O'zbekistonda “Do'stlik” festivali o'tkazilmoqda
Joriy yilning 25-31 iyul' kunlari “O'zbekiston – yagona Vatan!” shiori ostida mamlakatimizda millatlararo totuvlik va do'stlikni targ'ib etishga bag'ishlangan an'anaviy “Do'stlik” festivali bo'lib o'tmoqda.
Festival' doirasida milliy madaniy markazlar pavil'onlari tashkil etilib, ko'p millatli O'zbekistonning boy madaniy merosi keng namoyish qilinmoqda. Shuningdek, “Do'stlik nigohi” nomli fotoko'rgazma, “Ona zamin bag'ridan” hunarmandchilik yarmarkasi, kontsert dasturlari, milliy sport o'yinlari hamda milliy taomlar va liboslar ko'rgazmalari o'tkazilmoqda.
Umummilliy totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlashda alohida xizmat ko'rsatgan 50 nafar vatandoshimiz “Xalqlar do'stligi” ko'krak nishoni bilan mukofotlanishi ko'zda tutilgan.
Festivalda xalqaro tashkilotlar, xorijiy elchixonalar vakillari, mutaxassislar hamda mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan faollar ishtirok etmoqda.
Komila BOYMURODOVA Ishonch.uz
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0