Valyuta UZS
  • USD

    12 149.847.74

  • EUR

    14 003.91-76.07

  • RUB

    151.100.57

+14C

+14C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+14c

  • Hozir

    +14 C

  • 05:00

    +13 C

  • 06:00

    +13 C

  • 07:00

    +13 C

  • 08:00

    +14 C

  • 09:00

    +16 C

  • 10:00

    +18 C

  • 11:00

    +19 C

  • 12:00

    +21 C

  • 13:00

    +22 C

  • 14:00

    +23 C

  • 15:00

    +23 C

  • 16:00

    +23 C

  • 17:00

    +23 C

  • 18:00

    +22 C

  • 19:00

    +20 C

  • 20:00

    +18 C

  • 21:00

    +17 C

  • 22:00

    +16 C

  • 23:00

    +15 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 05-April

+14C

  • Hozir

    +14 C

  • 05:00

    +13 C

  • 06:00

    +13 C

  • 07:00

    +13 C

  • 08:00

    +14 C

  • 09:00

    +16 C

  • 10:00

    +18 C

  • 11:00

    +19 C

  • 12:00

    +21 C

  • 13:00

    +22 C

  • 14:00

    +23 C

  • 15:00

    +23 C

  • 16:00

    +23 C

  • 17:00

    +23 C

  • 18:00

    +22 C

  • 19:00

    +20 C

  • 20:00

    +18 C

  • 21:00

    +17 C

  • 22:00

    +16 C

  • 23:00

    +15 C

  • Yakshanba, 05

    +14 +20

  • Dushanba, 06

    +13 +20

  • Seshanba, 07

    +14 +20

  • Chorshanba, 08

    +12 +20

  • Payshanba, 09

    +10 +20

  • Juma, 10

    +10 +20

  • Shanba, 11

    +12 +20

  • Yakshanba, 12

    +11 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

O'zbekiston va dunyo: qaerda ko'chmas mulk ijarasi qimmat?

Bugun jahonda aholi sonining oshishi va urbanitsaziya sabab ko'chmas mullka talab yil sayin (balki oy sayin) oshib bormoqda. Bu sohaga investitsiya kiritish eng barqaror va maqbul yo'llardan sanaladi. Shunki ko'chmas mulk bozorida inqiroz, narx qulashi va talabning tushib ketishi ehtimoli past. Jahonda ko'chmas mulk bilan ta'minlanganlik, uy va ijara narxlari o'ta notekis. Rivojlangan va aholi daromadi yuqori bo'lgan davlatlarda narxlar qimmat, rivojlanayotgan davlatlarda esa biroz boshqacharoq manzarani ko'rishimiz mumkin. Quyida bugungi voqelikdan kelib chiqib, ko'chmas mulk ijarasi bilan bog'liq vaziyatni ko'rib chiqamiz.
662 14:34 | 21.11.2025 14:34

Ko'chmas mulk deganda ko'z oldimizga avval shaharlardagi ko'pqavatli uylar keladi. Shunki dunyo aholisining aksariyat qismi shaharlarga joylashmoqda va ularda talab katta. Eng avvalo, O'zbekiston poytaxti Toshkent shahridagi vaziyatga o'z shaxsiy kuzatuvimiz nuqtai nazaridan to'xtalsak. Toshkentda eng arzon, jihozlanmagan bir xonalik ijara uy narxi 250 AQSh dollar (bugungi valyuta kursi bo'yicha qariyb 3 mln so'm) tashkil qiladi. Bu narxga Samarqand, Andijon, Buxoro kabi yirik shaharlarda o'rtacha kvartiralarni ijaraga olish mumkin. Termiz, Urganch kabi shaharlarda odatda kelishuv qiymati so'mda hisoblanadi va bugungi kunda 1,8-2,2 mln so'mga bir xonalik uylarni ijaraga olish mumkin. Qayd etish kerak, so'nggi yillarda viloyat markazlarida ham ko'chmas mulk ijarasi ancha faollashdi. Buni qator faktorlar bilan bog'lash mumkin. Eng asosiylarida biri, aholi sonining o'sishi. Masalan, so'nggi sakkiz yilda O'zbekiston aholisi 6 million kishiga ko'paygan. Ikkinchidan, viloyatlarda iqtisodiyotning rivojlanishi va ish o'rinlarining ko'payishi ham ijara uylarga bo'lgan talabni oshirib bormoqda.


Biroq ko'pchilikni qiziqtirgan uy-joy ijaralari soni bo'yicha yaqqol yetakchilik Toshkent shahrida qolmoqda. Turli yillarda respublika bo'ylab tuzilgan ijara shartnomalarining taxminan 45-50 foizi aynan poytaxtda qayd etilgan. Bu tabiiy albatta, Toshkent O'zbekistonning eng yirik shahri bo'lish bilan birga odamlar eng ko'p tashrif buyuruvchi shahar hamdir. Nafaqat Toshkent, balki poytaxtdan uncha uzoq bo'lmagan Toshkent viloyati aholi manzillari(Qibray, Nurafshon, Yangiyo'l,Zangiota, Shirchiq)da ham ijara uylarga talab oshgan. Masalan, Yangiyo'l yoki Shirchiq shahrida bir xonalik jihozlangan uyni 200-250 AQSh dollariga ijara berish imkoniyati mavjud. Qolaversa bu shaharlarda so'nggi yillarda ko'pqavatli uylar qurilishi jadallashmoqda va yangi imkoniyatlar vujudga kelmoqda.


Poytaxtda va yirik shaharlarda ijara kelishuvlari yillar davomida singib ketgan an'anaga muvofiq AQSh dollarida hisoblanadi. Demak, Toshkentda 250 (va undan ko'proq) AQSh dollariga shaharning aholi ko'p yashovchi tumanlaridan jihozlarsiz bir xonali xonadonni ijaraga olish mumkin.


Ko'pchilik xaridorlar ham aynan shu narxga ijara qidiradilar, ammo so'nggi paytlar tendentsiyasiga ko'ra bu pulga ijara uy topish qiyinlashib bormoqda.Sohaga oid e'lonlar eng ko'p joylashtiriladigan “Olx.uz” sayti ma'lumotlariga tayanib aytilsa, Toshkentda ko'p qavatli uylardagi kvartiralarning eng qimmat ijarasi 2500-3000 AQSh dollarini, hovlilarning eng qimmati 10 000 AQSh dollarini tashkil qiladi. Lekin ijaraga beriladigan bunday qimmat narxdagi ko'chmas mulklar odatda juda kam bo'ladi.


O'zbekistonning boshqa viloyatlarida 150-200 AQSh dollariga Samarqand, Andijon, Buxoro kabi yirik shaharlarda o'rtacha kvartiralarni ijaraga olish mumkin. Termiz, Urganch kabi shaharlarda odatda ijara qiymati so'mda hisoblanadi va ma'lumotlarga ko'ra, o'rtacha ijara narxi 2 mln so'mgacha. Tabiiyki, tumanlarda yanada arzon. Buning ustiga Toshkentga qaraganda viloyatlarda aholining shaxsiy uy bilan ta'minlanganlik darajasi yuqori. Ya'ni deyarli hammaning o'z uyi bor. Milliy statistika qo'mitasining dastlabki ma'lumotlariga ko'ra, 2025 yilning 1 yanvar holatiga respublikada uy-joy fondining umumiy maydoni 703,8 mln m² ni tashkil etgan. Aholining uy-joy bilan ta'minlanganlik darajasi har bir aholiga umumiy yashash maydonidan o'rtacha 18,9 kvadrat metrni tashkil etgan.


Odatda ijara narxlari haqida gap ketganda, O'zbekistondagi narxlar aholi nazdida qimmat tuyuladi. Ammo jahon darajasiga solishtirgan bunday emas. Masalan, yaqinda Numbeo portali o'tkazgan tadqiqotda ko'ra, Toshkent dunyoning eng arzon shaharlaridan deb topildi. Poytaxtdagi ijara narxlari ham jahon miqyosida arzonlaridan deb ko'rilgan. Bu yerda asosiy muammo aholi daromadi va yillik yalpi ichki mahsulot bilan bog'liq sanaladi.


Jahonda ko'chmas mulk ijarasi bilan bog'liq vaziyatga to'xtalsak. Yaqinda o'tkazilgan hisob-kitoblarga ko'ra, Buyuk Britaniya poytaxti London ro'yxatda birinchi o'rinni egalladi. 2025 yil sentyabr oyida Londonda bir xonali kvartiraning o'rtacha ijarasi 2800 dollarni tashkil qilgan. Markaziy hududlarga nazar tashlaydigan bo'lsak, bu ko'rsatkich 3100 dollargacha ko'tariladi. Janubi-sharqiy Osiyoda joylashgan Singapurda ijara haqi deyarli bir xil – Londonnikidan atigi bir necha dollar arzonroq. Bu Osiyoning moliyaviy markazida ijaraga uy olish oson emasligini ko'rsatadi.


AQSh poytaxti ham bu borada qimmat hudud sanaladi. vashingtonda o'rtacha ijara haqi 2300 dollar atrofida. Yevropaning mashhur shaharlaridan biri Amsterdamda ijara haqi o'rtacha 2250 dollarni tashkil qilsa, Dublin ijara bozorida o'rtacha uy ijarasi 2200 dollarni tashkil qiladi. Islandiya poytaxti Reykyavikda bir xonali kvartira oyiga o'rtacha 2160 dollar turadi. O'ntalikka kiruvchi boshqa shaharlar orasida Lyuksemburg va Gonkong (2000 dollar), Bern (1800 dollar) va Kopengagen (1750 dollar) bor. Ushbu shaharlarda yashash va ijara narxi yuqori va ko'pchilik uchun jiddiy moliyaviy muammo bo'lib qolmoqda.


Biroq, reytingning eng quyi qismida butunlay boshqacha manzara paydo bo'ladi. Eng past ijara narxi Bangladesh poytaxti Dakkada qayd etilgan, u yerda bir xonali kvartira oyiga atigi 93 dollar turadi. Pokiston poytaxti Islomobodda o'rtacha narx 158 dollardan kam; Lusaka (Zambiya davlati poytaxti) va Misr poytaxti Qohirada 175 dollar; Jazoirda bu 184 dollar; Hindiston poytaxti N'yu-Dehlida esa 185 dollarni tashkil etadi. Bu raqamlar global ijara bozoridagi keskin farqlarni aniq ko'rsatib turibdi. Bir shaharda kvartira oyiga minglab dollar turadi, boshqasida esa deyarli yuz dollarni tashkil etadi. Mutaxassislarning fikricha, bu farq iqtisodiy rivojlanish darajasi, daromadlar, talab va taklif o'rtasidagi muvozanat bilan bog'liq.


Mintaqamizda vaziyat qanday?


Tojikistonning Asia Plus nashri o'tkazgan so'rovga ko'ra, nisbatan arzon narxlar Turkmaniston poytaxti Ashxobodga to'g'ri keladi. U yerda kerakli qulayliklarga ega 40 kvadrat metrlik bir xonali kvartirani o'rtacha 240 dollarga ijaraga olishingiz mumkin. Ashxoboddagi ikki xonali kvartira o'rtacha 320 dollar, uch xonali kvartira esa 410 dollar turadi. Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida bir xonali kvartiraning o'rtacha ijarasi tuman va sharoitga qarab 160 dan 360 dollargacha. Ikki va uch xonali kvartiralar o'rtacha 500 dan 700 dollargachani tashkil etadi. Ostona va Bishkekda nisbatan qimmat narxlar qayd etilgan. U yerda bir xonali kvartira o'rtacha 440 dan 520 dollargacha, ikki xonali kvartira 670 dan 1520 dollargacha, uch xonali kvartira esa 1140 dan 2130 dollargacha turishi aytib o'tilgan. Nashr Toshkentdagi narxlarni ham e'tiborsiz qoldirmagan. Unga ko'ra,bir xonali kvartiraning o'rtacha ijarasi tuman va sharoitga qarab taxminan 420 dollar, ikki xonali kvartira 700 dollar va uch xonali kvartira 1000 dollarni tashkil qilishi aytib o'tilgan. Ammo bu raqamlarni biroz bahsli deya olishga asoslar mavjud. Masalan, Olx platformasidagi e'lonlarga ko'ra, 400 AQSh dollariga Toshkentda bemalol 2 xonalik ijara uy topish mumkin.


Shu o'rinda ijara borasida rasmiy taqdim etilgan bir ma'lumotni kiritib o'tishni joiz deb topdik. Unga ko'ra, poytaxtimizda ijara narxlari ma'lum depsinishdan so'ng, yana ko'tarilib bormoqda. Jumladan, vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2025 yilning sentyabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun taklif etilgan ijara narxlari tahlil qilindi. Mazkur davrda o'rtacha ta'mirlangan xonadonlar uchun taklif qilingan o'rtacha ijara narxlari avgust oyidagiga nisbatan quyidagicha ko'tarilgan.


- 1 xonali: $16 ($318 dan $334 ga);


- 2 xonali: $18 ($394 dan $412 ga);


- 3 xonali: $25 ($477 dan $502 ga);


- 4 xonali: $19 ($537 dan $556 ga). Nisbatan arzon narxlar Sergeli va Uchtepa tumanlariga, qimmat narxlar esa Yakkasaroy va Shayhontohur tumanilariga to'g'ri kelmoqda.


Jahondan farqli ravishda o'zbekistonliklar “ijara – vaqtincha holat, albatta o'zimiz uy olishimiz kerak” degan niyat, fikr va reja bilan yashaydi. Xorijda esa ijarada yashash oddiy holat.


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid