Валюта UZS
  • USD

    12 725.1632.74

  • EUR

    14 507.95-3.29

  • RUB

    158.650.21

+31C

+31C

  • O'z
  • Ўз
Ўзбекистон
  • Сиёсат
  • Спорт
  • Жамият
  • Иқтисод
Хориж
  • Иқтисод
  • Сиёсат
Интервью
  • Маданият ва маърифат
Кутубхона
  • Адабиёт
  • Илмий ишлар
  • Мақолалар
  • Касаба фаоллари учун қўлланмалар
Бошқалар
  • Янги Ўзбекистон суратлари
  • Колумнистлар
  • Архив
  • Ўзбекистон журналистлари

Toshkent Shahar

+31c

  • Hozir

    +31 C

  • 21:00

    +29 C

  • 22:00

    +28 C

  • 23:00

    +27 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Кириш

Toshkent

Toshkent Shahar

Dushanba, 04-August

+31C

  • Hozir

    +31 C

  • 21:00

    +29 C

  • 22:00

    +28 C

  • 23:00

    +27 C

  • Dushanba, 04

    +31 +20

  • Seshanba, 05

    +29 +20

  • Chorshanba, 06

    +29 +20

  • Payshanba, 07

    +30 +20

  • Juma, 08

    +30 +20

  • Shanba, 09

    +31 +20

  • Yakshanba, 10

    +31 +20

  • Dushanba, 11

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Mitti daho: sakkiz yasharligida NASA'da ishlagan bola

Бу болакай ўз вақтида “сайёранинг энг ақлли одами” деб ҳам аталганди. Вундеркинд Ким Ун Ён икки ёшида тўртта тилни билган, биринчи китобини уч ёшида ёзган ва беш яшарлигида омма олдида маърузалар ўқиган. Жанубий кореялик бола 8 баҳорни қаршилаган даврида бошлаб NASA`да ҳам ишлаган. Аммо у ҳам кўпчилик вундеркиндлар каби улғая боргач, фаолияти сўна бошлади. Вояга етганида эса ҳаёти бутунлай ўзгариб кетди.
161 10:16 | 03.08.2025 10:16

Bu bolakay o'z vaqtida “sayyoraning eng aqlli odami” deb ham atalgandi. Vunderkind Kim Un Yon ikki yoshida to'rtta tilni bilgan, birinchi kitobini uch yoshida yozgan va besh yasharligida omma oldida ma'ruzalar o'qigan. Janubiy koreyalik bola 8 bahorni qarshilagan davrida boshlab NASA'da ham ishlagan. Ammo u ham ko'pchilik vunderkindlar kabi ulg'aya borgach, faoliyati so'na boshladi. Voyaga yetganida esa hayoti butunlay o'zgarib ketdi.


Xalqimizda olmaning tagiga olma tushadi degan ibora bor. Bo'lajak mitti daho 1962 yil 8 martda ziyoli muhitda, universitet o'qituvchilari oilasida tug'ilgandi. Uning otasi Kim Su Son Xanyang universitetida fizika professori, onasi Yu Myung Xyun esa Seul milliy universitetida tibbiyot talabalariga dars o'tgan. Boshidanoq Kim Un Yon tengdoshlaridan ajralib turardi. Misol uchun, u tug'ilgandan keyin uch oydan kamroq vaqt o'tgach, taxminan 80 kundan keyin yura boshladi. Yuz kundan keyin uning 19 tishi bor edi: bolalarni tarbiyalagan har bir kishi bu qanchalik erta rivojlanish ekanligini tushunadi. 4 oyligida mo''jizaviy bola o'z ona tilida gapira boshladi va 6 oyligida u ota-onasi bilan ishonchli tarzda muloqot qildi. Shu bilan birga, uning ota-onasi maxsus rivojlanish dasturlari, nutq, xotira va intellektni o'rgatish orqali u bilan alohida shug'ullanmaganliklarini da'vo qilishgan.


— Bolamning uxlash vaqti bo'lsa-da, o'z belanchagida o'tirganini ko'rdim. Men uni silab, o'pdim va ustiga ko'rpani yopdim. Qaytayotganda eshik oldida noodatiy tovushlarni eshitdim – ortga qaytdim va u men bilan gaplashmoqchi ekanligini tushundim! — deya hikoya qiladi chaqaloqning onasi. Yosh iste'dod shu tarzda birinchi so'zlarini talaffuz qilgandi. Voqeadan bir necha hafta o'tgach, bola o'qiy boshladi. 2 yoshida u allaqachon to'rtta tilni o'rganib oldi: koreys, yapon, nemis va ingliz. Keyin u vI asrda yaratilgan, 1000 xil ierogliflardan iborat bo'lgan “Ming belgi”ni o'rgandi.


Uch yoshida bola allaqachon matematik masalalarni qanday yechishni bilar edi. Shu bilan birga, ota-onasi uning ingliz va nemis tillarida xattotlik va o'z rasmlari bilan 247 betlik insholar to'plamini nashr ettirdilar. To'plam bestseller va noyob kitobga aylandi. 5 yoshida Un Yon allaqachon differentsial tenglamalarni tushungan. Insho yozib, o'sha yili Los-Anjelesdagi Grant o'rta maktabiga imtihonlardan o'tdi va u haqida Look jurnalida maqola chop etildi.


Maqoladan keyin u maktabdan xat oldi va u hech qanday imtiyozlarsiz testlardan o'tib, o'qishga kirishga muvaffaq bo'ldi. O'sha paytda u hali Amerikaga ko'chib o'tish haqida o'ylamagan edi: ammo otasi uni Xanyang universitetida fizika bo'yicha ma'ruzalariga olib bora boshladi. Bola universitetda vaqt o'tkazishni yaxshi ko'rardi, chunki u uyda o'tirganda izlanuvchan olim va o'qituvchi otasini deyarli ko'rmasdi. Besh yoshida Kim Yaponiyaning Fuji televideniesiga chiqishga taklif qilindi va u yerda murakkab differentsial va integral tenglamalarni yechish orqali tomoshabinlarni hayratga soldi. Uning bolaligida ketma-ket bir nechta bunday teleko'rsatuvlar suratgan olingan. “Men yolg'iz edim. Hech kim mening do'stim emas edi. Ko'rsatuvlardan keyin men sport bilan shug'ullanardim yoki o'zim yoqtirgan narsa bilan vaqt o'tkazishim mumkin edi, lekin menga hamrohlik qiladigan hech kim yo'q edi, hamma kattalar edi va u yerda bolaga joy yo'q edi”, - deb keyin afsus bilan eslaydi vunderkind bola.


Lekin baribir Yaponiya televideniesidagi chiqishlari unga dastlab Osiyoda, keyin esa butun dunyoda shon-sharaf keltirdi.


8 yoshida Kim Un Yon kelajakda kosmik sohada ishlash niyatida AQShning Kolorado universitetiga yadro fizikasi bo'yicha o'qishga taklif qilindi. Kuzatuvchilarning ta'kidlashicha, kichkina daho Shtatlarga kelishdan oldin faqat Yaponiya televideniesidagi chiqishlari uchun uyini tark etgan edi. Un Yon 8 yoshdan 16 yoshgacha NASA'da o'qigan va ishlagan, koinotga raketalarni uchirish uchun zarur bo'lgan yoqilg'i miqdorini hisoblab chiqqan. U bilan mashg'ulotlarda qatnashgan talabalar nafaqat o'zidan katta, balki o'zga davlat va madaniyat vakillari ham edi. Kimning xotiralariga ko'ra, uni qo'rqitishmagan, lekin ular bola bilan ham deyarli muloqot qilishmagan. O'zining kamdan-kam bo'sh soatlarida bola o'zini xattotlik bilan chalg'itdi, chizdi, o'qidi, lekin ko'ngilochar narsalarga deyarli vaqt sarflamasdi.


– Men robot kabi yashardim. Ertalab turaman, tenglamalar yechaman, ovqatlanaman, ertasi kuni esa hammasi boshidan takrorlanardi – Kim o'z hayotining Amerikada kechgan davri xotiralari haqida shunday fikr bildirgandi.1977 yilda, Kim 14 yoshda bo'lganida, uning IQ darajasi sinovdan o'tkazildi va natijalarga ko'ra, u 210 ball bilan sayyoradagi eng aqlli odam sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Taqqoslash uchun, Stiven Xokingning IQ darajasi 160 ga teng bo'lgan. Biroq, 1982 yilda Kitob tashkilotchilari IQ tekshirish tizimini va mezonlarini o'zgartirishga qaror qilishdi va 1989 yilda ular bunday yozuvlarni yozishni butunlay to'xtatdilar. Nomzodlar turli tizimlardan ma'lumotlar orqali kelganligi sababli, “kim eng aqlli” ekanini ob'ektiv o'lchash juda qiyin bo'lib chiqdi va qiyosiy testlar vaqti-vaqti bilan har xil natijalarni ko'rsatdi.


O'n sakkiz yoshga to'lishi arafasida Kim Un Yon to'satdan NASA tashkilotini tark etishga va AQShdan Janubiy Koreyaga qaytishga qaror qildi. O'shanda u bu qarorga batafsil izoh bermagan. Keyinchalik, vunderkind bola OAVga bun qarorga sabablar ta'sir qilganini aytdi: charchash, uyni sog'inish va uning ishi foydali ekanligiga ishonchi komil emasligi va deyarli hech qanday natija ko'rmaganligi. Kim Un Yon vataniga kelgach, 18 yoshli hech qanday ma'lumotga ega bo'lmagan yigitga aylanib qoldi. Koreyada ishlash uchun u shon-shuhratdan qat'i nazar, o'qishni tugatganligi to'g'risidagi sertifikatlarni olishi kerak edi. Avvaliga u Seulda qolishni xohladi, lekin u imtihonlardan o'ta olmay, o'zini ommaviy axborot vositalaridagi sarlavhalar markazidan topdi: ular tinimsiz “Dahoga nima bo'lganini qarang” deya yozardi. Yigitning 10 yil davomida boshqa davlatda yashaganini, boshqa tilda gaplashganini va qaytib kelgach, darhol barcha sinovlarni tayyorlanmasdan, talaba sifatida topshirishga harakat qilganini hech kim hisobga olmadi. O'zini yo'qotgan Kim Un Yon Сhungbuk provintsiyasidagi Сheongju shahriga yo'l oldi.


Сhungbuk viloyatida u ikki yil ichida boshlang'ich, o'rta va oliy ta'limni tamomlagan. Kimning so'zlariga ko'ra, bu uning hayotidagi eng qiziqarli davr bo'lgan. Yigit shaharda do'stlar orttirdi, sportga, sayrga, ijodga ko'p vaqt ajratdi. Keyin Kim Сhungbuk Milliy universitetiga o'qishga kirdi, u yerda qurilish muhandisligi bo'yicha tahsil oldi va PhD darajasiga erishdi. O'qishni tamomlagach, u darhol viloyatni rivojlantirish va obodonlashtirish bilan shug'ullanuvchi Chungbuk Development Corporation kompaniyasiga dizayner bo'lib ishga kirdi.


Boshida qaynoq o'tgan umr shuvillab ketaverdi. Nihoyat tinchlik va oddiy sohada qo'nim topdi – 2014 yilda esa Kyongi provintsiyasidagi Shinxan universiteti professori va Shimoliy Kyongi taraqqiyot tadqiqot markazi vitse-prezidenti bo'ldi. 51 yoshga kelib, nihoyat u oddiy odamga aylanib qoldi.


Janubiy Koreyada ko'pchilik Kim Un Yonni adashgan daho, umidlarni oqlay olmagan vunderkind bola deb ataydi. Ammo o'z orzularini emas, balki birovning orzularini ro'yobga chiqarishga harakat qilish aql-zakovat belgisi emas, deydi professor Kim. U hozirda matbuotga kam ko'rinadi, hatto o'z oilasi haqidagi ma'lumotlarni ham sir tutib keladi.


Lekin ma'lumotlarga ko'ra, uning ikki nafar o'g'li bor. Ular otalari kabi yulduzli bolalikni boshdan kechirmagan va aftidan Kimning o'zi ham shuni istagan bo'lishi mumkin.


Abror Zohidov


Изоҳ қолдириш
Жўнатиш
Mақолага баҳо беринг
0/5

0

0

0

0

0

Mақолага баҳо беринг
0/5

0

0

0

0

0

Мавзуга оид