Valyuta UZS
  • USD

    12 128.46-36.78

  • EUR

    14 304.31-26.34

  • RUB

    159.04-0.38

+23C

+23C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+23c

  • Hozir

    +23 C

  • 13:00

    +24 C

  • 14:00

    +25 C

  • 15:00

    +26 C

  • 16:00

    +26 C

  • 17:00

    +25 C

  • 18:00

    +24 C

  • 19:00

    +22 C

  • 20:00

    +21 C

  • 21:00

    +20 C

  • 22:00

    +19 C

  • 23:00

    +19 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Dushanba, 20-April

+23C

  • Hozir

    +23 C

  • 13:00

    +24 C

  • 14:00

    +25 C

  • 15:00

    +26 C

  • 16:00

    +26 C

  • 17:00

    +25 C

  • 18:00

    +24 C

  • 19:00

    +22 C

  • 20:00

    +21 C

  • 21:00

    +20 C

  • 22:00

    +19 C

  • 23:00

    +19 C

  • Dushanba, 20

    +23 +20

  • Seshanba, 21

    +23 +20

  • Chorshanba, 22

    +26 +20

  • Payshanba, 23

    +19 +20

  • Juma, 24

    +25 +20

  • Shanba, 25

    +27 +20

  • Yakshanba, 26

    +28 +20

  • Dushanba, 27

    +29 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Bog'chalarda zaharlanishlar: bolalarimiz sog'ligi, taqdiri kimlarning qo'lida?

Ayni kunlarda Farg'ona viloyatidagi bog'chalarda 60 nafardan oshiq bolalarning zaharlanishi OAv kun tartibidan tushmayapti. Buning ustiga bog'chalarga oziq-ovqat yetkazishga mas'ul tashkilot va uning ortidagi ma'lumotlar ham e'tiborni tortdi.
1053 16:14 | 26.02.2026 16:14

Yodingizda bo'lsa, o'tgan yili sentyabr' oyida ham Toshkent viloyatida naq 2 mingdan oshiq bola zaharlangandi. Bunday hodisalarning tez-tez takrorlanishi va jabrlanganlar sonining ko'pligi vaziyatning jiddiy ekanini ko'rsatmoqda. Mas'ullar har doim vaziyatning nazoratga olingani va barqarorlik haqida bong ursa ham, aslida tub muammolar yechilmay qolgani aniq bo'lib qoldi. Xo'sh, ortida bolalar taqdiri turgan bu kabi katta o'yinlar uchun kim javob beradi?


Avvalo, Farg'onadagi vaziyatga batafsil to'xtalmasak bo'lmaydi. 21 fevral'' kuni shahardagi uchta davlat bog'chasidan (2, 58 va 61-sonli) kamida 62 nafar bola “alimentar etiologiyali o'tkir diareya kasalligi” tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. 25 fevral' soat 08:00 holatiga ko'ra, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi hamda Farg'ona shahar bolalar shifoxonasida davolangan 22 nafar bola sog'lig'i yaxshilangani munosabati bilan uyiga ruxsat etildi. Ular ambulator nazoratda.


Eng asosiysi, bolalarning hayoti saqlab qolindi va ularning hayotiga katta xavf yo'q. Endi do'ppini bir chekkaga qo'yib, asosiy masala, ya'ni aybdorlar va ularga chora ko'rish haqida fikr yuritmasak bo'lmaydi. Ma'lum bo'lishicha, Mazkur bog'chalarga oziq-ovqatlarni Garden Catering Trade MShJ yetkazib bergan. 2024 yilda kompaniya “tajriba” doirasida hokim qarori bilan mahsulot yetkazib berish huquqini olgan. U, qoidabuzarliklarga qaramay, faoliyatini davom ettirib, tendersiz 100 mlrd so'mdan ortiq shartnomalar imzolagan. Kun.uz nashrining yozishicha, MShJ Farg'ona va Quvasoy shaharlaridagi davlat bog'chalariga keytering asosida ovqat yetkazib beradi. Qizig'i, kelib chiqishi Quvasoy hokimi Zafarjon To'raqulov bilan bog'lanishi mumkin bo'lgan bu firma hech qanday tanlovsiz viloyat hokimi imzolagan qaror bilan ushbu imkoniyatni qo'lga kiritgan. Buning ustiga Garden Catering Trade MShJ ta'sischisi o'zgarib, bir necha kun avval Iqboljon Bozorov egallagan ta'sischilik endi rasman Mo'ydinjon G'ofurovga o'tkazilgani aniqlandi.


Xullas, OAvdagi ochiq ma'lumotlar ovqatdan ommaviy zaharlanish voqeasi ortida katta gaplar borligi ko'rsatmoqda. Birinchi navbatda savol tug'iladi: nega zaharlanishlar nega aynan bitta MShJdan oziq-ovqat mahsulotlarini olgan bog'chalarda sodir bo'ldi? Nima sababdan OAvda bong urilayotgan masalalar yuzasidan jamoatchilikka ochiq axborot taqdim etilmayapti? Kalava uchi Farg'ona viloyatdagi mansabdor shaxslarga qarab borayotgani esa kishini o'ylantirib qo'yadi...


Aslida, bog'chalarni sifatli ovqat bilan ta'minlash eng ko'p nazorat qilinishi va eng shaffof bo'lishi kerak bo'lgan soha sanaladi. Shunki, bolalarsiz kelajak yo'q. Bolalarga ovqat yetkazib berish jarayonida korruptsiya bo'lsa, bundan katta foyda ko'zlansa, kelajakda eng ilg'or qatlamga aylanadigan go'daklar sifatsiz ovqat bilan oziqlantirilsa bu biz uchun juda katta muammo va jiddiy chaqiriq sifatida talqin qilishini kerak.


Shu o'rinda bir gap: o'sha mashhur MShJ Quvasoy va Farg'ona shaharlaridagi MTTlarga taom yetkazib berish xizmati ko'rsatuvchi tadbirkor sifatida to'g'ridan-to'g'ri tanlangan. Tartibga ko'ra, autsorserlar umumiy ovqatlanish xizmati sohasida kamida bir yillik ish tajribasiga ega bo'lishi shartligi belgilangan. Biroq Garden Catering Trade 2024 yil 21 iyun' kuni, ya'ni hokimlik bilan shartnoma tuzilishidan bir oy oldin davlat ro'yxatidan o'tkazilgan va talab etilgan ish tajribasiga ega bo'lmagan. Aniqlangan kamchiliklar bo'yicha kiritilgan taqdimnomaga esa hokimlik idoralari tomonidan yuzaki javob bergan, xolos. Bu holatlar mas'ullar orasida vaziyatdan manfaatdor bo'lganlar bor degan taassurot uyg'otadi. Bolalarimizni taomlantirish (yana davlat mablag'idan foydalangan holda) “katta biznes”ga qachon aylanib ulgurdi?


Balki, autsorsing asosida bog'chalarni ta'minlash yaxshi amaliyotdir, ammo hozircha biz uni qo'llashda juda katta xatolarga yo'l qo'yayotganimiz aniq. Tasavvur qiling, avvallari zaharlanishlar, oziq-ovqat mahsulotlarini talon-toroj qilish, bolalarning haqqiga ko'z tikkanlar onda-sonda ko'z tashlanardi. Endi bu illatlar tizimli ildiz otayotganiga guvoh bo'lyapmiz. Uzoqqa bormaymiz, 2025 yil sentyabrida Quyi Shirchiq, Oqqo'rg'on, Piskent va Bo'ka tumanlaridagi bog'cha tarbiyalanuvchilarining ommaviy zaharlanishi holatlari yuz berdi. Unga Oqqo'rg'on tumanidagi ishlab chiqarish korxonasidan bolalar bog'chalariga olib kelingan sifatsiz sut mahsulotlari, xususan, kefir sabab bo'lishi mumkinligi aytildi. Yaqinda e'lon qilingan xabarlarga ko'ra, holat yuzasidan 11 kishi qo'lga olingan va ularning ishi sudga oshirilgan. Ammo, inson unutuvchi. Agar Farg'onadagi voqealar ro'y bermaganda, Toshkent viloyati mavzusini ko'pchilik unutib yuborayozgan edi. Ommaviy zaharlanishlar bizni avvalgi hodisalarni ham yodga olishga majbur qildi.


Bizning jamiyatda bir xunuk illat bor. Avvalo, bir muammo ko'tariladi. Keyin o'sha (masalan korruptsiya, tanish-bilishchilik va boshqalar) muammoni oldini olish uchun yangi tizim ishlab chiqadi. Ammo baxtga qarshi bizning shovvozlar o'sha tizimning o'zini ham aylanib o'tishga muvaffaq bo'lishadi. Masalan, yetakchi OAvlarimizdan biri bog'chalarni autsorsing asosida ovqat bilan ta'minlash bo'yicha surishtiruv e'lon qildi. Aslida, autsorsing bog'chalardagi xo'jalik amaldorlari va boshqalarning yulg'ichligining oldini olish uchun yaratilgan tizim edi. Ammo mazkur surishtiruv autsorsing tizimining o'zidayoq mavjud kamchiliklarni ko'rsatadi. Material tenderlar korruptsion elementlarning ehtimoliy aralashuvi bilan o'tganiga ishora beradi. Xo'sh, tabibimizning o'ziyoq bemor bo'lsa, nima qilmoq kerak?!


Fikrimizcha, bolalarni ovqat bilan ta'minlash sohasida kichik favqulodda holat e'lon qilish, bu muammoning yuqori tashkilot e'tiboriga havola etish, aybdorlarni jazolashga qattiq kirishish vaqti yetib keldi. Agar mazkur muammoning bugun oldi olinmasa, nafsi hakalak otib borayotgan ayrim tadbirkorlar davlat MTMlaridagi xo'jalik masalalarini o'z “shaxsiy tomorqalari”ga aylantirib olishlari hech gap emas.


Shu o'rinda mavzuni chuqurroq o'rganish maqsadida xususiy bog'chalarda ishlovchi tarbiyachilar bilan ham suhbatlashdik. Ularning fikriga ko'ra, ayniqsa uzoq viloyatlarda bolalarning oziqlantirish masalalari juda katta islohga muhtoj.


“Davlat bog'chalaridan farqli ravishda xususiylarga oziq-ovqat uchun mablag' to'g'ridan to'g'ri beriladi. Ayrim bog'cha rahbarlari pulni iqtisod qilish bahonasida bolalarga arzonroq oziq-ovqat mahsulotlarini beradi. Bog'chalar oziq-ovqatini nazorat qilish esa sust darajada. Ayrim bog'chalarda kechada qolgan ovqatlarni berish holatlarini ham ko'rganmiz, ko'rmoqdamiz”, deydi ismi sir qolishini so'ragan tarbiyachilar.


Maktabgacha ta'lim tashkilotlari va ulardagi oziq-ovqat masalasi juda ulkan soha va katta mavzu. Menimcha, Maktabgacha ta'lim vaziri ish stolidagi eng asosiy kun tartibida turgan masalalardan biri shu bo'lishi kerak. Shuningdek, huquq-tartibot idoralari bu borada katta harakatlarni boshlashi lozim. Bolalarning haqini yeydigan, ularning hayoti bilan o'ynashadigan, kelajagimiz umidlariga xavf soladigan shaxslar bilan murosa qilib bo'lmaydi. Eng asosiysi, bu voqealarni shunchaki unutmaslik kerak. Aybdorga keskin chora ko'rish va mavjud illatlarni ildizi bilan butunlay sug'urib tashlash shart.


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid