Direktorlar nega bayramda mukofot puli olmagan?
Ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasining Konimex tuman kengashi raisi Otabek Sodiqov "ishonch.uz"ga 1 oktyabr' – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan ko'pchilik direktorlar, pedagog-xodimlar 75 foizgacha olishi mumkin bo'lgan mukofot pulini ololmaganini, buning sababi ular o'zini- o'zi mukofotlash haqida buyruq chiqarolmaganini bildirdi
O'rganishlarimizda bu muammo boshqa tumanlarda ham kuzatilgani ma'lum bo'ldi. Shuning uchun ayni masalaning yechimi qanday bo'lishi bilan qiziqib, Ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi bosh mutaxassisi Lazokat Turikovaga murojaat qildik.
–Mukofot pulini belgilash uchun maktabda maxsus komissiya tuziladi, – deydi Lazokat Turikova. –Uning raisi direktor bo'ladi. Ammo direktorni ham mukofotlash masalasini ko'rib chiqayotganda, u qatnashmaydi (o'zining masalasi ko'rilayotgani uchun, o'sha payti chiqib turadi) va mukofotlash to'g'risida ishchi guruh xulosa chiqaradi. Xulosaga direktor bo'ysunishga majburligini nazarda tutsak, bu holatda ham u ishchi guruh xulosasiga qo'shiladi. Buyruq chiqaradi. Ya'ni, unda mukofotlanadigan xodimlar ro'yxati yozilgan hujjatda direktorning ham ismi sharifi ko'rsatiladi va shu tariqa direktor ham bayram puli oladi.
Eslatib o'tamiz, 1 oktyabr' – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan pedagoglar Direktor jamg'armasi mablag'lari hisobidan 75 foizgacha mukofotlanishi mumkin. Mukofotlash miqdori 2025 yilgacha 50 foizni tashkil etgan. Joriy yildan e'tiboran bu ko'rsatkich 75 foizga oshirildi.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0