Aka-ukalar bir joyda ishlasa, moddiy yordam kimga beriladi?
– Tumanimizda ayrim maktablarda aka-uka, singil yoki opa-singil, uka bitta ta'lim dargohida ishlash holatlari uchraydi. Shunday holatlar bo'ladiki, ularning yaqinlari, masalan, otasi yoki onasi vafot etganda moddiy yordam kimga berilishi kerak, degan bahsli savol tug'ilmoqda. Ayrim hollarda ularning har biri olishi kerak, deyilsa, ayrim maktablarda ularning faqatgina bittasiga berilmoqda. Aslida qaysi biri to'g'ri?
Hamid Xojiqulov, Ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi
Dehqonobod tuman kengashi raisi
Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi yuristi
Jahongir ALIJONOv javob berdi:
— Bitta maktabda ikki yoki uch nafar aka-uka, opa-singil — tug'ishgan qarindoshlar ishlash holatlari uchrab turadi. Bunda qonun ularning otasi yoki onasi vafot etganda har biriga alohida-alohida moddiy yordam berishni belgilab qo'ygan. Demak, bir joyda mehnat qilayotgan aka-uka, singil uchalasi ham moddiy yordam olishi mumkin.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0