+32C

+32C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

“Uch kundan buyon bolalarim bilan ko'chada yashayapmiz, hech kim yordam bermayapti” – nurafshonlik ona

Toshkent viloyati Nurafshon shahri, "Nurafshon" mahallasida yashovchi D.Ergasheva turmush o'rtog'i va ikki, bir yoshli bolalari bilan ko'chada yashab kelayotganini ma'lum qildi.
Hodisa
1611 12:32 | 05.07.2025 12:32

– Ijarada turgan uyimizning egasi bildirmasdan uyni sotib yuboribdi, – deydi D.Ergasheva. – Vaholanki, u bilan ijara shartnomasi tuzib, bir yillik pulni to'lagan edik. Buning uchun turmush o'rtog'im kredit olgan edi. Endi esa ham bankdan qarzdormiz, ham ko'chada qoldik. Turmush o'rtog'im it ovlovchi bo'lib ishlaydi, oyligi juda kam. Men esa, yosh bolalar bilan hozircha hech qaerda ishlolmayman. Mahalla raisi, hokimga bir necha marta uchrashdik. Ammo foydasi bo'lmadi. Ilojsiz ko'chada yuribmiz. Bolalarimga sutli bo'tqa beraman. Uni ham har kimning uyida pishirib olyapman.


Kunduzi ko'chalarda yumush qilib bolalar bilan birga aylanib yuramiz, kechasi esa bir joyda to'xtab mototsiklning aravachasida uxlaymiz. Kecha tunda havo biroz salqin bo'lgani uchun katta farzandimning tomog'i shishib ketgan. Uni o'z holimcha davolayapman. Shunday sarson bo'lib yuraveramizmi, nahotki bizga hech kim yordam bermasa?..

D.Ergashevaning qo'shimcha qilishicha, unga mahalla idorasidagilar ishlashni taklif qilishgan. Kimdir esa, biror joyga palatka tikib olishni maslahat bergan. Ayol bolalarining yoshi juda kichik bo'lsa ham ishlashga rozi, ammo ularning ovqatiga, xavfsizligiga kimdir qarashi kerak. Xullas, chorasiz qolgan ona ayni paytda har eshikka bosh urib ko'rmoqda. Mutasaddilar tez orada bunga yechim topib, chora ko'radilar, degan umiddamiz.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Hodisa
dsdsd
0 1810 12:58 | 12.12.2023
Hodisa
Hodisa
“Borsa-kelmas” hangomalari
0 2104 21:21 | 28.11.2024
Hodisa
Suv parilari bilan uchrashuv
0 2019 22:49 | 29.11.2024
Hodisa
Hodisa