Valyuta UZS
  • USD

    12 149.847.74

  • EUR

    14 003.91-76.07

  • RUB

    151.100.57

+14C

+14C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+14c

  • Hozir

    +14 C

  • 09:00

    +16 C

  • 10:00

    +18 C

  • 11:00

    +19 C

  • 12:00

    +21 C

  • 13:00

    +22 C

  • 14:00

    +23 C

  • 15:00

    +23 C

  • 16:00

    +23 C

  • 17:00

    +23 C

  • 18:00

    +22 C

  • 19:00

    +20 C

  • 20:00

    +18 C

  • 21:00

    +17 C

  • 22:00

    +16 C

  • 23:00

    +15 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 05-April

+14C

  • Hozir

    +14 C

  • 09:00

    +16 C

  • 10:00

    +18 C

  • 11:00

    +19 C

  • 12:00

    +21 C

  • 13:00

    +22 C

  • 14:00

    +23 C

  • 15:00

    +23 C

  • 16:00

    +23 C

  • 17:00

    +23 C

  • 18:00

    +22 C

  • 19:00

    +20 C

  • 20:00

    +18 C

  • 21:00

    +17 C

  • 22:00

    +16 C

  • 23:00

    +15 C

  • Yakshanba, 05

    +14 +20

  • Dushanba, 06

    +15 +20

  • Seshanba, 07

    +15 +20

  • Chorshanba, 08

    +12 +20

  • Payshanba, 09

    +12 +20

  • Juma, 10

    +13 +20

  • Shanba, 11

    +13 +20

  • Yakshanba, 12

    +13 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

O'zbekistonda avtomobil' harakati o'ngda, haydovchi esa chap tarafda. Nega teskari emas?

“Shu ham savolmi? Hammasi oddiyku!”, deyishga shoshilmang. Jahondagi yo'llarning 72 foizi o'ng tomonli, 28 foizi esa chap tomonli yo'llardir. “Shapaqay yo'nalishlar” orasida Hindiston, Pokiston, Indoneziya, Buyuk Britaniya kabi yirik davlatlar ham bor.
925 16:01 | 29.10.2025 16:01

“Bir mazza qilib “inomarka” minay, deya niyat qilgan qo'qonlik Kozim Rahimov auktsionda qatnashib, mashinani sotib oldi. Biroq u Nissan bilan birga boshiga g'alva ham “sotib olganini” mashina eshigini ochgandagina bildi: avtomobilning rul boshqaruvi o'ng tomonda edi” deya yozadi Kun.uz.


Farg'onada Nissan avtomobili bilan bog'liq qiziq holat sodir bo'ldi: auktsion savdolariga chiqarilgan va fuqaro tomonidan sotib olingan mashinani davlat ro'yxatidan o'tkazish rad etilmoqda. Shunki ushbu avtomobilning rul boshqaruvi o'ng tomonda joylashgan. Mashinani 47 mln so'mga sotib olgan Kozim Rahimov esa endi nima qilarini bilmay, boshi qotgan.


Shu o'rinda sarlavhadagi savol tug'ildi: “Shapaqay avtomobillar” harakati: tarix, qarashlar va farqlar qanaqa?


Qator davlatlar O'zbekistonda ham o'ng tomonlama harakat qoidasi amal qiladi. Bunda avtotransportlar yo'lning o'ng tomonidan harakatlanadi, haydovchi o'rindig'i esa avtomobillarning chap tomonida joylashadi. Dunyoning katta qismida o'ng tomon qoidasi amal qiladi. Ma'lumotlarga ko'ra, bunday davlatlarning ulushi 66 foizni tashkil etadi. 34 foiz ulush esa "chapaqay"larga to'g'ri keladi.


Rullar tarixi


Dunyo aholisi ichida chapaqaylar uncha katta guruhni tashkil qilmaydi. Lekin shunga qaramasdan chap tomonlama harakat tarixi uzoq asrlarga borib taqaladi. Tarixiy faktlarga ko'ra, ushbu tarzdagi harakat Qadimgi Rimda ham aniqlangan. Jumladan, miloddan avvalgi 50 yillarda zarb etilgan tangada aks etgan chavandoz tasviridan buni bilib olish mumkin. Unda chavandoz ot mingan holda yo'lning chap tarafida turgani aks etgan.


Zamonaviy chap yo'l harakatining asosiy tashabbuskori Buyuk Britaniya sanaladi. Shu sababdan mazkur qoida Britaniyaning sobiq mustamlakalari orasida keng tarqalgan. Tarixchilarga ko'ra, Britaniyaga mazkur odatni Rim imperiyasi meros qilib qoldirgan.


1756 yilda London ko'prigida chap tomonlama harakatlanish borasida bill (hujjat) qabul qilindi, asr oxirida esa “Yo'l akti” qabul qilindi. Natijada butun Angliya bo'ylab chap qo'l qoidasi amal qila boshladi. Inglizlar chap tomonlama harakatga bir qancha sababni keltirishdi, ularga ko'ra, bunday harakatda tananing faol qismi, ya'ni o'ng tomon ko'proq ishlatiladi, haydovchi o'zining kuchliroq bo'lgan qo'lidan ko'p foydalanadi.


1969 yil britaniyalik injener Jon Jozef Limingga ko'ra, chap tomonlama harakatda o'ngga qaraganda kamroq yo'l-transport hodisalari kuzatilgan.


O'ng tomonlama harakatlanish sababchisi Napoleon


Shap tomonlama harakat xavfsizroq bo'lsa, nega ko'pchilik o'ng tomonni qoida tariqasida qabul qilgan degan savol tug'iladi. Bu mashhur sarkarda Napoleon davriga borib taqaladi. Ma'lumki, Napoleon ingliz davlatini xushlamagan va o'zining ashaddiy raqiblaridan deya bilgan. Shu sababdan frantsuz hukmdori mamlakatda o'ng tomonlama harakatni qoida qilib qo'yadi. Bu Germaniya Shveytsariya, Italiya, Pol'sha va Ispaniyada ham tarqaladi.


Rossiyada ham Pyotr Birinchi davrida harakat o'ng tomonidan bo'lgani tarixiy manbalarda mavjud. Rasman 1752 yilda imperatritsa Yelizaveta Petrovna qaror chiqarib, o'ng tomonlama harakatni qonuniylashtiradi.


Buyuk Britaniyadan mustaqil bo'lgan AQSh ham yangi yo'lni tanlaydi. Ikkinchi jahon urushidan so'ng yapon bosqinchilaridan xalos bo'lgan Koreya ham shunday yo'l tutadi. Bu narsa keyinchalik Xitoyda ham joriy etiladi. Ammo Gongkong va Makaoda hali-hanuz chap taraflama harakat amal qiladi.


Yaponiyada chap tomonlama harakat amalda ekanining bir qancha sabablari bor. Jumladan, yapon samuraylari qilichlarini chap tomonlariga taqib yurishgan, otda yurganda bir-birlariga halaqit bermaslik uchun chap tarafdan harakatlanishgan. Shuningdek, Buyuk Britaniya bilan keng aloqalar ham ta'sir qilgan. 1927 yilda qabul qilingan qonun bilan Yaponiya chap tomonlama harakat uzil-kesil tasdiqlandi.


Shvetsiya o'ng qo'l qoidasini qabul qilib olgan Yevropa qit'asining so'nggi davlati bo'lgan. Shunki uning qo'shnilari shu qoida asosida harakatlanar, bu Shvetsiyaga katta noqulaylik keltirardi. 1967 yil 3 sentyabr, soat 4.50 daqiqa o'tganda barcha ko'chalarda chap tomonlama harakat to'xtadi.


Oradan o'n daqiqa o'tib, 5.00 dan boshlab yangi qoidalar ishga tushdi va internetda mashhur surat aks etgan holat vujudga keldi (unda yangi qoidaga ko'nika olmagan mashinalarning o'zaro to'qnashib ketgani, ko'chalarda haqiqiy xaos paydo bo'lgani tasvirlangan).


O'zbekiston va boshqa MDH davlatlarida o'ng tomon qoidasi amal qiladi. Shap va o'ng tomonlama harakat masalasi temiryo'l transportida ham bor. Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya, Shvetsiyada vagonlar chap tomonlama harakatlanadi. Mashinalar chap tomonlama harakat qiladigan Indoneziyada esa poezdlar aksincha harakat qiladi.


46 ta davlat hanuz “chapaqay”


Yo'l harakati to'g'risidagi vena konventsiyasiga ko'ra, biror mamlakatga vaqtincha kirib kelayotgan avtomobil o'zi ro'yxatdan o'tgan davlatning texnik standartlariga mos kelishi kerak.


Shap tomonlama harakat jahonning 46ta ortiq davlatlarida amal qiladi. Yuqorida aytganimizdek, ular ichida yirik davlatlar ham bor. Bu davlatlarga ish va sayohat yuzasidan borganlar, mazkur qoidaga biroz vaqt ko'nika olmasliklari kuzatiladi.


Shu sababli bunday kishilarga bir qancha tavsiyalar beriladi, jumladan:


– borayotgan davlat yo'l harakati qoidalarini manbalar asosida o'rganing, asosiy tushunchalarni esda saqlab qoling;


– avvalo kattaroq bo'sh maydonda yoki harakatsiz yo'lda mashinani boshqarib ko'ring;


– yo'nalishni avvaldan rejalang;


– oynalar, chiroqlar va boshqa qismlardan foydalanishda ehtiyotkor bo'ling, iloji boricha avval o'zingiz mingan mashina markalarini tanlashga harakat qiling;


– avtomobillarni harakatga keltiruvchi qismlarlarga alohida e'tibor bering, ularni ishlatishni mashq qilib ko'ring.


Qiziq fakt: Ba'zi avtomobillarda (masalan, Britaniya superkarlari Mc Laren F1, Mc Laren Speedtail kabilarda) markaziy haydovchi o'rindig'i mavjud.


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid