Toshkentda nega har kuni elektr uzilishlari kuzatilmoqda?
So'nggi kunlarda poytaxt aholisi elektr energiyasidagi uzilishlar girdobida qoldi. Jazirma issiq havoda minglab iste'molchilar toksiz qolyapti. Buni sababini soha mas'ullari “yuklamalar” bilan bog'ladi. Xo'sh, bu fikr asoslimi?
Tizimda mablag' yetishmasligi, modernizatsiya amalga oshmagani kabi muammolar ochiqlandi.
Eslatma: 2022 yilda tizimni modernizatsiya qilish uchun 380 million AQSh dollari kredit ajratilgan edi.
Muammolar:
Oxirgi uch yilda xodimlarning 30% ish haqining pastligi va katta ish hajmi sababli tizimni tark etgan. Ulardan 45% ekspluatatsiya xizmati mutaxassislari.
9 749 km. elektr tarmog'ining 26% (2 540 km.) ta'mirtalab. 90 ta podstantsiyadan 9 tasini modernizatsiya qilish, 2 tasining quvvatini oshirish zarur.
11 ta maxsus laboratoriya avtomashinasining 6 tasi zamonaviy talablarga javob bermaydi, tungi vaqtda esa faqat 2 tasi navbatchilik qiladi. Bu bir vaqtning o'zida bir nechta hududdagi avariyalarni tez aniqlash va bartaraf etishga qiyinchilik tug'diradi.
Tizimdagi 1154-raqamli CALL-markaz orqali murojaatlarni qabul qiluvchi operatorlar 5 nafarni tashkil etadi. Shu sababli operator bilan ulanish uchun 60-70 tagacha navbat yuzaga kelgan.
Tizimga sarflangan mablag'lar
2022 yilda Toshkent shahrida «Elektr energetika sohasini transformatsiya qilish va elektr energiyasini barqaror uzatish» loyihasi taqdim qilingan. Loyihani amalga oshirish uchun Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (Jahon banki guruhi) tomonidan 380 million AQSh dollari, Yashil iqlim jamg'armasi tomonidan esa 43 million AQSh dollari miqdorida kredit ajratilgani haqida xabar berilgan.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0