O'zbekistonda millionlar hayoti xavf ostida: 38 ming uy qurilish talabiga javob bermaydi
2018-2019 yillardan buyon O'zbekistonda 38 ming xonadonli ko'p qavatli uy noqonuniy qurilgani ma'lum bo'ldi. Bu haqda qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov tadbirkorlar ishtirokidagi ochiq muloqotda ma'lum qildi.
vazir ta'kidicha, noqonuniy qurilgan uylar bir nechta holatlarda qonun buzilgan:
- Erga ruxsat olinmagan holda, hokim qarori bo'lmay qurilgan;
- Arxitektura shaharsozlik kengashidan o'tkazilmagan;
- Loyiha litsenziya va davlat ekspertizasidan o'tmagan.
Sherzod Hidoyatovning so'zlariga ko'ra, davlatning asosiy vazifasi — insonlar xavfsizligini ta'minlash. Shuning uchun barcha noqonuniy binolar texnik ko'rikdan o'tkaziladi, malakali konstruktorlar va loyiha institutlari ishtirokida barcha masalalar ko'rib chiqiladi va qonuniy qaror qabul qilinadi.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0