kim?

Dunyo iqtisodiyoti alg'ov-dalg'ov bo'layotgan bir sharoitda insoniyat bundanda tashvishliroq, xatarliroq xavf qarshisida qoldi. Ancha fursatdirki ufiqda bo'y ko'rsatayapti, deya baholab kelingan ekologik inqiroz ko'z o'ngimizda nomayon bo'lmoqda.
212 13:31 | 08.06.2025 13:31

Suvdan xo'jasizlarcha foydalanishimiz, dov-daraxtlarni kesishimiz, daryolarning o'zanlarini ayovsiz qazishimiz oqibatidagi yo'qotishlarning o'rnini qoplash tobora imkonsiz bo'lib bormoqda.


Tabiatdagi muvozanatni saqlab qolish, ekologik etika, ongni shakllantirish harakatiga tushganimizga ko'p bo'lmadi. Eng muhimi intilish, harakat bor. Kelajak avlodlarga yashil va sog'lom muhit qoldirish uchun urinayapmiz. Mamlakatimizda ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi asnosida aholining yashash sharoitini yaxshilash, tabiiy resruslarni muhofaza qilish harakatida bo'linayapti. Ayniqsa har yili 200 million tupdan daraxt va buta ko'chatlari o'tqazish harakati besamar ketmayapti. So'ngi to'rt yilda 872 million tup nihol o'tqazildi. Joriy yilda yerga qadagan nihollarni qo'shganda bir milliard yuz million tup daraxt o'tqazib qo'yibmiz. Bu sa'yi harakatlar bir kun kelib o'z natijasini bermasdan qolmaydi.


−Atmosfera havosi tarkibi 78 foiz azot, 20 foiz kislorod hamda turli zararli gazlardan iborat,−deydi ekolog Orifjon Mizomov.−Tsivilizatsiya yuksalgani sayin havo tarkibidagi muvozanat muttasil buzilib bormoqda. Atrof-muhitning yashillikka burkanishi esa zararli gazlar ta'sirini kamaytirib, kislorod miqdori oshishiga xizmat qiladi. Bu oddiy haqiqatni bugun hamma anglab yetib bo'ldi. Shundan kelib chiqqan holda odamlarda daraxt ekish va parvarishlashga bo'lgan munosabat ancha o'zgardi.


Ko'chat ekish “lalmi” tashabbus emas


Samarqandliklar ham yashil maydonlar ulushini ko'paytirish harakatini bir zum ham susaytirgani yo'q. Birgina joriy yilning ko'klamida o'n million tupdan ortiq ko'chatlar o'tqazildi. Keyingi yillardagi harakat bois yashillik qamrovining miqdori har yuz ming aholiga 21,4 foizni tashkil etmoqda. Eng muhimi ekilgan ko'chatlarni ko'kartirib olish masalasiga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Viloyat Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarma va bo'limlari ekilgan nihollar parvarishi ustidan jiddiy nazorat o'rnatgan.


− Mamlakatimizda ekologik madaniyatni shakllantirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Bu yo'nalishda qabul qilingan “2030 yilgacha bo'lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish kontseptsiyasi”, tabiatni hayotimizning ajralmas qismi sifatida qabul qilishimizni ta'minlaydi. Bu muhim hujjat orqali 2030 yilgacha davlat organlari, shu jumaladan 3,3 million maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, 4,2 million maktab o'quvchilarida ekologik tafakkurni rivojlantirish ko'zda tutilmoqda,−deydi Samarqand viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Sherali Iskandarov.−Tan olish kerak, bu borada hali jamiyatimizda jiddiy nuqsonlar bor. Eng achinarlisi, “Yashil makon” loyihasi ijrosida o'z mehnati va o'zgalar mehnati qadriga yetmaslik, ekilgan nihollar parvarishini o'z holicha tashlab qo'yish holatlari oz emas.


Birgina may oyining o'zida o'nlab hududlarda milliy loyiha doirasida ekilgan daraxt ko'chatlari qarovsiz qoldirilgan yoxud payxon qilingan. Masalan, Paxtachi tuman Toma MFY hududidan kesib o'tuvchi M-37 avtomagistral yo'li yoqasida Yo'lko'kalam unitar korxonasi tomonidan ekilgan manzarali va mevali daraxtlarga shu hududa yashovchi fuqaro R.Sh.ga tegshli uch bosh qoramollari jiddiy zarar yetkazgan. Shuningdek, tumandagi 4,13,14,15,28 umumta'lim maktablari, 3,20,22,24,25,33 davlat maktabgacha ta'lim muassasalari, Oqdaryo tumanidagi 7,43 umumta'lim maktablari, Kattaqo'rg'on tumanidagi 55,100 umumta'lim maktablari, Ishtixon tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi tashkilotlari hududida ekilgan nihollarning bir qismi saqlash, parvarish qilish choralari ko'rilmasligi natijasida qurib qolgan. Paxtachi va Narpay tuman tibbiyot birlashmalari mas'ullari ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan ko'chatlarni taqdir izmiga tashlab qovjiratib qo'yganini qanday baholash mumkin. Yoki Ishtixon tumani Xumo MFY hududidan o'tuvchi M-37 yo'li yoqasiga ekilgan archalar, Paxtachi tuman ekologiya bo'limi davlat inspektorlari tomonidan aniqlangan, qovjiragan 29 tup mevali va manzarali daraxt ko'chatlarining uvoliga kimning gardanida? Kattaqo'rg'on shahar Mehirjon mahallasida hududiga ekilib, qurib qovjirab ketgan turli xildagi mevali va manzarali daraxtlarga kimningdir joni achiydimikan? To'g'ri, yuqorida keltirilgan barcha holatlarga ekologlar tomonidan “munosib” baho berilgan. Ammo masalaning kishini o'ylantiradigan tomonlari ham yo'q emas. Hali ko'klamning o'tgan bir oyida shuncha talofat. Sarotonda ahvol qanday bo'ladi? Nahotki ekildi, tikildi, deya ma'lumotlarni bezash bilan murod hosil bo'lsa!!!


Hamon o'sha o'shamiz


Iqlim inqirozi sabablaridan yana biri, tabiatga bo'layotgan xo'jasizlarcha munosabatlarga borib taqaladi. Yillar davomida daryo o'zanlarini kovlab tosh, qum qazib olish oqibatida suv yo'llarining shag'alli qismi batamom yo'qotildi. Mamlakatimizning 5 ta viloyatini suv bilan ta'minlab kelgan, 887 kilometrlik uzunlikka ega Zarafshon daryosi o'zani bemisl chuqurlashib, suv sathi pasayib ketdi. Oqibatda qirg'oqbo'yidagi tabiat va nobotot olamiga katta zarar keltirilib, hudud ta'biy relfi o'z xususiyatini yo'qotib bo'ldi.


− Paydar pay qazishmalar oqibatida Ravotxo'ja suv omboridan to Samarqand tegerasidagi daryo ko'prigacha bo'lgan yetmish sakson chaqrimlik masofa oralig'ida 6-7 million kub metr shag'al yetishmovchiligi yuzaga kelgan,−degan edi ekologiya faxriysi To'raxon Hoshimov bir suhbatda.− Tabiiy resruslarga to'yingan, tabiatdagi mavjud elementlarni to'g'ridan to'g'ri dalaga oqizib kelgan Zarafshonning taqdiri ham inson aralashuvi tufayli tobora mavhumlashib bormoqda.


To'g'ri diyorimizdagi daryolardagi qazishmalarga marotoriy o'rnatilgach tosh, qum va shag'al qazish ishlari biroz tartibga tushdi. Ammo hamon pana pastaqamda payt poylab qum va shag'allarni o'g'rincha qazib olish payiga tushayotganlar yo'q emas. Birgina o'tgan may oyida ekologlar ko'zini shamg'alat qilaman deganlarning qanchasi qo'lga olindi. Paxtachilik ekologlar tomonidan o'tkazilgan nazorat tadbirlarida Navoiy viloyat Navbahor tumani Yaltirobod MFY yashovchi fuqaro I.I. qo'lga olindi. U daryo o'zanidan foydali qazilmalar bo'lmish qum – shag'alni o'ziga tegishli texnika vositasida qazib, yuk tashuvchi texnikalarga yuklayotgan chog'da qo'lga olingan. Samarqand tumanidagi soha vakillari Gulobod MFY hududidan oqib o'tuvchi Darg'om kanaliga shu mahallada yashovchi fuqaro N.B. tomonidan “uya” qurib olganligi aniqlandi. Garchand u bu qilmishi uchun avvalda ogohlantirilgan bo'lishiga qaramasdan xurmacha qilig'idan voz kechmagan. Kattaqo'rg'on tuman Jonkel MFY hududida yashovchi fuqaro Q.E. esa shu yerdan oqib o'tuvchi Oqamur kanalini chuqalab qoraqum kovlab olishga ruju qo'yganligi aniqlandi. Noruda qazilma boyliklarga chang solganlarning birortasi muqarrar jazodan benasib qolgan emas.


Tabiat kushandalarining yana bir toifasi borki, ularga na gap, na tushintirish kor qilayotgan bo'lsa. Samarqand shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi inspektorlari va Milliy gvardiya hodimlari hamkorligidagi nazorat tadbirlarida mart oyining bir kunida 9 holatda belgilanmagan joylarga maishiy va qattiq chiqindilar tashlayotgan shaxslar aniqlangan edi. Eng qizig'i kuzatuv kameralari “ko'z o'ngi”da shaharni qastdan ifloslantirishga urinayotgan holatlar bor. Birgina aprel' va may oylarida ana shunday 97 nafar fuqarolarga keskin choralar ko'rilishiga majbur bo'lingan. Oqdaryo va Samarqand tumanida yashovchi fuqarolar M.I. hamda G.A. lar o'zlariga tegishli transport vositalarida belgilanmagan joyga qattiq va qurilish chiqindilarini to'kayotganlik paytida ushlab olingan.


Mo'may daromad ilinjida atrof muhitga zarar keltirib bo'lsada boyishni xush ko'ruvchilar ham yo'q emas. Samarqand tumanining Bo'zi-2 mahallasida g'ish ishlab chiqaruvchi tadbirokorning qilig'i hammasidan oshib tushgan. U xumdonda avtomobillarning yaroqsiz holatga kelgan shinalarini yoqish orqali g'isht pishirishni yo'lga qo'ygan. Mo'rkondan chiqqan zaharli tutut atrofga qo'lansa hid taratish barobarida atrof muhitning ifloslanishi, hudduda yashovchi aholi salomatligi jiddiy putur yetkazishga ham sabab bo'lganligini qanday izohlash mumkin. Bizda ekologik madaniyatning qay darajada “gurkirab” ketganiga yuqoridagi misollar bir ishora,xolos.


Ostonamiz pokiza bo'lsin


Сho'pon ota tepaliklari etagidagi “plyaj” maqomini olgan ko'lni (MAN zavodi tegarasida) Samarqandlik yoshu-qari yaxshi xotirlaydi.Bundan ancha yillar yil ilgari ham bu maskan saratonda ancha gavjum bo'lardi. Zrafshon daryosidan sizib chiqqan suv hisobiga mo'tadillik kasb etgan ko'l hududi yovvoyi tabiat, hatto turli qushlar makon tutganini ham ko'rganmiz. Hatto bir paytlari ushbu cho'milish maskanida yaratilgan sun'iy orolchalarida zavqlanganlar ham bor. Keyingi o'n yillikda bu maskandan fayz ketdi. Yigirma gektarga yaqin maydon qurilish va maishiy chiqindilar makoniga aylandi. Ko'xna kentning bo'sag'asidagi “barpo” etilgan chiqindilar “mozori” ko'zga ham dilga ham mahzunlik soladi. O'yga tolmasdan hech iloj yo'q. Samarqanddek dong'i dunyoga ketgan shahar ostonasidagi bu ivirsiq ne hol. Nahotki muttasaddilar bu maskanga bir qur nazar tashlashga imkon topmayotgan bo'lsa.


Naql qilishlaricha Sohibqiron Amir Temur Kavkaz o'lkasidagi bir qal'ani ishg'ol qilishda juda qiynalgan ekan. Shunda Samarqandga chopar jo'natib Bibixonimga mazkur voqelikni bayon etib maslahat so'ragan deyishadi. Shunda malika podshohdan kelgan choparni yoniga olib Сho'pon ota tepaliklari osha Zarafshon daryosi o'ng qirg'oq bo'yiga o'tadi. U otdan tushib qirg'oq bo'yidagi barcha yulg'un, chakalaklarni bitta qo'ymasdan yuldirib top toza maydon hosil qiladi. So'ngra bu maydonga yosh nihollarni o'tqazib parvarishlashni buyurgan ekan. Saroyga qaytgach choparga hukumdor huzuriga qaytishga izn beradi. Сhopar undan maktubning javobini so'raganida podshohga kech nimani ko'rgan bo'lsang hammasini ipidan ignasigacha qoldirmasdan aytib ber deydi. Сhopar Amir Temurga malika maktub yozmaganini ammo ko'rganlarini aytib berishini so'raganini aytadi va Zarafshon bo'yidagi voqelikni so'zlaydi. Buyuk amir ko'p o'tmasdan ko'plab sarkardalarini vazifasidan ozod qilib o'rniga yosh sarkardalar tayinlab o'sha qalani bir kunda ishg'ol qilgan ekan. Malikaning donoligi shundaki xat bilan fikrini aytganida, chopar sotib qo'yib lashkarboshilarga vazifadan ketishini yetkazib qo'ysa podshoga oson bo'lmasligini tushingan. Shu bois ham uncha muncha odam tagiga yetaolmaydigan amal orqali maslahat bergan. Aytmoqchi bo'lganimiz qal'aning ishg'ol qilinishi-yu, maslahat haqida emas balki Bibixonimdek aqli raso momolarimizning poyqadami tekkan maskanlarning xarob xor ahvolda qolayotganida. Bilmadik yuqorida bayon qilganimiz balki bir afsonadir, Ammo Samarqandning ostonasi to'zg'ib yotgani haqiqat.


Nurilla Shamsiev,
“Ishonch”


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid