+35C

+35C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

O'zbek futbol jamoalari jahon reytingida qanday o'rinda?

Bugungi kunda dunyo futbolida eng kuchli jamoa qaysi? O'zbek klublari jahonda qanday mavqega ega? Bu haqda bilasizmi?
3095 12:40 | 08.07.2024 12:40

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) dunyoning eng kuchli klublarining yangi reytingini e'lon qildi.


Unda besh qit'aning 75 ta milliy chempionati qatnashchisi bo'lgan 504 ta jamoaning 2023 yil 1 iyuldan 2024 yil 30 iyungacha bo'lgan davrda qayd etgan natijalariga ko'ra klublar reytingi e'lon qilindi.


Dunyoning eng zo'r jamoalari reytingini Yevropaning grand klublari boshqarib turibdi. Birinchi pog'onada UEFA Сhempionlar ligasining amaldagi g'olibi Madridning “Real” jamoasi bormoqda. Ispaniya grandining bir yil davomida 371 ball to'plagani qayd etilgan.


Yangi reytingning dastlabki o'n bir pog'onasini faqat “ko'hna qit'a” jamoalari egallagani e'tiborli. “Real”dan keyin “Manchester Siti” (Angliya), “Bayer” (Germaniya), “Atalanta” (Italiya), “Borussiya” (Dortmund, Germaniya), “Atletiko” (Madrid, Ispaniya), “Bavariya” (Germaniya), “Barselona” (Ispaniya), “Arsenal” (Angliya), “Inter” (Italiya) hamda PSJ (Frantsiya) jamoalari o'rin egallagan.


Boshqa qit'a vakillaridan eng yuqori pog'onada Braziliyaning “Palmeyras” jamoasi joy egalladi. Mazkur klub umumiy reytingda parijliklardan keyin 12-qatorda joylashgan.


Osiyo klublari orasida eng yuqori o'ringa Saudiya Arabistonining amaldagi chempioni, tarkibida bir qator jahon futboli yulduzlari to'p tepadigan “Al-Hilol” jamoasi loyiq topilib, 40-qatorga o'rnashdi.


Krishtianu Ronaldu o'ynayotgan “Al-Nasr” jamoasi qit'amizda ikkinchi, dunyo reytingida esa 71-o'rindan joy oldi.


“Top-500” reytingida O'zbekistonning uchta jamoasi nomi qayd etilgan.


Mamlakatimiz klublari orasida “Nasaf” (Qarshi) 88,25 ball jamg'argan holda, jahon reytingining 201-qatorida qayd etilgan bo'lsa, Namanganning
“Navbahor” jamoasi 83,75 ball jamg'argan holda, IFFHS ro'yxatida 221-o'rinni egallab turibdi.


Toshkentning “Paxtakor” jamoasi esa 51 ball to'plagan holda, 496-pog'onadan joy oldi.
Eslatib o'tamiz, mazkur uchta jamoamiz hamda Olmaliqning OKMK klubi o'tgan yili Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichida qatnashib, “Nasaf” va “Navbahor” guruhdan chiqishga muvaffaq bo'lgan edi…


Akmal ABDIEV,
ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid