Valyuta UZS
  • USD

    12 768.26-62.87

  • EUR

    14 400.04-142.76

  • RUB

    162.631.56

+29C

+29C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+29c

  • Hozir

    +29 C

  • 17:00

    +29 C

  • 18:00

    +28 C

  • 19:00

    +27 C

  • 20:00

    +25 C

  • 21:00

    +23 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +21 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 30-May

+29C

  • Hozir

    +29 C

  • 17:00

    +29 C

  • 18:00

    +28 C

  • 19:00

    +27 C

  • 20:00

    +25 C

  • 21:00

    +23 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +21 C

  • Juma, 30

    +29 +20

  • Shanba, 31

    +30 +20

  • Yakshanba, 01

    +32 +20

  • Dushanba, 02

    +33 +20

  • Seshanba, 03

    +35 +20

  • Chorshanba, 04

    +37 +20

  • Payshanba, 05

    +39 +20

  • Juma, 06

    +23 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Hayvonlarga nisbatan zo'ravonlik – jamiyat muammosi

Ekolog.uz saytining xabar berishicha, samarqandlik fuqarolar yana bir bor rasmiylardan yordam so'rashmoqda: shahar ko'chalarida itlarni tutishda qo'llanilayotgan zo'ravonlik usullari jamoatchilikni  xavotirga solyapti.
Jamiyat
339 11:35 | 29.05.2025 11:35

Mahalliy faollar va hayvonlarga befarq bo'lmagan odamlar ijtimoiy tarmoqlarda ko'plab murojaatlar bilan chiqishdi.


Bugun ijtimoiy tarmoqlarni kuzatar ekanmiz, hayvonlarga nisbatan shavqatsiz, hattoki ayanchli holatlarni aks ettiruvchi xabar va videolar tarqatilayotganini ko'rishimiz mumkin. Bu holat nafaqat yurakni ezadi, balki jamiyatimizda muhim axloqiy qadriyatlar yemirilayotganidan darak beradi.


Hozirgi kunda mamlakatimizda 2,3 milliondan ziyod itlar va 46 mingdan ortiq mushuklar mavjud. Uy hayvonlari egalari tomonidan ularni rad etish, shuningdek, nazoratsiz ko'payish natijasida qarovsiz hayvonlar soni yil sayin ortib bormoqda.


Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, aholi punktlarida it va mushuk boqish qoidalarini buzish bilan bog'liq ma'muriy huquqbuzarliklar soni 2021 yilda 10,5 mingta bo'lgan bo'lsa, 2022 yilda bu ko'rsatkich 142,6 mingtaga oshgan.


Shuningdek, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo'lish bilan bog'liq ma'muriy huquqbuzarliklar soni ham ortib bormoqda: 2020 yilda 105 ta, 2021 yilda 190 ta, 2022 yilda esa 325 tadan ortiq holat qayd etilgan.


Odamlarga nisbatan zo'ravonlik, shafqatsizlik allaqachon kundalik hayotimizning achchiq haqiqatiga aylangan bo'lsa, endi bu kabi yovuz munosabatlar hayvonlarga ham qaratildi. Ayniqsa, ularga nisbatan zo'ravonlik qilayotganlarning aksariyati yoshlar ekanligi masalaning salbiy jihatidir.


Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatar ekanman, jurnalist Nargis Qosimova har kuni ko'chada yashovchi kuchuk va mushuklarni o'zining oylik maoshidan boqib kelayotganini ko'rib ta'sirlandim. Shuningdek, taniqli aktrisa Luiza Rasulova va xonanda Manzura ham hayvonlarga mehr ko'rsatib, Toshkent viloyatidagi itlarni maxsus boqish joylariga doimiy modddiy yordam berib keladi.


Paradoksni qarangki, bugun hayvonlarga nisbatan shafqatsizlikni targ'ib qiluvchi kontentlar ham ko'p topiladi. Xo'sh, ularni tarqatayotgan va qiynayotgan shaxslarga nisbatan qanday qonuniy jazo bor? Mazkur masalaga aniqlik kiritish maqsadida biz “Ekolog” jamoat birlashmasi direktor o'rinbosari Gulchehra Ergasheva bilan suhbatlashdik.


Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo'lish, ya'ni ularni g'arazli yoki g'ayriinsoniy niyatlarda qiynoqqa solish yoki ularga azob berish, — BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa yoxud ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxs hozirligida sodir etilgan bo'lsa yoki hayvonlarning o'limiga yoxud mayib bo'lishiga olib kelsa, — BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi.


Har bir jonzotga mehr ko'rsatish, insonni inson qilib turuvchi xislatlardan biridir. Bugun mamlakatimizda tabiatni asrash, ekologik muammolarni hal qilish borasida qator ishlar qilinmoqda. Ammo hanuz davlat miqyosida qarovsiz qolgan hayvonlarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatib, ularni asraydigan maxsus joylar tashkil qilinmagan. Vaholanki, o'zini hurmat qilgan har bir jamiyatda qarovsiz qolgan uy hayvonlarini parvarishlash uchun maxsus maskanlar mavjud.


Har bir uy hayvoni tabiatdagi barcha tirik jonzot singari mehrga muhtoj. Buni unutmaslik lozim!


Davron Ergashev



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 4108 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat