Valyuta UZS
  • USD

    12 581.9784.22

  • EUR

    14 698.2639.65

  • RUB

    157.750.96

+26C

+26C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+26c

  • Hozir

    +26 C

  • 21:00

    +24 C

  • 22:00

    +23 C

  • 23:00

    +22 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 15-August

+26C

  • Hozir

    +26 C

  • 21:00

    +24 C

  • 22:00

    +23 C

  • 23:00

    +22 C

  • Juma, 15

    +26 +20

  • Shanba, 16

    +26 +20

  • Yakshanba, 17

    +26 +20

  • Dushanba, 18

    +25 +20

  • Seshanba, 19

    +26 +20

  • Chorshanba, 20

    null +20

  • Payshanba, 21

    null +20

  • Juma, 22

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Telegram — 12 yillik tarix

93 13:06 | 14.08.2025 13:06

Bugun, 14 avgust kuni, Telegram'ga rasman 12 yil to'ldi.


2013 yilda yaratilgan mazkur ilova qisqa vaqt ichida nafaqat oddiy xabar almashish vositasi, balki global axborot, ta'lim, tadbirkorlik, hatto raqamli iqtisodiyot maydoniga aylandi.


G'oya qanday tug'ilgan?
Telegram'ning asoschisi iqtidorli dasturchi va IT-investori Pavel Durov hisoblanadi. U bu platformani yaratish g'oyasiga "VKontakte" ijtimoiy tarmog'ida olib borilgan faoliyati davomida kelgan. 2011 yili Pavel va u bilan hamkorlikdagi dasturchilar shaxsiy va xavfsiz muloqot uchun mo'ljallangan tezkor, reklama va nazoratdan xoli messenjer yaratish g'oyasini ilgari surishdi.
Shu tariqa, 2013 yilning 14 avgust kuni Telegram'ning ilk versiyasi App Store'da paydo bo'ldi.


Dunyo bo'ylab ommalashgan platforma
Bugungi kunda Telegram 190 dan ortiq mamlakatda faol foydalaniladi. Ilovaning auditoriyasi 900 milliondan ortiq faol foydalanuvchini tashkil etadi. Uning interfeysi 58 ta tilda, jumladan o'zbek tilida ham mavjud. Telegram o'zining yuqori xavfsizlik darajasi, tezkorligi va foydalanuvchi ma'lumotlarini himoya qilish siyosati bilan alohida e'tibor qozongan.


Keng imkoniyatlar
Telegram nafaqat shaxsiy muloqot uchun, balki kontent yaratish va tarqatish, auditoriya bilan ishlash va biznesni rivojlantirish uchun ham qulay imkoniyatlarni taklif qilmoqda. Ushbu tarmoq orqali kanallar va guruhlarda yuz minglab odamlar bilan axborot almashish, botlar — avtomatlashtirilgan servislardan foydalanib,ta'lim olish, murojaat yo'llash, kanallarda sharh qoldirish, ovoz berish orqali o'z fikringizni bildirish va boshqa interaktiv funktsiyalardan foydalanish mumkin.


Telegram dunyo bo'ylab tsenzuradan xoli, tezkor va xavfsiz aloqa platformasi sifatida tobora ortiq ishonch qozonmoqda. Pavel Durov o'z chiqishlarida har doim bu platformani erkin so'z, shaxsiy hayot daxlsizligi va axborotga to'siqsiz yetishish huquqining ramzi sifatida saqlab qolishini ta'kidlaydi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid