Valyuta UZS
  • USD

    12 158.13-33.12

  • EUR

    14 166.6555.28

  • RUB

    153.98-0.22

-2C

-2C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

-2c

  • Hozir

    -2 C

  • 05:00

    -4 C

  • 06:00

    -4 C

  • 07:00

    -5 C

  • 08:00

    -5 C

  • 09:00

    -5 C

  • 10:00

    -4 C

  • 11:00

    -3 C

  • 12:00

    -2 C

  • 13:00

    -1 C

  • 14:00

    -0 C

  • 15:00

    -0 C

  • 16:00

    +0 C

  • 17:00

    -0 C

  • 18:00

    -1 C

  • 19:00

    -1 C

  • 20:00

    -2 C

  • 21:00

    -3 C

  • 22:00

    -3 C

  • 23:00

    -3 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 11-March

-2C

  • Hozir

    -2 C

  • 05:00

    -4 C

  • 06:00

    -4 C

  • 07:00

    -5 C

  • 08:00

    -5 C

  • 09:00

    -5 C

  • 10:00

    -4 C

  • 11:00

    -3 C

  • 12:00

    -2 C

  • 13:00

    -1 C

  • 14:00

    -0 C

  • 15:00

    -0 C

  • 16:00

    +0 C

  • 17:00

    -0 C

  • 18:00

    -1 C

  • 19:00

    -1 C

  • 20:00

    -2 C

  • 21:00

    -3 C

  • 22:00

    -3 C

  • 23:00

    -3 C

  • Chorshanba, 11

    -3 +20

  • Payshanba, 12

    -1 +20

  • Juma, 13

    0 +20

  • Shanba, 14

    4 +20

  • Yakshanba, 15

    +1 +20

  • Dushanba, 16

    +0 +20

  • Seshanba, 17

    +3 +20

  • Chorshanba, 18

    +2 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Urush, boylik va kontrastlar o'chog'i: Yaqin Sharq nomi qaerdan kelib chiqqan?

Dunyo Ukraina urushining to'rt yilligini qarshilab turgan mahalda, jahonning boshqa mintaqasida yangi va xavfli to'qnashuv boshlandi. AQSh va Isroil kuchlarinining Eronga zarbalar berishi ortidan forslar ham Isroil hamda Qo'shma Shtatlar harbiy bazalari joylashgan hududlarga hujum qila boshladi. Natijada Yaqin Sharq deb ataladigan mintaqa dunyo e'tibori markazida bo'lib qoldi. Afsuski, jahondagi neft' zaxiralarining katta qismi to'plangan, tabiiy boyliklarga boy bu hududda bir necha o'n yillardan buyon urushlar va mojarolar to'xtamaydi.
71 10:26 | 08.03.2026 10:26

“Yaqin Sharq” atamasi yangiliklar va tarixiy yilnomalarda tez-tez uchraydi. Bu Sharqiy va Janubiy Yevropa bilan chegarada, qisman Shimoliy Afrikada va qisman G'arbiy Osiyoda joylashgan ulkan tarixiy mintaqaning umumiy nomi. Turli tasniflarga ko'ra, mintaqa 17 yoki 18 ta juda xilma-xil mamlakatlardan iborat. Ular qatoriga Turkiya, Suriya, Iroq, Eron, Saudiya Arabistoni, Misr, Yaman, Ummon, Qatar, BAA va boshqalar kiradi. Biroq, aslida Sharqning bu qismi faqat yevropaliklarga “yaqin” deb hisoblanadi va ular bu atamani o'ylab topishgan.


Ochiq manbalarga ko'ra, “Yaqin Sharq” atamasi G'arbda ilmiy qo'llanmalarga XIX asr oxiri va XX asr boshlarida kiritilgan. “Yaqin Sharq” atamasi dastlab Bolqon yarim oroli mamlakatlarini o'z ichiga olgan butun Usmonli imperiyasini nazarda tutish uchun ishlatilgan. Shuningdek, “O'rta Sharq” atamasi ham mavjud edi va Afg'oniston, Eron, Kavkaz va Markaziy Osiyoni nazarda tutish uchun ishlatilgan. Biroq, Usmonli imperiyasi parchalanib ketganidan so'ng (XX asrning birinchi yarmi), eski “Yaqin Sharq” atamasi o'z ahamiyatini yo'qotdi va ingliz tilida Islom dunyosi davlatlari (taxminan Arabiston yarim oroli, Levant, Turkiya, Misr, Eron va Iroqni qamrab oluvchi mintaqa) uchun “Yaqin Sharq” umumiy atamasi joriy etildi.


Mazkur atama birinchi marta amerikalik dengiz strategi Alfred Tayer Mahan tomonidan “Fors ko'rfazi va xalqaro munosabatlar” (1902) maqolasida tilga olingan deb ishoniladi. Unda Yaqin Sharq mamlakatlari Yevropa dunyosi bilan taqqoslangan va G'arb (birinchi navbatda Buyuk Britaniya) uchun mustamlakachilik siyosati kengayishi bilan qiziqish uyg'otgan. Keyinchalik, “Yaqin Sharq” atamasi keng tarqaldi, bunga qisman jurnalistlar ham sababchi bo'ldi.


“Yaqin Sharq” ko'pincha arab dunyosi deb ham ataladi, chunki madaniy va diniy farqlarga qaramay, arab tili mintaqada eng keng tarqalgan til hisoblanadi. Yaqin Sharqdagi eng yirik etnik guruhlar arablar, eronliklar va turkiyzabon xalqlardir. Etnik ozchiliklar ko'pincha, masalan, koptlar, ossuriyaliklar, berberlar va yahudiylarni o'z ichiga oladi. Yaqin Sharqda 350-360 million musulmon (turklar, forslar, ko'pchilik kurdlar, arablar va boshqalar), 60-70 million xristian (armanlar, Anadolu yunonlari, gruzinlar, ossuriyaliklar, koptlar, maronitlar va boshqalar), 9 million yahudiy, 3 million druz, taxminan 1 million yazidiy va boshqa xalqlar yashaydi. Yevropa va Afrikadan Osiyoga asosiy yo'l Yaqin Sharq orqali o'tadi. Bu mintaqa aslida Islom, xristianlik va yahudiylikning tug'ilgan joyi hisoblanadi, shuning uchun hududda turli e'tiqodlar va ularning muqaddas maskanlari bor, ammo Yaqin Sharqning asosiy dini islomdir.


Mustamlaka davrida Yaqin Sharq va O'rta Sharq Angliya tomonidan nazorat qilingan. BMT ta'rifiga ko'ra, Yaqin Sharq asosan G'arbiy Osiyoda joylashgan. U Markaziy Osiyo va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bilan bir qatorda turadi. BBC telekanali Yaqin Sharqni Yevropa, Osiyo va Afrika bilan bir qatorda alohida mintaqa sifatida belgilaydi. Yaqin Sharq tushunchasi birinchi marta rus tilidagi adabiyotlarda 1967 yilda arab-isroil mojarosi kontekstida paydo bo'lgan.


Yaqin Sharq mintaqasining aniq chegaralari yo'q. Shimoliy Afrika va Janubiy Yevropa tutashgan joyda joylashgan bu mintaqa o'ziga xos madaniyati va ijtimoiy tizimi tufayli Osiyoning boshqa qismlaridan ajralib turadi. Arab mamlakatlaridan tashqari, Yaqin Sharq Eron va Turkiya kabi bir-biriga yaqin joylashgan bir nechta musulmon mamlakatlarini ham o'z ichiga oladi. Kamroq hollarda, Somali, Sudan va Jibuti kabi qora tanli aholisi bo'lgan mamlakatlar ham kiradi. Yaqin Sharq geografik jihatdan Osiyo va Afrika qismlariga bo'lingan.


Mintaqada neft' zaxiralarining qariyb 70 foizi joylashgan. Yaqin Sharqdagi farovonlik darajasi keskin farq qiladi, arab dunyosidagi eng qashshoq davlatlardan biri bo'lgan Yamandan tortib, dunyoda jon boshiga eng yuqori daromadga ega bo'lgan Qatar ham shu yerda joylashgan. Masalan, Qatarda YaIM aholi jon boshiga 68 ming dollardan oshsa, Yamanda bu ko'rsatkich ming dollargayam yetmaydi (taxminan 821 dollar).


Mintaqaning geosiyosiy joylashuvi foydali: u nafaqat Hind va Atlantika okeanlari o'rtasidagi tranzit nuqtasi, balki to'rtta qit'a o'rtasidagi havo qatnovi uchun chorraha vazifasini ham bajaradi. Yirik portlar, temir yo'llar va quvurlar Yaqin Sharqda joylashgan. Bunga misol qilib uglevodorodlar Janubiy Osiyoga oqib o'tadigan Hormuz bo'g'ozi va neft' tashiladigan Osiyo va Yevropa o'rtasidagi savdo markazi bo'lgan Suvaysh kanalini keltirish mumkin. Ayni kunlarda Eron atrofidagi voqealar va Hormuz bo'g'ozi atrofidagi keskinlik dunyo energetika bozoriga ta'sir qilib, neft' narxining oshib ketishiga sabab bo'lmoqda.


Saudiya Arabistoni, BAA va Bahraynning yutuqlari, shuningdek, Eron va mintaqadagi boshqa mamlakatlarning iqtisodiy o'sishi tahlilchilarni Yaqin Sharqni eng tez o'sayotgan davlatlardan biri deb hisoblashga undaydi: hududning aholisi 2030 yilga kelib taxminan 580 millionga yetishi kutilmoqda. Xalqaro valyuta jamg'armasi ma'lumotlariga ko'ra, global notinchlikka qaramay, mintaqadagi real YaIM 2022 yilda 5,3 foizga o'sdi, bu 2021 yil oxiridagi prognozdan 0,3 foizga yuqori, bu asosan neft' eksport qiluvchi mamlakatlardagi yuqori ko'rsatkichlar bilan bog'liq. Boshqa omillar qatorida, XvJ tahlilchilari turizmning qayta tiklanishi va natijada mehmonxonalarda bandlikning oshishi (Iordaniya, Qatar, Marokash va Saudiya Arabistonida), pul o'tkazmalarining kuchli oqimi (Misr, Iordaniya, Marokash va Pokistonda) va xususiy sektorga kreditlarning ko'payishini keltiradilar. Mintaqaning asosiy daromad manbai uglevodorod savdosi hisoblanadi. Neft' eksport qiluvchi davlatlar tashkilotini tashkil etuvchi 13 ta davlatdan yettitasi Yaqin Sharqda joylashgan bo'lib, global ishlab chiqarishning taxminan 31 foizini nazorat qiladi.


Fors ko'rfazi hamkorlik kengashi a'zolari bo'lgan Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Bahrayn, Quvayt va Ummon rahbarlari 2023 yil may oyida Shengen hududiga o'xshash yagona viza hududini yaratishni e'lon qilishdi. Ushbu tashabbus 2013 yildan beri muhokama qilinib kelinmoqda, uning asosiy maqsadi mintaqada umumiy chegaralarni mustahkamlash va xavfsizlikni kuchaytirishdir. Yagona ma'lumotlar almashinuvi tizimi tashkilotga a'zo davlatlaridan biriga kirishga ruxsat berilmagan har bir kishining boshqa davlat hududiga sayohatiga to'sqinlik qiladi.


Yaqin Sharqning jahon siyosatidagi o'rni urushlar va turli qarshiliklar bilan ham izohlanadi. Bu yerda Eron va arab davlatlari raqobati, Isroil-Falastin keskinligi, AQSh-Isroil-Eron qarama-qarshiligi, 2011 yil boshlangan “arab bahori” mintaqadagi vaziyatga jiddiy ta'sir etdi. Birgina Suriyadagi fuqarolik urushi natijasida 500 ming kishi halok bo'lgani aytiladi, millionlab kishilar esa qochqinga aylandi. Mintaqadagi vaziyatga yirik davlatlarning aralashuvi ham salbiy omil bo'lib xizmat qildi (masalan AQShning 2003 yilgi Iroq urushi).


Xullas, Yaqin Sharq dunyo siyosati va iqtisodidagi eng qaynoq nuqtalardan biri bo'lib qoladi. Hududdagi siyosiy jarayonlarning rivojlanishi va qarama-qarshiliklar jahondagi vaziyatga jiddiy ta'sir qilishda davom etmoqda.


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid