Valyuta UZS
  • USD

    12 790.4322.17

  • EUR

    14 486.4486.4

  • RUB

    162.60-0.03

+17C

+17C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+17c

  • Hozir

    +17 C

  • 06:00

    +16 C

  • 07:00

    +19 C

  • 08:00

    +23 C

  • 09:00

    +26 C

  • 10:00

    +28 C

  • 11:00

    +29 C

  • 12:00

    +30 C

  • 13:00

    +31 C

  • 14:00

    +32 C

  • 15:00

    +32 C

  • 16:00

    +32 C

  • 17:00

    +32 C

  • 18:00

    +31 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +26 C

  • 21:00

    +24 C

  • 22:00

    +23 C

  • 23:00

    +22 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Dushanba, 02-June

+17C

  • Hozir

    +17 C

  • 06:00

    +16 C

  • 07:00

    +19 C

  • 08:00

    +23 C

  • 09:00

    +26 C

  • 10:00

    +28 C

  • 11:00

    +29 C

  • 12:00

    +30 C

  • 13:00

    +31 C

  • 14:00

    +32 C

  • 15:00

    +32 C

  • 16:00

    +32 C

  • 17:00

    +32 C

  • 18:00

    +31 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +26 C

  • 21:00

    +24 C

  • 22:00

    +23 C

  • 23:00

    +22 C

  • Dushanba, 02

    +17 +20

  • Seshanba, 03

    +15 +20

  • Chorshanba, 04

    +17 +20

  • Payshanba, 05

    +19 +20

  • Juma, 06

    +23 +20

  • Shanba, 07

    +20 +20

  • Yakshanba, 08

    +17 +20

  • Dushanba, 09

    +19 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Bir aka bo'lsa, shunchalik bo'lar…

Aka – suyanchiq, tirgak, maslakdosh, shu bilan birga to'g'ri yo'lni ko'rsatuvchi shamchiroq. Aka har qanday holatda ham yoningda turadigan, hatto hamma senga qarshi chiqqan paytda ham, seni himoya qiladigan inson. Akasi borlar baxtli. Сhunki ular o'zidan ko'proq uka-singillarini o'ylaydi. Ular ota-onadan keyin jigarlarining ishongani, tirgagi, suyanchig'i bo'ladi.
649 11:08 | 24.05.2025 11:08

Atrofimga nazar tashlasam, har-xil akalarni ko'raman. Ayrimlari chet ellarda bo'lsa-da, ishlab, uka-singillarining ilm olishiga ko'maklashmoqda: «kontrakt» pullarini to'lamoqda. Ayrimlari esa shu yerda – yurtimizda, bir emas, bir nechta joylarda ishlab, o'zidan keyingi uka-singillarining to'ylarini qilishyapti, otasi o'rnida ularga bosh bo'lmoqda. Ammo ming afsuski, goho buning aksi bo'lgan akalar haqida ham eshitib qolamiz. Bugungi hikoya ko'pchilikka o'rnak bo'la oladigan matonatli bir aka haqida.

Qo'shnimiz Bahrom aka to'ng'ich farzandligi bois, otasi olamdan o'tgach, oila tashvishlari uning zimmasiga tushdi. Ukalari hali kichkina edi. Bahrom aka kunduzi podada qishloqdoshlarning mollarini boqar, kechqurun novvoyxonada ishlar edi. Kimdir yordam bermoqchi bo'lsa, «Rahmat, sharoitimiz yetarli, bizdan ham nochor oilalar bor, o'shalarga yordam beraqoling!» deb javob berardi.

Oradan bir necha yillar o'tdi. Ukalarining ikkalasiyam ulg'aydi. Maktabni a'lo baholar bilan bitirib, o'z kuchlari bilan oliygohga kirishdi. Lekin Zarif ham, Dilmurod ham shartnoma asosida o'qishga qabul qilingan edi. Shu bois, Bahrom akaning tashvishi yana ikki hissaga ko'paydi. Kunu tun ko'proq pul topishni o'yladi. Kunduzi qurilishda, kechqurun novvoyxonada, ba'zida kafe, do'konlarda ishladi. Ukalarining yeb-ichishdan qiynalib qolmasligini xohlar, shartnoma pulini o'z vaqtida to'lab borishga intilardi. Hattoki to'y, bayramlarda ham ishda bo'lardi.

Oradan vaqtlar o'tib, ukalari o'qishni bitirishdi, ishga ham joylashishdi. Ammo hanuzgacha Bahrom aka oila qurmadi.
– Onasi Fotima xola: "Bahrom, ko'nglingda birortasi bo'lsa, ayt, sovchilikka boraylik", – dedi.
– Ukalarimning to'yini qilib, ularni uyli-joyli qilish mening akalik burchim. Otam o'rnida ularga otaman. Agar uylansam, kim bularning to'ylarini qiladi? Hozirgi kelinlarni bilasiz… Uylanish bo'lsa qochmas, – deb turib oldi Bahrom aka.
Ko'p o'tmay Bahrom aka va Fotima xola Zarif va Dilmurodlarning qo'shaloq to'yini qildi. Ammo Bahrom akaning to'yini ko'rish Fotima xolaga nasib etmadi. Сhunki qo'shaloq to'ydan bir yil o'tib, omonatini topshirdi. Fotima xolaga o'g'li Bahromning to'yini ko'rish armon bo'lib ketdi…
Janozaga kelgan odamlardan biri yonidagi sherigiga dedi:
– Ana u o'g'li Bahrom. U ukalarini ulg'aytirdi, o'qitdi, uylantirdi, ammo o'zi haligacha oila qurmadi…
– Bilaman, u ukalariga ota o'rnida ota bo'ldi, ko'p akalar jigarlariga qilolmaydigan ishlarni qildi. Mana shuning uchun ham ikki uka uni ota o'rnida hurmat qiladi. Aytgani – aytgan, degani – degan. Fotima xola ham Bahromdan mingdan-ming rozi bo'lgan ekan...
Qo'ni-qo'shnilar, odamlar, xalq allaqachon Bahrom akaning «aka»lik maqomiga baho berib bo'lgandi. Uni butun qishloq hurmat qilardi. Ko'pning bu hurmatiga u mehnatsevarligi, hallolligi, akalik mas'uliyatini chin dildan his etgani tufayli erishdi. Hamma akalar ham ana shunday bo'lolsaydi…

Onasining ma'rakalaridan ancha o'tgach, bir qo'shnimizdan eshitib qoldim, Bahrom akani ham ukalari «Yolg'iz yurasizmi, o'zi onamiz to'yingizni ko'rolmay o'tib ketdi, endi bizni ham qiynamang», deya, qo'yarda-qo'ymay uylantirib qo'yishibdi.
Hozir u kishining ikki nafar farzandi bor. Ukalarining ham hayoti yaxshi, o'zlari bilan o'zlari bo'lib ketishgan. Doim Bahrom aka haqida gap ketganida qo'shni onaxonlar «Bir jigaring bo'lsa, Bahromchalik bo'ladi-da», deyishadi. Bu uning yaxshi farzand, yaxshi aka bo'lganiga aytilgan eng yuqori baho deb o'ylayman. Yaxshi akalar ko'p bo'lsin, akalar doim omon bo'lsin!


Xurshida ABDUSATTOROVA,
O'zJOKU talabasi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid