Valyuta UZS
  • USD

    12 437.1562.6

  • EUR

    14 480.5755.56

  • RUB

    153.340.21

+32C

+32C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+32c

  • Hozir

    +32 C

  • 13:00

    +34 C

  • 14:00

    +35 C

  • 15:00

    +35 C

  • 16:00

    +34 C

  • 17:00

    +33 C

  • 18:00

    +31 C

  • 19:00

    +28 C

  • 20:00

    +26 C

  • 21:00

    +25 C

  • 22:00

    +24 C

  • 23:00

    +23 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 05-September

+32C

  • Hozir

    +32 C

  • 13:00

    +34 C

  • 14:00

    +35 C

  • 15:00

    +35 C

  • 16:00

    +34 C

  • 17:00

    +33 C

  • 18:00

    +31 C

  • 19:00

    +28 C

  • 20:00

    +26 C

  • 21:00

    +25 C

  • 22:00

    +24 C

  • 23:00

    +23 C

  • Juma, 05

    +32 +20

  • Shanba, 06

    +32 +20

  • Yakshanba, 07

    +31 +20

  • Dushanba, 08

    +29 +20

  • Seshanba, 09

    +30 +20

  • Chorshanba, 10

    +28 +20

  • Payshanba, 11

    +27 +20

  • Juma, 12

    +22 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Sayyoraning “o'pkasi” xavf ostida: Amazonka o'rmonlari yo'qolib ketishi mumkin

Bugun iqlim o'zgarishi eng yirik muammolardan biriga aylandi. Tilimizga “anomal issiq” atamasi kirib keldi va keng qo'llanila boshlandi. O'zbekiston hududida uzoq va davomli issiqlar kuzatilmoqda. Albatta, bu faqat bizning muammmomiz emas.
Ҳодиса
775 11:35 | 27.07.2025 11:35

Ekologik muammolar butun Yer shariga oid va ular zanjir kabi bog'langan. Masalan, sayyoradagi eng katta tropik o'rmon sanalgan Amazonka sarhadlari katta xavf ostida turibdi. Uning halokati muvozanatsizlashib borayotgan ekosistemani yanada og'ir ahvolga olib kelishi shubhasiz.


Janubiy Amerika materigining salmoqli qismini egallagan Amazonka o'rmonlari haqiqiy ekologik xazina hisoblanadi. Qariyb 5,5 mln. kvadrat kilometrni egallagan poyonsiz o'rmonlar hatto Hindiston hududidan ancha kattadir. Amazonka daryosi havzasida shakllangan tropik va seryog'in o'rmonlar “Erning o'pkasi” nomini olgan va ayrim manbalarda sayyoraning 20 foiz kislorodini ishlab chiqaradi degan ma'lumotlar mavjud.


Amazonka o'rmonlaridek yovvoyi va tabiiy muhitni bugun insoniyatning tabiatga aralashuvi keskin kuchaygan davrda topish juda qiyin. O'rmonlar olti davlat (Braziliya, Venesuela, Ekvador, Kolumbiya, Boliviya va Peru) hududida joylashgan. Hududning mutlaq katta qismi Braziliya hissasiga to'g'ri keladi. Amazonka dunyodagi jamiki tropik o'rmonlarning yarmiga egalik qiladi. Raqamlarga e'tibor bering: 40 mingdan oshiq o'simlik turlari, 3 mingdan oshiq baliq, 387ta sudralib yuruvchilar va 16 mingdan ortiq daraxt turlari uchraydi.


Ammo bu go'zallik va turfa xillilik ichiga insonlar uchun katta xavf va azobli o'lim yashiringan. Ayrim zaharli majudotlar hatto odamni til tortmay o'ldirishga qodir. Amazonka piraniya va kaymar kabi yirik yirtqichlar, mashhur anakonda bo'g'ma iloni, zaharli qurbaqalar, ajal yashiringan yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi pashshalarning vatani sanaladi. Yana bir mashhur hayvon sanalgan yashil anakondaning uzunligi 9 metrgacha boradi. Hudud anakondadan tashqari bramina, mussurana, bushmeystr kabi xavfli va yirtqich ilonlar uchraydi.


Hatto daryo suvida hayot kechiradigan ayrim baliqlar inson tanasiga kirib olib, uning qoni va ichki a'zolarini yeb yuboradi degan faktlar ham mavjud. Mazkur xavflarga qaramasdan maftunkor o'rmonlar o'z bag'rida turli ajoyibotlarni berkitgan.Tashqarida XXI hukm surayotgan paytda Amazonka ichida tashqi dunyo bilan mutlaqo aloqa bog'lab ko'rmagan ellikdan ziyod yovvoyi qabila mavjud.



Umuman olganda Amazonkada 400-500 atrofida yovvoyi qabilalar istiqomat qiladi. Ular ba'zan o'rmonlarni kesayotgan zamonaviy odamlar bilan to'qnashib ham qoladilar. Tashqi dunyo ta'siri qabul qilib, hayot tarzini o'zgartirayotgan qabilalar ham bor. Yovvoyi qabilalar bo'yicha turli pozitsiyalar bor. Masalan, Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaru aborigenlarni iloji boricha tezroq madaniy hayotga o'tkazish va ularga ta'sir qilish fikrini bayon etgan. Sobiq prezident yovvoyilarni tabiatdan maqsadsiz foydalanishda ayblagan. Aynan Bolsonaru davrida Amazonkada daraxt kesishlar va o'zlashtirish tezlashdi, bu dunyo bo'ylab ekofaollarning keskin noroziligiga sabab bo'ldi.


Braziliya parlamentining hindulardan chiqqan deputati Joen'ya Vapiksanaga ko'ra, bu qabilalarni himoya qilish va o'zligini saqlab qolish zarur. “Ularga kolonizatsiya emas, himoya kerak” deydi deputat. Lekin Amazonka kengliklari faqat yovvoyilikdan iborat emas. Daryo qirg'oqlarida Braziliyaning yirik shaharlaridan biri Manaus qad ko'targan. Ushbu shaharda 2,1 milliondan oshiq kishi istiqomat qiladi.



Afsuski, g'aroyib yovvoyi qabilalar yashovchi hududlar tobora qisqarib ketmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, har daqiqada 60 gektar o'rmon yo'q qilinmoqda. O'rmonlar asosan qishloq xo'jaligi va chorva uchun yer ochish maqsadida kesilmoqda. Masalan, Braziliyada qoramolchilik rancholari keng tarqalgan. Ularning faoliyati natijasida o'rmonlar kesilib, o'tloqlarga aylanmoqda. Yerdagi har bir ekosistema kabi Amazonkaning ham sayyora ekologik hayotida o'z o'rni bor. Barcha joylar kabi Amazoniya ham insonning tabiatga qo'pol aralashuvi oqibatida jabr ko'rmoqda. Hozirga qadar 500 ming kvadrat kilometrga yaqin tropik o'rmon kesilib, yo'q qilingan. Tasavvur qilishingiz uchun vatanimiz O'zbekiston 448 ming kvadrat kilometrdan oshiqroq hududni egallaydi.


Bundan tashqari 2019 yilda Amazonka hududi misli ko'rilmagan o'rmon yong'inlari girdobida qoldi. O'rmon kesilishi barobarida o'sha hududlarda fauna ham yo'qolmoqda, yog'inlar kamayib bormoqda.


Yana bir muammo — hudud qon tomiri bo'lgan Amazonka daryosi sanoatlashuv oqibatida faol ifloslanyapti. Dambalar qurilishi va boshqa insoniy omillar daryoni yemirmoqda. Daryoda loyqalar ko'payib, suvning kimyoviy tarkibi o'zgarib bormoqda, chunki ifloslanayotgan havodan yomg'ir yog'ib, daryo suviga qo'shilib ketmoqda, sanoat korxonalari suvi ham oqizilmoqda.


Inson omili allaqachon birinchi “meva”larini bera bolagan, masalan arapaim balig'i deb ataluvchi yirik tur brakon'erlar tomonidan deyarli yo'q qilindi. Ushbu baliq jahon restoranlarida tansiq taom taom sifatida ko'rib kelingan va kilogrammi uchun narx 700 dollargacha boradi.


Time nashri jurnalistlari bir qator mutaxassislar boshchiligida Amazonka o'rmonlariga ekspeditsiya o'tkazdi. Mazkur safar o'rmonlardagi haqiqiy ahvolni bir qadar tushunish uchun tashkil etilgandi. Safar davomida olimlar tomonidan o'rmonlar taqdiriga oid muhim faktlar e'lon qilindi. Ma'lumotlarga ko'ra, Amazonka o'rmonlari 120 milliard tonnagacha uglerodni yutish imkoniyatiga ega. Jahon iqtisodiyotining hozirgi sur'atida bu atmosferaga 12 yillik global uglerod chiqindilariga teng. Agar Amazonka ekotizimi olimlar ta'riflaganidek, qizil nuqtadan o'tib ketsa, bu oqibatlar zanjiriga olib keladi. Amazon o'rmonlarining yo'q bo'lib ketishi Grenlandiya muzliklarining erishi, dengiz sathining ko'tarilishi va Arktikadagi abadiy muzliklarning yo'qolib ketishiga olib kelishi mumkin. Bu, o'z navbatida, muz tarkibidagi issiqxona gazlari va u yerda saqlanib qolgan eski kasalliklarni yuzaga chiqaradi. Tropik o'rmonlarning qisqarishining global isishga bilvosita ta'siri o'nglanmas zarba bo'lishi mumkin.


World Wide Fund for Nature (Jahon yovvoyi tabiat fondi) hisob-kitoblariga ko'ra, hozirgi vaqtdagi o'rmonlarni kesish tezligi davom etsa 2030 yilga kelib Amazonka hududining 27 foizi daraxtsiz qoladi. O'n yiliklar davomida inson faoliyati Amazon o'rmonlarini halokat tomon “burilish nuqtasi”ga yaqinlashtirdi. Ekotizim muvozanati o'rmonlarning kesilishi, yong'inlar va global haroratning oshishi tufayli buzildi. Mutaxassislarning fikricha, atmosferadagi suv aylanish jarayoni qaytarilmas tarzda buzilishi mumkin, bu esa yog'ingarchilikning kamayishiga va qurg'oqchilik fasllarining uzoq davom etishiga olib keladi. Tropik o'rmonning kamida yarmi savannaga aylanadi. Agar prognozlar ro'yobga chiqsa va global harorat 4 ° C ga ko'tarilsa, markaziy, sharqiy va janubiy Amazonkaning ko'p qismi taqir butazorlarga aylanadi.


Amazonka o'rmonlari sayyoramizdagi 20 foiz kislorodni ishlab chiqaradi degan ma'lumotga ayrim olimlar shubha bildirib keladi. Kolorado universiteti professori Skott Denning The Conversation nashrida yozgan maqolasida quyidagicha yozadi: “Albatta o'rmon yong'inlari halokatli, ammo buning oqibatida Yerdagi kislorod yo'qolib ketadi, deya olmaymiz”. Olimning tushuntirishicha, bizga kerakli kislorodni dunyo okeani ishlab chiqaradi. Agar dunyodagi barcha narsa yonib bitgan taqdirda ham mavjud kislorod miqdorining 1 foizi ham yo'qolib ketmaydi, hozirgi kisdorod miqdori millionlab yillarga yetadi.


Ammo bu fakt va farazlar tabiatni o'z holiga tashlab qo'yish degani emas. Har qanday yirik ekosistemaning yo'qolib ketishi yoki jabrlanishi kelajakda insoniyat uchun og'ir oqibatlarni keltirib chiqarishi aniq.


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Ҳодиса
Hayratlanarli
0 2785 10:00 | 04.11.2023
Ҳодиса
G'azo bolalari nomma-nom
0 2772 14:28 | 06.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса
21 noyabr' – qanday kun?
0 3599 11:13 | 21.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса