Valyuta UZS
  • USD

    12 653.48-109.05

  • EUR

    14 871.64-106.47

  • RUB

    159.75-2.91

+31C

+31C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+31c

  • Hozir

    +31 C

  • 21:00

    +29 C

  • 22:00

    +28 C

  • 23:00

    +27 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 26-July

+31C

  • Hozir

    +31 C

  • 21:00

    +29 C

  • 22:00

    +28 C

  • 23:00

    +27 C

  • Shanba, 26

    +31 +20

  • Yakshanba, 27

    +29 +20

  • Dushanba, 28

    +29 +20

  • Seshanba, 29

    +29 +20

  • Chorshanba, 30

    +29 +20

  • Payshanba, 31

    +27 +20

  • Juma, 01

    +29 +20

  • Shanba, 02

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

O'zbek ayoli

Ko'zimni ochib, avval ko'rganim xira shift bo'ldi. Sal fursat o'tib, sahni biroz yorishib, odmigina, sarg'ich oq tusli notanish manzara namoyonlashdi. O'rtasiga oq shnurga boylangan xira lampochka osilgan. Hayron bo'ldim: qaerdaman? Bunaqa shiftli uyimiz yo'q edi-ku!
Jamiyat
255 12:06 | 24.07.2025 12:06

Muhammad Bobur domlaning hikoyasi davradagi ko'pchilikni entiktirdi:


— Bilasiz, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan yengil mashinalar xorijning «mana mani»dan qolishmaydi. Tulpordan ko'rkam, shamoldan tez, ko'shkdan shinam. Mashinalarimiz faxrimiz bo'lib qoldi.


Tanishlarimizdan biri ham haloldan mo'l topib, «Malibu» olibdi. Buyursin, bu kishi mashinaga, mashina unga yarashadi. O'zi andak keksaygan bo'lsa-da, ko'ngil yosh. Shu odam deng, ayolini yoniga olib, safarga chiqibdi. Yo'llar kaftdek ravon, moshin yangi, kayfiyat a'loligidan, qolaversa, «Moskvich»ning gaziga oyog'i o'rganganidan tezlikni sal oshirganini bilmay qolibdi. Bir vaqt bundoq ekranga nazar solsa, 150!


Xullas, zavqi kelib, yo'lni xoli bilib ketayotsa, ittifoqo, ko'zi orqa o'rindiqda o'tirgan ­ayoliga tushibdi. U qanotlarini jiyirgan musichaday, tutqichga mahkam tarmashib, yig'lab borayotgan emish. Tanishimiz taajjublanib, mashinani to'xtatib so'rabdi:


— Hoy onasi, senga nima bo'ldi. Tinchlikmi?


Ayoli chorsisi bilan yuz-ko'zini artib, shikas­ta tovushda debdi:


— Hech narsa bo'lgani yo'q, dadajonisi. ­Xayolimga yomon bir gumon kelib, shuni zarbiga yig'lab yubordim.


— Nima ekan, u gumon?


— Moshiningiz shamoldan tez ketyapti. Ko'zim yon-atrofni bir ilg'ab, bir ilg'amayotir. Bu tezlikda, Xudo asrasin bir falokat bo'lsa-yu, men o'lib qolsam... Bu yoshingizda xizmatingizni kim qiladi? Kelin o'z nomi bilan kelin... Qizning uyi esa boshqa... Shunga yig'layapman.


Tanishim aytadi: «Bu gapni tinglab o'zimni o'zim koyidim. Agarda ayolim «Siz o'lib qolsangiz, keksayganimda men nima qilaman?» desa, bu gapi manovisidan yashin bo'lmasmidi? Topib ayt­gan gapiga qarang-a! Bular nima aytsa, rost aytadi, so'zida yolg'oni yo'q. Og'ayni, bu o'zbek ayolining ko'pini boshidan suv o'girib ichsang ham kam ekan!».


Shunday azizlar, o'zbekning ayoli bu — o'zbek ayoli! Bu haqiqatga shahrimizning markaziy shifoxonalaridan birida yana bir bor ishonch hosil qildim.


Ko'zimni ochib, avval ko'rganim xira shift bo'ldi. Sal fursat o'tib, sahni biroz yorishib, odmigina, sarg'ich oq tusli notanish manzara namoyonlashdi. O'rtasiga oq shnurga boylangan xira lampochka osilgan. Hayron bo'ldim: qaerdaman? Bunaqa shiftli uyimiz yo'q edi-ku!


Yonimga o'girilmoqchi edim, eplay olmadim. Qo'l-oyog'im bemajol edi, shoshib ko'z qirim bilan alangladim: atrofimda umrimda ko'rmagan qandaydir apparatlar, yurak tebranishini ko'rsatuvchi ekran, soatga o'xshab chiqqillab turgan yana nimalardir... Xona dori hididan dimiqqan.


Shu payt akfa eshik yengilgina ochilib, oq xalatli ikki kishi kirib keldi. Endi angladim: shifoxonada ekanman. Xayolim tiniqlashib, xotirlay boshladim. Xasta yuragimni operatsiya qildirgani shifoxonaga kelganim yodimga tushdi. Demak, operatsiyadan keyin yotqiziladigan maxsus joyda ekanman. Shifokorlarning ko'ngilni ko'taruvchi so'zlari quvvat bo'ldimi, biroz jonlandim. Ammo lanj va karaxt edim. Buni narkoz ta'siri deb bilib, hammasi uchun shukur qildim. Daqiqalar sayin dadillashayotganimni his eta boshladim. Bo'ynimni bemalol qayirib, atrof­­ga qarashga kuchim yetdi. Mendan sal narida yana bir bemor yotar edi, uyg'oqmi yo uxlayaptimi, bilib bo'lmaydi. Kuchimni to'plab unga salom bersam, indamadi, yo narkozda, yo uyquda degan xayolga bordim.


Ertasi kuni ancha tiniqlashdim, ayolim, bolalarimni ko'rib ko'nglim ko'tarildi. Meni rea­nimatsiyadan boshqa palataga ko'chirishdi. Qayta-qayta shukur qildim, yuragim ochilgani chin edi. Yonimdagi hamxonam og'irroq bo'lgan shekilli, ikki kundan so'ng qarshimizdagi alohida palataga o'tkazildi. Hol so'ragani kirdim, tanib suyundi.


Bir kun o'tib, u yotgan palata eshigi oldidagi holat beixtiyor e'tiborimni tortdi. Vrachlar xonaga kirmay tashqarida bezovtaroq turishar, yonlarida og'ir kasallarga mo'ljallangan g'ildirakli aravacha ham bor edi. Ichkaridan kelayotgan g'o'ng'ir-g'o'ng'ir tovushni tanishlarimdan kimnikigadir o'xshatsam-da, yaqinroq borib bilishimga eshik yonida turganlar izn berishmadi. Davolovchi vrachim joyimda xotirjam yotishim zarurligini eslatdi. Ammo «tanish tovush»ni poylab turdim. Alqissa, u tanish psixolog ukaxonim bo'lib, bu yerdaligimni bilar ekan shekilli, hol so'rashga o'zi kirib keldi.


Gap mavridi kelib, so'radim:


— U kishi ham tanishlaringizdan ekan-da?


— Yo'q, kuyovi qadrdonim.


— Ishqilib, tinchlikmi? Vrachlar...


Ukaxonim ozroq tin olgan bo'lib, yaltirab turgan boshidagi sanoqligina soch tolalarini ohista-ohista silagan holda gap boshladi:


— Umrlaringiz uzoq bo'lsin, yaqinda siz kabi u kishining ham yuragini operatsiya qilishgan ekan.Taqdirni qarangki, ayoli bu kishini operatsiyaga kuzatib, uyiga so'libgina kirib boribdi va o'sha kech omonatini topshiribdi. Aytishlaricha, erini o'ylab ko'p siqilgan ekan...


Og'ir yotgan bemorga sovuq xabarni dabdurust­dan yetkazish yana bir musibatga sabab bo'lishi mumkin degan gumonda kuyovi emranib, shu vazifani men bajarishimni iltimos qildi.


«Ha» yoki «yo'q» deyolmay, ozroq muhlat so'radim va shogirdim bo'lgan bir ruhoniy yigitga maslahat soldim, chunki bunday vaziyatga hali duch kelmagan edim. Xullas, u aytib bergan bir rivoyatdan ko'chirma bilan huzuriga kirdim. O'zimni kuyovining qadrdoni sifatida tanitib, hol-ahvol so'ragan bo'ldim. Suhbatimiz dard ham, shifo ham Yaratgandan ekani, «bemor emas, kuni bitgan» vafot etishi xususida bo'ldi. Fikrli, shukrli inson ekan. Paytini topib dedim:


— Nozik bir xabarim ham bor, sizga shuni yetkazishdan oldin o'zim eshitgan bir rivoyatni aytib bersam... Qadimda bir oqil va dono inson o'tgan ekan. Peshonasida yolg'iz farzandi bor ekan. Turmush tashvishlari bilan uzoqroq muddat safarga ketibdi. Soppa-sog' yurgan bolasi bir kechada kasallanib, olamdan o'tibdi. Qaytib kelganida bu xabarni yetkazishga yaqinlaridan hech kim jur'at etolmabdi. Shunda ayoli «Bolani so'rab qolarlar» degan gumonda salom-alikdan so'ng ko'nglini tosh qilib, so'z boshlabdi:


— Dadajonisi, sizga avval bir savol, ortidan bir xabar tayyorlab turgan edim.


— Bahay, ayting.


— Agar bir kishidan qarzimiz bo'lib, u siz yo'qligingizda omonatini so'rab kelsa va shu narsa bizda bo'lsa, topshirganimni ma'qul bilarmidingiz?


— Albatta, onajonisi, qarz bilan jonni berib qutulamiz.


— To'ram, shunday bo'ldi, bir jonni berdik!.. Ya'ni yolg'iz farzandimizni…


Gap shu yerga kelganida bemorni hayajon bosdi, titragan bemajol qo'llari bilan ustidagi yopinchiqni ko'ksidan surib, kosasidan chiqay deb turgan ko'zlarini diqqat bilan menga tikdi:


— Kim?


— O'zingizni qo'lga oling, erkak kishisiz…


— Kim, aytsang-chi?..


— Allohning irodasi ekan, ayolingiz…


— Ayolim?... Nega, unga nima bo'ldi? Soppa-sog' odam... Adashmadingizmi? Kuyovimning o'zi qani?


Ostonada turgan kuyovi shoshmasdan, bosh irg'adi va shikasta tovushda:


— Sabr bersin, dadajon, bandalik, — dedi.


Bemor o'zini yo'qotmadi, ammo toshdek qotib qoldi. So'ng chuqur xo'rsindi-da, yig'lab roz ayta boshladi:


— Rozi bo'l, onajonisi, dardimni senga yuklab­man. Operatsiyaga kirarimda aytgan so'zlarim nodonlik bo'libdi. Roziligingni so'rab, so'z ochganimda, gapirgani qo'ymay «Dadasi, bemor emas, ajali yetgan o'ladi. Sovuq nafas qilmang, sizdan oldin ketsam-chi», deganingni dalda deb bilibman. Mendan xavfsirab, o'rnimga... Evoh, men notavon loaqal tobutingni ko'tarishga yaramabman-a! Sendan roziman, sen ham mendan rozi bo'l, onajonisi...


So'ngra u tovush chiqarmay, uzoq yig'ladi. O'zini yo'qotmay, dardli yig'ladi. Ikki ko'zidan sizib chiqqan yoshlar bo'yniga oqib, selob bo'lib yig'ladi. Men dosh berolmay, bilaklarini bir siqdim-da, tashqari chiqdim. Shifokorlarga ham ehtiyoj bo'lmadi. Sof muhabbatli ekan, ko'z yoshlarida qizillik borday edi…


Suyundik Mustafo NUROTOIY,
O'zbekiston Yozuvchilar
uyushmasi a'zosi



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 4622 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat