+22C

+22C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Andijonlik oddiy qiz qanday qilib Garvard va Lewis University eshiklarini ochdi?

Bugun jamiyatda ong ostiga singib ketgan eski tushunchalar ham yo‘q emas. Masalan, «Ilm-fan ayollar uchun emas» degan yanglish qarashga «qaramlar» kam bo‘lsa-da, haligacha uchrab turadi. Biroq bugungi globallashuv va texnologiya asrida bu qarashlar noto‘g‘ri ekanligini isbotlab qo‘ygan va qo‘yayotgan yoshlar juda ko‘p.
O'zgacha rakurs
1534 22:30 | 23.04.2026 22:30

Maqolamiz qahramoni – 24 yoshli tadqiqotchi-olima Gavharoy Abdukarimova ham ilm-fanda qaysi jins vakili bo‘lishingdan qatʼiy nazar, izlanish, intilish va maqsad sari dadil harakat qilish muhimligini amalda isbotlagan yoshlardan biri.


Gavharoyning ilmiy faoliyati juda erta boshlangan. U 19 yoshida ilk ilmiy ishini yozgan. Ana o‘shandan boshlab uning tadqiqotlarga to‘la faoliyati shakllangan. U talabalik davridayoq murakkab biologik va tibbiy jarayonlarni tushunish, ilmiy savollarga asosli javoblar topishga harakat qildi.


Bugun yosh tadqiqotchi immunoonkologiya sohasida izlanmoqda. Uni fanning nazariy emas, amaliy tomonlari ko‘proq qiziqtiradi. Tibbiy maʼlumotlarning diagnostika sifatini yaxshilashdagi o‘rni qayday? Analitika shifokorlarga qaror qabul qilishda qanday yordam beradi? Og‘ir kasalliklarni davolashda personallashtirilgan tibbiyot yondashuvi qanday bo‘lishi kerak?..


Bugungi kunga kelib, 17 ta ilmiy maqola va 2 ta to‘liq formatdagi ilmiy ish muallifi bo‘lgan Gavharoy Abdukarimova yuqoridagi kabi ko‘plab savollarga o‘z tadqiqotlarida ilmiy asoslangan javoblar topmoqda. Uning tadqiqotlarida onkologiya, immun mexanizmlar, sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish va tahlil kabi masalalar qamrab olingan. Uning ilmiy ishlari mutaxassislar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqdaki, bu esa ilmiy qarashlarning amaliy ahamiyati nechog‘liq yuqori ekanligini anglatadi.



Gavharoy nafaqat ilm, balki ijtimoiy sohada ham faol. U 2019 yilda «Tvori Dobro Andijan» xayriya tashkilotini tashkil etib, 50 dan ortiq volontyorlar bilan birgalikda kam taʼminlangan oilalarga yordam berishni boshladi. Ammo uning eng katta loyihasi 2022 yilda Andijondagi Furqat bolalar shifoxonasining onkologiya bo‘limida ochilgan «Laugh Room» (Kulgi xonasi) bo‘ldi. Leykemiya bilan og‘rigan bolalar uchun infektsiyadan xoli va xavfsiz muhit yaratish maqsadida bir yil davomida shifoxona rahbariyati bilan muzokaralar olib borildi. Bugun bu xonada bolalar har kuni dezinfektsiya qilinadigan xavfsiz o‘yinchoqlar bilan o‘ynaydi, multfilmlar ko‘radi va eng muhimi, o‘zlarini kasal deb his qilmaydi. Har shanba va yakshanba kunlari volontyorlar tomonidan tashkil etiladigan turli o‘yinlar va ota-onalar uchun psixologlar bilan ishlash tizimi bu loyihani shunchaki xona emas, balki haqiqiy reabilitatsiya markaziga aylantirdi.


Andijon shahridagi oddiy mahallada tug‘ilgan va oddiy maktabda tahsil olgan yosh olimaning bugungi yutuqlari havas qilgulik darajada. Ilm sari intilishlar unga AQShdagi Lewis University va Garvard tibbiyot maktabi (Harvard Medical School) eshiklarini ochdi.


– 2019-2023 yillarda Andijon davlat universitetining Biologiya fakultetida tahsil oldim. Bakalavrlik ilmiy ishim “T-kletkalarning o‘smaga qarshi immun javobdagi roli” mavzusida bo‘lgan, – deydi Gavharoy. – Bakalavriat davomida onkologiya sohasidagi xalqaro ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etdim, germaniyalik olim ilmiy rahbarim edi. Bugungi kunda Lewis Universityda «Secure HIM Platform for Hospitals» loyihasi ustida ishlayapman. Bu ilmiy ishim mavzusi sunʼiy intellekt (AI) yordamida bemorlarni triaj qilish, tibbiy xizmatlar narxini oldindan hisoblash va bemorlarga oid maʼlumotlarni kiberhujumlardan himoya qilishga qaratilgan.


Ha, Gavharoy Abdukarimovaning ilmiy faoliyati faqatgina raqamlar va tahlillardan iborat emas. U taklif qilayotgan «Secure HIM Platform» loyihasida shifokor va bemor o‘rtasidagi ishonchni yangi bosqichga olib chiqish ko‘zda tutilgan.


Yosh olimaning tibbiyotga ilmiy yondashuvida «Personallashtirilgan tibbiyot» tushunchasi markaziy o‘rinni egallaydi. Gavharoyning fikricha, har bir organizm individualdir va onkologik kasalliklarni davolashda umumiy qoliplardan voz kechish kerak.


Alijon Abdurahmonov,
Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs