Valyuta UZS
  • USD

    12 557.56-34.15

  • EUR

    14 809.13-12.57

  • RUB

    159.44-0.74

+25C

+25C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+25c

  • Hozir

    +25 C

  • 09:00

    +27 C

  • 10:00

    +29 C

  • 11:00

    +31 C

  • 12:00

    +33 C

  • 13:00

    +36 C

  • 14:00

    +38 C

  • 15:00

    +39 C

  • 16:00

    +39 C

  • 17:00

    +38 C

  • 18:00

    +37 C

  • 19:00

    +36 C

  • 20:00

    +33 C

  • 21:00

    +31 C

  • 22:00

    +29 C

  • 23:00

    +28 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 06-July

+25C

  • Hozir

    +25 C

  • 09:00

    +27 C

  • 10:00

    +29 C

  • 11:00

    +31 C

  • 12:00

    +33 C

  • 13:00

    +36 C

  • 14:00

    +38 C

  • 15:00

    +39 C

  • 16:00

    +39 C

  • 17:00

    +38 C

  • 18:00

    +37 C

  • 19:00

    +36 C

  • 20:00

    +33 C

  • 21:00

    +31 C

  • 22:00

    +29 C

  • 23:00

    +28 C

  • Yakshanba, 06

    +25 +20

  • Dushanba, 07

    +26 +20

  • Seshanba, 08

    +25 +20

  • Chorshanba, 09

    +26 +20

  • Payshanba, 10

    +26 +20

  • Juma, 11

    +23 +20

  • Shanba, 12

    +26 +20

  • Yakshanba, 13

    +26 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Suvda cho'kayotgan bolalar

"Har yili yuzlab insonlar, jumladan bolalar, ehtiyotsizlik tufayli suvda halok bo'lmoqda. Suv xavfsizligi — har bir oila va jamiyat uchun dolzarb masala."
Jamiyat
886 14:21 | 30.05.2025 14:21

Yoz — bolalar eng intiqlik bilan kutadigan, quvonchga to'la fasl. Ayniqsa, jaziramali kunlarda cho'milish bolalar uchun eng yoqimli mashg'ulotlardan biriga aylanadi. Ammo shuni unutmaslik kerakki, cho'milish har doim kutilganidek quvonch bilan yakun topmaydi. Yuzaga keladigan birgina xatolik — qaytarib bo'lmas fojia bilan yakunlanishi mumkin.



Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti statistikalariga ko'ra, har yili dunyo bo'yicha 300 mingga yaqin kishi cho'kib halok bo'ladi. Bu holatlarning deyarli 25 foizi 5 yoshgacha bo'lgan bolalar hissasiga to'g'ri keladi. Сho'kish 1–4 yoshli bolalar o'limining to'rtinchi, 5–14 yoshli bolalar o'limining esa uchinchi asosiy sababidir. Afsuski, so'nggi yillarda yurtimizda ham bolalar va voyaga yetmaganlar o'rtasida ochiq suv havzalarida, hatto ariqlarda cho'kib ketish holatlari ortib bormoqda.



Ko'pchilik faqat katta daryo yoki basseynlarda cho'kish mumkin deb o'ylaydi. Ammo haqiqat shuki — eng ko'p fojiaviy holatlar oddiy ariqlar va kanallarda yuz beradi. Ayniqsa, shaharning chekka hududlari va qishloqlarda suzish havzalari mavjud emas yoki yetarli emas. Jazirama kunlarda ariq va kanallar bolalar bilan to'lib-toshadi. Ko'zga oddiy va xavfsiz ko'ringan bu joylar aslida nihoyatda xavfli.



Ko'plab ariqlar chuqur, loyqa, ba'zilarining devorlari beton bilan qoplangan bo'lib, tushib qolgan bola mustaqil chiqib keta olmaydi. Kanallar esa undan-da xavfli — suvi kuchli oqimli, tubi esa toshga to'la. Bolani oqim osonlikcha olib ketadi. Eng achinarlisi, bunday joylarda ogohlantiruvchi belgilar ham, xavfsizlik panjaralari ham mavjud emas.



Ota-onalarga MUHIM eslatma:


1. Nazoratni hech qachon qo'ldan boy bermang


Farzandingiz hatto hovlidagi vannada, tovoqda yoki ariq bo'yida o'ynayotgan bo'lsa ham, nazoratdan chetda qoldirmang. Yana bir bor eslatamiz — 30–40 santimetrli suv ham bolani cho'ktirishga yetadi, ayniqsa u bosh bilan suvga qulab tushsa yoki qo'rqib, vahimaga tushib qolsa.


2. Avvalo o'zingiz cho'milish qoidalarini bilib oling


Suvda qanday nafas olish, cho'kayotgan odamga qanday yordam berish, birinchi yordam ko'rsatish — har bir ota-ona buni bilishi zarur. Bola cho'milishni o'rganishdan avval, xavfsizlik qoidalarini o'rganish muhim.


3. Bormoqchi bo'lgan suv havzalarini tekshiring


Mahalliy hovuzlar va dam olish maskanlarida xavfsizlik choralari — kameralar, qutqaruvchilar borligiga ishonch hosil qiling. Basseyn chuqurligi va chekkalarining sirpanchiq emasligi muhim. Bolalar uchun maxsus xavfsiz zonalar bo'lmasa, ularni suzishga ruxsat bermang.


4. Sun'iy basseynlar — alohida e'tibor talab qiladi


So'nggi yillarda shishiriladigan basseynlar ommalashdi. Ular kichik ko'rinsa-da, xavfsizlik nuqtayi nazaridan muammo tug'dirishi mumkin. Quyosh ostida qizib ketgan suv, elektr asboblariga yaqin joylashtirilgan basseynlar, chuqurlikning nazorat qilinmasligi — barchasi xavf tug'diradi. Bola shunday basseynda ham hech qachon yolg'iz qoldirilmasligi kerak.


5. Bolaga “suv — o'yinchoq emas” degan tushunchani singdiring.




Suv bo'yida bolalarning bir-birini itarib, suv sepib o'ynashi kulgili tuyuladi. Ammo bunday o'yinlar og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bola muvozanatini yo'qotib, suvga tushib ketishi, cho'kishi hech gap emas.


Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutasaddilari har yili yoz mavsumida targ'ibot ishlarini kuchaytiradi. Maktablar, mahalla faollari orqali ogohlantiruv ishlari olib boriladi. Ammo bu yetarli emas. Eng asosiy va samarali chora — bu ota-onaning o'z farzandiga bo'lgan e'tibori, hushyorligi va o'z vaqtida berilgan sabog'idir.


Farzand — hayotdagi eng katta omonat. Suvda bir lahzalik beparvolik — butun umrga yetadigan pushaymonlikka aylanishi mumkin.



Sevinch Turopjonova,


O'zDJTU xalqaro jurnalistika fakul'teti


2-bosqich talabasi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 4456 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat