Valyuta UZS
  • USD

    12 692.42100.85

  • EUR

    14 511.24-34.54

  • RUB

    158.444.62

+28C

+28C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+28c

  • Hozir

    +28 C

  • 11:00

    +29 C

  • 12:00

    +30 C

  • 13:00

    +31 C

  • 14:00

    +32 C

  • 15:00

    +32 C

  • 16:00

    +32 C

  • 17:00

    +31 C

  • 18:00

    +30 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +27 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +24 C

  • 23:00

    +23 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 02-August

+28C

  • Hozir

    +28 C

  • 11:00

    +29 C

  • 12:00

    +30 C

  • 13:00

    +31 C

  • 14:00

    +32 C

  • 15:00

    +32 C

  • 16:00

    +32 C

  • 17:00

    +31 C

  • 18:00

    +30 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +27 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +24 C

  • 23:00

    +23 C

  • Shanba, 02

    +28 +20

  • Yakshanba, 03

    +29 +20

  • Dushanba, 04

    +30 +20

  • Seshanba, 05

    +30 +20

  • Chorshanba, 06

    +30 +20

  • Payshanba, 07

    +29 +20

  • Juma, 08

    +31 +20

  • Shanba, 09

    +31 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Sun'iy intellekt ishimizni tortib oladimi?

531 23:16 | 20.06.2025 23:16

XXI asr – texnologiyalar asri. Taraqqiyot shiddati nihoyatda tez. Ayniqsa, axborot texnologiyalari bugun barcha sohalarni qamrab bormoqda. Jumladan, sun'iy intellekt jadal rivojlanib, hayotimizga kirib kelmoqda.


Oddiy misol, bugun hayotimizda keng qo'llanilayotgan yo'l ko'rsatuvchi ilovalar, uchuvchisiz qurilmalar, yuzni tanuvchi uskunalardan tortib fazoga uchayotgan kosmik kemalarning boshqaruvini ta'minlaydigan dasturlar negizida sun'iy idrok mujassam.


Xo'sh, sun'iy intellekt nima?


U qachondan paydo bo'la boshlagan?


Bizning unga e'tiborimiz qay darajada?


Kelajakda u insoniyatga xavf tug'dirmaydimi?


Maqolamizda shu savollarga javob izlaymiz.


Sun'iy intellekt nima?


Sun'iy intellekt – algoritm fanlari va axborot texnologiyalarining bir tarmog'i bo'lib, odam aqli talab etiladigan vazifalarni bajara oladigan tizimdir.


Bugungi sun'iy intellekt tizimlari mashinaviy o'rganish (Machine Learning) va katta hajmdagi ma'lumotlarga o'rgatilgan chuqur o'rganish (Deep Learning) algoritmlari asosida ishlaydi.


Ko'rib turganimizdek, mazkur tizim asosida ham matematika, ya'ni algoritmlar muhim ahamiyat kasb etadi.


Hozir sun'iy intellektning eng yaxshi namunasi sifatida ChatGPTni keltirish mumkin. Ushbu dastur ham internet tizimidagi ma'lumotlar asosida ishlab, suhbatlar qilishi, kerakli ma'lumotlarni topib berishi, maqola va rasmlar tayyorlashi mumkin. Ammo uning ham qator kamchiliklari bo'lib, jumladan, u mavjud resurslargagina tayanadi, xolos.


Bu esa sun'iy intellekt bilan sun'iy ongning farqini ko'rsatib beradi. Sun'iy intellekt sun'iy ong emas. Sun'iy ong tizimi esa hali yaratilmagan.


U qachondan paydo bo'la boshlagan?


“Sun'iy intellekt” borasidagi izlanishlar o'tgan asrning o'rtalarida boshlangan. 1956 yilda amerikalik olim Jon Makkarti tomonidan fanga (Artificial Intelligence) atamasi kiritiladi. Mazkur ilmiy jarayon o'sha davrda olimlarning qizg'in e'tiborini tortadi. Ammo 70-yillarga kelib, sohada jiddiy o'zgarishlar bo'lmagach, unga e'tibor hamda sarmoya keskin kamayadi. Hatto, 90-yillarga bo'lgan vaqtni “Sun'iy intellekt qishi” deya atashadi.


90-yillarga kelib esa soha yana jonlana boshlaydi. Xususan, tizimning mashinaviy o'rganish (Machine Learning) yo'nalishida tadqiqotlar jadallashadi.


2000-yillardan boshlab esa ilg'or mikrosxemalar va super komp'yuterlar davri boshlangach, chuqur o'rganish (Deep Learning) algoritmlari yo'nalishiga alohida e'tibor qaratiladi, sohada yangidan-yangi tadqiqotlar boshlanadi. Eng muhimi, tajribalar o'z samarasini bera boshlaydi. Natijada sohaga sarmoya yo'naltirish ham kengayadi.


Shundan so'ng 2020 yilgacha sun'iy intellekt ko'plab dasturlarda namoyon bo'ldi, zamonaviy smartfonardan tortib, maishiy turmushimizgacha undan foydalanish imkoniyati yuzaga keldi.


2022 yilning kuzida AQShning “OpenAI” kompaniyasi “ChatGPT” onlayn platformasini ommaga taqdim etdi.


Ayni vaqtda esa, avval ma'lumot berganimizdek, mazkur tizim hayotimizning barcha jabhalariga kirib kelmoqda.


Bizning unga e'tiborimiz qay darajada?


O'zbekistonda ham sun'iy intellekt borasidagi tadqiqotlar o'tgan asrning o'rtalarida boshlangan. Xususan, o'zbek matematik olimi Vosil Qobulovich Qobulov mazkur sohadagi ishlarda bir qator ilmiy ishlarga bosh-qosh bo'lgan.


Olim 1957 yildan O'zbekiston Fanlar akademiyasi Matematika institutining hisoblash texnikasi bo'limi mudiri, 1963 yildan esa O'zbekiston Fanlar akademiyasi Mexanika instituti va hisoblash markazi direktori vazifalarida mehnat qilgan. O'zbekiston Fanlar akademiyasi Kibernetika instituti direktori (1966-77), institut O'zbekiston Fanlar akademiyasining “Kibernetika” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirilgach, uning bosh direktori bo'lib (1978 – 1992 yillarda) ishlagan.


Olim faoliyati davomida O'zbekistonda kibernetika, sun'iy intellekt, informatsion va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish maqsadida o'nlab yirik laboratoriya va bo'limlar tashkil etgan, ko'plab ilmiy ishlarni qo'llab-quvatlagan.


Atoqli olim tashabbusi bilan 1976 yilda Toshkentda sobiq Ittifoq respublikalari ichida yagona bo'lgan Kibernetika ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etilib, uning tarkibida Hisoblash markazli kibernetika instituti, boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlari, respublika avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari hamda tajriba eksperimental zavodi faoliyati yo'lga qo'yilgan. Bu o'sha davrda nihoyatda murakkab jarayon va O'zbekiston uchun noyob hodisalardan edi.


Hozir mamlakatimizda sohani rivojlantirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2024 yil 14 oktyabrda «Sun'iy intellekt texnologiyalarini 2030 yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatga asosan Sun'iy intellekt texnologiyalarini 2030 yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi. Sun'iy intellekt texnologiyalarini 2030 yilga qadar rivojlantirish bo'yicha erishish lozim bo'lgan maqsadli ko'rsatkichlar belgilandi.



Kelajakda insoniyatga xavf tug'dirmaydimi?


Bu savolga maqolamiz avvalida ham javob berib o'tgan edik: Sun'iy intellekt sun'iy ong emas. Sun'iy ong tizimi esa hali yaratilmagan.


Sun'iy intellekt – mavjud manbalar asosida ishlaydigan tizim. Unda hissiyotlar yo'q, faqat ma'lum algoritmlar vositasida ishlaydi, manbalarni o'rganadi.


Ko'plab kasblar yo'qolib ketishi, odamlar qo'lidan kasblarni olib qo'yishi mumkinligi haqida xavotirlarga kelsak, u ham vahimali emas. Sun'iy intellekt insonlar kasbini egallab olmaydi, balki sun'iy intellektni yaxshi o'rgangan odam boshqa shu yo'nalishdagi hamkasbidan ishini olib qo'yishi mumkin.


Shuning uchun ham sun'iy intellektdan foydalanishni o'rganishimiz, umuman, axborot texnologiyalarini ishlatishni mukammalroq bilishimiz, bir so'z bilan aytganda, zamon bilan hamnafas bo'lishimiz kerak.


Anvar XURRAMOV,
Сhirchiq davlat pedagogika universiteti
Matematika va informatika fakul'teti
«Informatika va axborot texnologiyalari»
kafedrasi dotsenti



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid