Valyuta UZS
  • USD

    12 198.28-30.3

  • EUR

    14 241.49-41.49

  • RUB

    156.570.61

+17C

+17C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+17c

  • Hozir

    +17 C

  • 11:00

    +19 C

  • 12:00

    +20 C

  • 13:00

    +21 C

  • 14:00

    +22 C

  • 15:00

    +22 C

  • 16:00

    +22 C

  • 17:00

    +22 C

  • 18:00

    +21 C

  • 19:00

    +18 C

  • 20:00

    +17 C

  • 21:00

    +16 C

  • 22:00

    +14 C

  • 23:00

    +13 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 10-April

+17C

  • Hozir

    +17 C

  • 11:00

    +19 C

  • 12:00

    +20 C

  • 13:00

    +21 C

  • 14:00

    +22 C

  • 15:00

    +22 C

  • 16:00

    +22 C

  • 17:00

    +22 C

  • 18:00

    +21 C

  • 19:00

    +18 C

  • 20:00

    +17 C

  • 21:00

    +16 C

  • 22:00

    +14 C

  • 23:00

    +13 C

  • Juma, 10

    +17 +20

  • Shanba, 11

    +17 +20

  • Yakshanba, 12

    +19 +20

  • Dushanba, 13

    +20 +20

  • Seshanba, 14

    +18 +20

  • Chorshanba, 15

    +15 +20

  • Payshanba, 16

    +16 +20

  • Juma, 17

    +14 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Sohibqiron uch obrazi orqali bizga nimalarni so'zlaydi?

Uchta shaharda joylashgan haykallar muallifi Ilhom Jabborovdan qiziqarli ma'lumotlar
61 11:46 | 10.04.2026 11:46

Haykaltarosh Amir Temur hayotini uchta muhim bosqichga bo'lib, ularni shahar muhitiga moslashtirgan. Masalan, Toshkentda haykal 1993 yil 31 avgustda ommaga taqdim etilgan. Unda sohibqiron to'liq marsh libosida, ot mingan, podshoh toji ko'rinishida ishlangan dubulg'a kiygan, kamarida g'ilofli qilich bilan tasvirlanib, butun O'zbekiston xalqiga xuddi murojaat qilganday turibdi. Uning o'ng qo'li yuqoriga ko'tarilib, “men yana qaytdim” degan ma'noni bildirmoqda, go'yoki. Bu yerda Temur buyuk millatning rahnamosi sifatida ko'z oldimizda gavdalanadi.



Amir Temur shaxsi asrlar davomida dunyo ahlini hayratga solib kelmoqda. Biroq mustaqillik yillariga qadar biz bu ulug' siymoni vizual tarzda tasavvur qilishda ko'proq xorijiy minniatyuralarga tayanar edik. Bugun poytaxt Toshkent, qadimiy Samarqand va ona yurti Shahrisabzda qad rostlagan haykallar o'zbek xalqining Sohibqiron haqidagi zamonaviy tasavvurini shakllantirdi. Ushbu uch san'at asarlari muallifi, akademik haykaltarosh Ilhom Jabborov bilan suhbatlashganimizda, har bir haykalning ortida o'ziga xos so'z va falsafa yotganiga guvoh bo'ldik.


Buyuk siymolar obrazini yaratish haykaltaroshdan nafaqat mahorat, balki chuqur bilim ham talab qiladi, ayniqsa u saltanat asoschisi bo'lsa. Ilhom Jabborov haykallarni yaratish jarayonida Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi” asaridagi saltanat asoschisiga berilgan ta'riflar va “Temur tuzuklari”da tasvirlangan uning fe'l-atvori, fazilatlari va nasihatlariga tayanib, ish boshlagan. Har bir detal – kiyimlardan tortib, ushlab turgan qilichigacha tarixiy asosga ega bo'lishi shart edi," – deydi Ilhom Jabborov biz bilan suhbatda. Haykaltarosh Amir Temur hayotini uchta muhim bosqichga bo'lib, ularni shahar muhitiga moslashtirgan. Masalan, Toshkentda haykal 1993 yil 31 avgustda ommaga taqdim etilgan. Unda sohibqiron to'liq marsh libosida, ot mingan, podshoh toji ko'rinishida ishlangan dubulg'a kiygan, kamarida g'ilofli qilich bilan tasvirlanib, butun O'zbekiston xalqiga xuddi murojaat qilganday turibdi. Uning o'ng qo'li yuqoriga ko'tarilib, “men yana qaytdim” degan ma'noni bildirmoqda, go'yoki. Bu yerda Temur buyuk millatning rahnamosi sifatida ko'z oldimizda gavdalanadi.


1996 yil 18 oktyabrda ochilgan Samarqanddagi haykalga kelsak, sarkarda taxtda, saltanat markazida tasvirlangan. Ammo bu shunchaki kompozitsiya emas. Ilhom Jabborov bu obrazni shunday izohlaydi: u go'yo omonat o'tiribdi. Hozirgina urushdan qaytganu, hozir yana jangga otlanadigan holatda. Bu tasvir saltanatning har doim hushyor turishi va qudratli boshqaruvini aks ettiradi.


Ona yurti Shahrisabzning markazida joylashgan monumental san'at yodgorligida esa uning siymosi tik turgan holda, mahobatli qilib yasalgan. Shunki bu yerda Temur naqadar ulug'vor saltanat egasi bo'lmasin, eng avvalo, shu tuproqning farzandi sifatida tasvirlangan. Uning tik turgan holati, yelkalarining kengligi va mag'rur qiyofasi tog'li hudud farzandiga xos shijoatni, xuddi cho'qqida turgan burgutning o'tkir nigohini eslatadi.


San'at asarining tug'ilishi murakkab texnik jarayon. Har bir haykal avval loy nusxasidan boshlanib, so'ngra loyli qolip holiga keltiriladi. Bu bosqichda usta haykalga "ruh" kiritadi. Shundan so'nggina asar bronzaga ko'chiriladi. Bronzaning tanlanishi bejiz emas, negaki u vaqt sinovlariga, yomg'ir va quyoshga bardosh berib, asrlar davomida mustahkam yodgorlik bo'lib qoladi.


Haykal hozirgi ko'rinishiga kelgunga qadar shaxsan davlat rahbari ishtirokidagi muhokamalardan o'tgan. Ilhom Jabborovning xotirlashicha, tayyor maket Prezident Islom Karimov tomonidan ko'zdan kechirilganda, undagi mahobat va tarixiy aniqlik yuksak e'tirof etilib, takliflar bildirilgan.


Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, bugun mana shu haykallarni har bir yurtdoshimiz yoki sayyohlar kelib ko'rganda, uning yuragida o'zgacha faxr va hayrat tuyg'ulari jo'sh uradi. Haykallar muallifi ta'kidlaganidek, "Har bitta haykalning o'z so'zi bor" va biz buni ular oldiga borib, tafakkur qilgan holda anglaymiz.


Rushana ZARPULLAEvA, O'zJOKU talabasi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid