Valyuta UZS
  • USD

    12 653.48-109.05

  • EUR

    14 871.64-106.47

  • RUB

    159.75-2.91

+25C

+25C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+25c

  • Hozir

    +25 C

  • 07:00

    +25 C

  • 08:00

    +26 C

  • 09:00

    +28 C

  • 10:00

    +30 C

  • 11:00

    +32 C

  • 12:00

    +33 C

  • 13:00

    +34 C

  • 14:00

    +35 C

  • 15:00

    +35 C

  • 16:00

    +35 C

  • 17:00

    +35 C

  • 18:00

    +34 C

  • 19:00

    +33 C

  • 20:00

    +30 C

  • 21:00

    +29 C

  • 22:00

    +28 C

  • 23:00

    +27 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 27-July

+25C

  • Hozir

    +25 C

  • 07:00

    +25 C

  • 08:00

    +26 C

  • 09:00

    +28 C

  • 10:00

    +30 C

  • 11:00

    +32 C

  • 12:00

    +33 C

  • 13:00

    +34 C

  • 14:00

    +35 C

  • 15:00

    +35 C

  • 16:00

    +35 C

  • 17:00

    +35 C

  • 18:00

    +34 C

  • 19:00

    +33 C

  • 20:00

    +30 C

  • 21:00

    +29 C

  • 22:00

    +28 C

  • 23:00

    +27 C

  • Yakshanba, 27

    +25 +20

  • Dushanba, 28

    +22 +20

  • Seshanba, 29

    +19 +20

  • Chorshanba, 30

    +21 +20

  • Payshanba, 31

    +21 +20

  • Juma, 01

    +22 +20

  • Shanba, 02

    +21 +20

  • Yakshanba, 03

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Betmen va Jokerga talpinayotgan bolalar: Ulardan nima kutamiz?

Bolaligimda katta enamdan «Bor ekan-da, yo'q ekan, och ekan-da, to'q ekan. Bo'ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan. Qarg'a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan», deya boshlanadigan ertakni ko'p va xo'p eshitganman. Har safar uni xuddi birinchi marta tinglayotgandek, jon qulog'im bilan eshitardim. Ayniqsa, enamning aytish uslubi, ohangi meni mo''jizaviy olamga olib kirardi.
136 19:37 | 26.07.2025 19:37

Ha, u davrlarning gashti, zavqi o'zgacha edi. Attang, hozirgi bolalar bundan bebahra. Aksariyati umuman ertak nimaligini ham bilmasa kerak... Telefon, planshet ularning asosiy ovunchog'iga aylangan. Oqibatda dilbandlarimiz ajnabiy qahramonlarga havas va taqlid qilib ulg'aymoqda.


«Katta bo'lsam, «O'rgimchak odam» bo'laman!»


Bir kuni avtobusda 6 yoshli bolakayning harakatlari e'tiborimni tortdi. O'zini xuddi «O'rgimchak odam»dek tutardi. Mendan boshqa hech kim unga ortiqcha e'tibor bermasdi. Hatto onasining ham parvoyi falak. Bolakayni so'roqqa tutdim, u esa g'urur bilan «Katta bo'lsam,«O'rgimchak odam» bo'laman!» dedi.


Aslida bu fojia. Tasavvur qilayapsizmi, minglab bolalar ongini g'arbning to'qima qahramonlari egallab olgan. Afsuski, shu paytgacha «Alpomishga, Shiroqqa, Jaloliddin Manguberdiga o'xshagim keladi», degan o'g'lonni uchratmadim. Bordi-yu sizning farzandingiz yoki nabirangiz milliy qahramonlarimizdek bo'lish istagi bilan ulg'ayayotgan bo'lsa, tabrigimni qabul qiling. Sizga juda havasdaman.


Yosh avlodni kitobxon bo'lishiga ko'p da'vat qilamiz, bong uramiz. Ammo o'z farzandimiz bilan ishimiz yo'q. Go'yoki uni moddiy ta'minlab qo'ysak, kifoyadek. Shu bois to'rt so'mni o'n so'm qilish ilinjida yelib-yuguramiz. Сhoyxona, gap, ulfatchilikdan beri kelmaymiz. Boshqalar uchun istagancha vaqt topamiz, yengil-elpi hoyu havaslar ortidan o'pkamizni qo'ltiqlab chopamiz. Ammo uyimizda Betmen, Jokerlar voyaga yotayotgani bilan ishimiz yo'q.


«Dadam uyda yo'q, degin»


«Kalila va Dimna» asarida uch ming yil avvalgi bir xavotir keltiriladi: «Yoshlar tarbiyasi aynib ketdi, bu ketishda dunyo hademay buzilib ketadi...». Buyuk Gerodot Misr ehromlaridagi yozuvlarni o'qib, ularni kelajak avlodlarga qoldirib ketgan: «Yoshlar buzilib ketdi. Nima qilish kerak?».


Qars ikki qo'ldan chiqadi. Demak, bolaga to'g'ri tarbiya berish ham, uni yo'ldan ozdirish ham o'zimizning qo'limizda. Aslida biz kattalar ularga quruq pand-nasihat berish o'rniga ko'proq o'rnak bo'lganimiz ma'qul. Zero, qush uyasida ko'rganini qiladi. Shunday ekan, har bir harakatimizga, so'zimizga jiddiy e'tibor berishimiz kerak. Ayniqsa, ularni har qanday holatda yolg'ondan uzoq tutish zarur. «Dadam uyda yo'q, degin», «Dadam uxlayapti, deb ayt», kabi aldovlarning ta'mini tottirmasligimiz joiz.


Tasavvur qiling, agar bola voyaga yetgunga qadar mana shunday yolg'onlar orasida ulg'aysa, ertaga u jamiyat uchun katta xavfga aylanadi. Vatan uchun munosib shaxsni tarbiyalab, kamolga yetkazish asosiy maqsadimiz bo'lishi shart.


Yana bir gap. Ota yoki ona bog'chadan har kuni kechqurun farzandlarini olib keladi. Yo'l-yo'lakay o'g'li yoki qizidan kun davomida nima ovqat yeganini so'raydi. Kamdan-kam ota-onalargina bolalari bugun qanday she'r yodlagani, boshqa bolalar bilan urishmagani, o'zini yaxshi tutgani bilan qiziqadi. Ha, do'ppini boshdan olib qo'yib o'ylaydigan vaqt keldi, menimcha.


Vaqt juda tez o'tyapti. Ertaga bugunni topib bo'lmaydi. Xash-pash deguncha farzandimizning bo'yi cho'zilib, bizga tenglashib qoladi. Shuning uchun har bir daqiqadan unumli foydalanish zarur. Bolalarimiz mas'uliyatli va vatanparvar bo'lib ­ulg'ayishida esa milliy ertaklarning ahamiyati juda katta.


Umid XUDOYQULOV


«ISHONCH»


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid