Valyuta UZS
  • USD

    12 768.26-62.87

  • EUR

    14 400.04-142.76

  • RUB

    162.631.56

+22C

+22C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+22c

  • Hozir

    +22 C

  • 23:00

    +21 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 30-May

+22C

  • Hozir

    +22 C

  • 23:00

    +21 C

  • Juma, 30

    +22 +20

  • Shanba, 31

    +22 +20

  • Yakshanba, 01

    +22 +20

  • Dushanba, 02

    +24 +20

  • Seshanba, 03

    +24 +20

  • Chorshanba, 04

    +24 +20

  • Payshanba, 05

    +26 +20

  • Juma, 06

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Shifoxonalarda majlisbozlik qachon tugaydi?

53-sonli oilaviy poliklinika poytaxtning Markaz -5 aholisiga xizmat ko'rsatadi. Universitetimiz shu hududda joylashgani sababli talabalar ham tibbiy ko'rikdan o'tish uchun aynan mazkur maskanga yo'naltiriladi. Shu bois menda ham bu muassasa faoliyati bilan bevosita tanishish imkoni tug'ildi.
Jamiyat
382 14:44 | 28.05.2025 14:44

Sog'lig'imdagi kichik, ammo sezilarli og'riq meni shifo maskaniga olib keldi. Aslida muammoning katta-kichigi bo'lmaydi.


Qabulxonada uch nafar hamshira o'tirgan ekan. Ularning birinchisi men kirishim bilan telefonini qulog'iga tutdi. Ikkinchisi ovqatlanish bilan ovora. Omadim bor ekanki, uchinchisi biror ishga urinmay turib yo'llanmani berishga ulgurdim. Shu tariqa 2-qavat, 22-xonaga yo'l oldim.


Navbat katta emasdi. Shifokor rusiyzabon, xushmuomala, tajribali ekani bilinib turardi.


Tekshiruvdan so'ng u meni yana bir mutaxassis — jarrohga yubordi. Manzil: 1-qavat, 14-xona. Qabul vaqtlari har seshanba 8:00 dan 13:30 gacha. Ammo soat 10:40 bo'lganiga qaramasdan xona qulf. Hamshiralar holatni xursandchilik bilan izohladi: “Majlisga ketgan”.


Yonimda kutayotgan bemorlarning aytishiga qaraganda bu odatiy hol. Itning o'limi – otning bayrami deganday, shifokorning kelmagani hamshiralarga bayram.


Kutayotib, zerikmaslik uchun eshiklardagi yozuvlarni o'qidim. “Korruptsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz”, “Korruptsiyaga barham beramiz” kabi shiorlar yozilgandi. Bemorga befarqlik, majlislar, qog'ozbozlik — bular korruptsiyadan kammi?


Ish vaqti 6 soat bo'lsa, undan yarmi yig'ilishga, yana qanchasi hujjat to'ldirishga ketsa, bemorlarga qancha va qachon vaqt qoladi? Go'yoki bu joy shifoxona emas, vaqt o'tkazish markaziga aylanib qolganday taassurot qoldirdi menda.


Shifokor quroli — shprits yoki skal'pel emas. Uning mehri, e'tibori, shirin muomalasi, bemor uchun eng katta davodir. Ammo bu yerda bunday fazilatlardan asar ham yo'q. Nafaqat mutaxassisda, balki uning yonidagi hamshiralarda ham.


Shifokorlikni tanlagan inson u bilan bog'liq mas'uliyatni ham qabul qilgan bo'lishi, Gippokrat qasamini unutmasligi shart. Bu kasbda mehrsizlik, befarqlik — kechirilmas gunoh.


Ish vaqti 13:30 gacha ekan. Shifokor yetishmovchiligi alohida masala.


Ayrimlar shifokorlikni faqat oq xalat kiyishdan iborat, deb biladi, ammo bu fidokorlar kasbi. Oq xalat — mas'uliyat ramzi.
Hamshiralarning ham e'tibori qaerda “shashlikli non” borligida emas, bemorlarda bo'lishi shart. Qog'ozlardagi shiorlar “korruptsiyaga qarshi kurashaylik” yaxshi, albatta. Ammo birinchi o'rinda majlisbozlik, befarqlik, qog'ozbozlik kabi “ichki illat”larga qarshi kurash bo'lishi adolatdan bo'lardi.


Aytgancha, soat 12:40. Jarroh hali ham kelmagan...


Said Amirxon Burxon,
O'zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

1

0

0

0

0

Qoldirilgan izohlar (1)

Жамолиддин

16:30 | 28.05.2025

Кам булманг! Жуда огрикли масалани ёзибсиз

Maqolaga baho bering
0/5

1

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 4104 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat