San'atda mo''jiza yaratgan 25 nogiron inson
Statistik ma'lumotlarga ko'ra dunyoda 650 million insonning imkoniyati cheklangan. Ularning ko'pchiligi qiyinchiliklarni yengishda qiynaladi, o'ziga ishonmaydi va qayg'uga yengiladi. Biroq ular orasida boshqa yo'lni tanlaganlar ham bor. Ular o'z hunarlaridan faxrlanishadi!
Maqolamiz qahramonlari san'at bilan shug'ullanuvchi imkoniyati cheklangan insonlardir. Ular o'zlarining nogiron ekanliklariga qaramay, har kuni aql bovar qilmas natijalarga erishadilar. Ushbu asarlarni qanchalik mehnat qilib yaratganliklarini faqat yaqinlarigina bilishadi, xolos.
Mariush Kedjierski qo'lsiz tug'ilgan bo'lsada, hayotda o'z orzusiga yetishdi. U giperrealistik suratlar chizadi.
Stiven Uilshir uch yildan beri autizm hastaligi bilan og'riydi. Hozirda u polotnoga istalgan panoramasini chiza oladi, ular o'ziga xosligi bilan ajralib turadi.
Piter Longstaffning onasi homiladorlik paytida talidomid qabul qilgani uchun go'dak qo'lsiz dunyoga kelgan. Ammo umri davomida o'zini sira nogiron deb hisobalamagan va oyoq barmoqlari yordamida chiroyli suratlar chizishni o'rgangan.
Ayris Greys ham autizmga chalingan. U bolaligida logoped mashg'ulotlariga qatnaganida ota-onasi uni rasm to'garagiga ham berishgan. Mashg'ulotlarda Ayris tug'ma rassom ekani ma'lum bo'ldi.
Pol Smit tug'ilganida unga tserebral falajlik tashxisini qo'yishdi. U harakatlanishga qiynalardi, shunga qaramay bosma mashinkada bir barmog'i bilan ana shunday suratlar chizishini ko'rib hayron qolasiz.
Jey Si Sheytan Tenet tatu ustasidir. Uning mijozlari ko'p, garchi qo'llari igna ulangan metall protezdan yasalgan bo'lsada.
Xuang Guofu to'rt yil avval tok urishi natijasida ikki qo'lidan ayrilgan. Unga surat solish juda yoqardi, 12 yoshidan boshlab oyoqlari yordamida surat chizishni o'rganib, hozirda shu kasb bilan shug'ullanadi.
Restling musobaqasidagi baxtsiz hodisadan so'ng uning bo'yni falaj bo'lib qoldi. Bir kuni u yangi yil tabriknomasidagi suratni qo'liga olib, undan nusxa chizishga qiziqib qoldi. Tishlari orasida qalamni solib, chakki surat chizmadi.
Dug Jekson tserebral falajlik bilan og'riydi, u nogironlik aravachasiga mahqum. Ammo o'z shahrida mashhur va iqtidorli rassom impressionist sifatida tanilgan.
Uttam Kumar Bxardvay oyoqlari yordamida chizuvchi rassom. Uning ishlari san'at doirasida 33 ta mukofotga erishgan.
Jon Bramblittning ko'zlari ojiz. U deyarli hech nima ko'rmaydi, faqat yorug'lik va qorong'ulikni ajrata oladi, xolos. U bo'yoqlar teksturasi va savqi tabiiyga asoslangan holda surat chizadi.
Viktoriya Floyd Fladd 26 yil avval ko'z nuridan ayrilgan. Ammo ko'rmay turib qanday yozish mumkinligini sirini hech kim bilmaydi.
Annett Gabbedi – yuvelir, u bir biridan chiroyli taqinchoqlar yaratadi. Garchi qo'lida barmoqlari bo'lmasada, bu unga halol bermaydi.
Eronlik rassom Fotima Xamamining irodasi kuchli, u oyoqlari yordamida suratlar soladi. Hatto futbolchi Krishtianu Ronaldoni ham o'xshatib chizgan.
Stiv Сhambers kamyob kasallikka chalingan, uning mushaklari mavjud emas. U suratlarni tishlari orqasiga qalam qistirgan holda yaratadi.
Mariam Pare amerikalik rassom Сhak Klouzning suratini chizyapti. Qo'llari o'rniga esa ozg'ini ishga soladi. Surat esa mukammal!
Tommi Xollenshtayn nogironlik aravachasida o'tirgan holatda surat chizadi. U tog'da velosiped minib, bo'ynini sindirib olgandan so'ng harakatlanish imkoniyati cheklangan.
Yang Iz qog'ozdan suratlar yasaydi. O'n yil avval unda amiotrafik lateral skleroz aniqlangan, natijada asab tizimi shikastlangan. Qo'llari yaxshi ishlamaydi, shu sabab asarlarini yuzi yordamida yaratadi.
Desmond Bleyr barmoqlarsiz tug'ilgan, ammo mashhur va oddiy insonlarning portretlarini chizishga unga yetadigan yo'q.
Brayan Tagalog ham tug'ma qo'lsiz bo'lsada, ammo to'laqonli hayot kechirish uchun hamisha kurashib kelgan. Buni esa eplagan ko'rinadi. Aytishicha, u dunyodagi yagona qo'lsiz tatu ustasi ekan.
Jeyms Danda kamyob hastalik kuzatiladi, u bullez epidermozga chalingan. Terisi juda ta'sirchan, doim ko'k dog' va chandiqlar paydo bo'lib turadi. U qo'llarini ishlata olmasada, lekin ajoyib fotolar suratga oladi.
Dahshatli avtohalokatdan so'ng Kit Yans bir umrga falaj bo'lib qoldi. Shundan so'ng u surat chizishni o'rgandi, kistlarni esa tishlari bilan ushlaydi.
Pit Ekkert fotosan'atga ko'z nuridan ayrilgunga qadar jiddiy qaramagan edi. Hozir esa galeriyalarda muxlislar uning asarlarini muhokama qilishayotganda, ularni tinglab zavq oladi.
Britaniyalik rassom Sarji Mann o'n uch yoshida ko'z nuridan ayrila boshlagan. Odamlar uni butkul ko'ra olmay qolgach, iqtidorli peyzajchi sifatida tan olishgan. U borgan sari saviyali va sirli asarlar yaratishga kirishib ketmoqda.
Xelen Rey etmish yetti yoshda. U hech nimani eshitmaydi va deyarli gapirmaydi. 1990 yilda onasi uni imkoniyati cheklanganlar guruhiga olib borgan. U yerda Xelen surat chizishni o'rgangan.
Nodirabegim tayyorladi.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0