+18C

+18C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Doringiz tilimni qichitdi

Oramizda birovning sog‘lig‘ini bir chaqaga olmaydigan, jig‘ildonini to‘ldirish uchun har qanday pastkashlikdan qaytmaydiganlar ham bor. Ulardan ehtiyot bo‘ling!
Hodisa
1055 12:15 | 16.04.2026 12:15

O‘tgan yili dekabr oyida radio tinglayotgandim, shifokor og‘zidan bol tomib, bir nechta dorilarning taʼrifini keltirdi. Keyin boshlovchi ushbu tibbiy vositalardan davo topgan bemorlarning SMSlarini o‘qishga kirishdi. Shunaqa iliq fikrlar bildirildiki, o‘sha kuniyoq qayta-qayta eʼlon qilingan telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qildim. O‘zini «dispetcherman» deya tanishtirgan qiz meni Abduvohid Shodiev ism-sharifli shifokor bilan bog‘ladi.


Muloqot davomida kechasi bir necha marta zahar tang qilishini aytdim. Shifokor «Prostade X ultra»ni tavsiya qildi va tuzalib ketishimni kafolatladi. «Agar dori taʼsir qilmasa, qaytarib olamiz», degan vaʼda ishonchimni yanada mustahkamladi. Shu tariqa 1 million 400 ming so‘mga ikki quti dori xarid qiladigan bo‘ldim.


Dekabrning ikkinchi o‘n kunligida viloyat hokimligi binosi qarshisida kelishilgan pulni olgan ­kurer qo‘limga dorilarni tutqazdi. Uyga kelib, qutini ochib, tibbiy tavsiyanomaga ko‘z yugurtirdim. Qarangki, davolanish kursi 3 oydan oshiq vaqt bo‘lgani holda dorining yaroqlilik muddati tugashiga 10 kun qolibdi.


Tabiiyki, mutasaddi bilan bog‘landim. U dori eskirmasligini, taʼsiriga kafolat berishini maʼlum qildi. Avrashga usta bo‘lgani uchunmi yoki tuzalish istagim kuchliligi tufaylimi, ko‘ndim. Hafta o‘tar-o‘tmas, dori taʼsirida qorin va bel qismimda qizil toshmalar paydo bo‘lib, tanam bexto‘xtov qichiy boshladi.


Yana aloqaga chiqdim, mutaxassis tanamda tabiiy jarayon kechayotganini aytib, ko‘nglimni tinchlantirdi. Dori qo‘llanmasida ham qichishishlar to‘g‘risida yozilgandi. Shu bois isteʼmolni to‘xtatmadim. Afsuski, bir oy keyin ham naf sezmadim, eng yomoni, qichishish yo‘qolmadi. Shundan so‘ng shifokorga telefon qilib, vaʼdasini esga soldim va hech bo‘lmaganda, dorilardan bittasini qaytarib olishini so‘radim. U mujmal gapirdi, tushundimki, lafzida turmaydi. Yanada kulgilisi, bir necha qo‘ng‘irog‘imdan so‘ng: «700 ming so‘m tayyorlab turing, dorining yangisini jo‘nataman, bunisi aniq taʼsir qiladi», dedi. Rozi bo‘lmaganimdan keyin mendagi dorini yangisiga almashtirishni taklif qildi...


Aslida sog‘lig‘imga etkazilgan zarar, qolaversa, firibgarligi uchun uning ustidan prokuraturaga shikoyat yozishim mumkin edi. Ammo yuz-xotir qilib, yana o‘sha firmaga qo‘ng‘iroq qildim. Bu safar dispetcher o‘zini Neʼmatjon deb tanishtirgan yigit bilan bog‘ladi. U juda muloyim so‘zlashdi, ammo gap-so‘zidan pulimni bermasliklarini tushundim.


Shu bois joriy yilning 2 fevralida Sog‘liqni saqlash vazirligiga maktub yo‘lladim. Unda boshimdan kechirganlarimni batafsil bayon etdim. Afsuski, oradan bir oy o‘tsa-da, vazirlikdan javob kelmadi. Keyin vazirlikka qo‘ng‘iroq qildim. Go‘shakni ko‘targan ayol murojaatim IIVga yo‘naltirilgani, endi masʼuliyat SSV zimmasida emasligini bildirdi.


Darhaqiqat, ko‘p o‘tmay mahallamiz profilaktika inspektori sim qoqib, tuman markaziga ariza yozish uchun kelishim zarurligini aytdi. Bir necha kundan so‘ng u murojaatimni Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga jo‘natganini maʼlum qildi.


Men Neʼmatjon bilan aloqani uzmagandim. Gap orasida shikoyatim qay manzillarda kezib yurganiga to‘xtalib, oxirigacha borishimni qis­tirib o‘tdim. Bu gaplarim taʼsir qildimi, Neʼmatjon pulimni qaytarishini aytdi va shuning barobarida boshqa idoralarga shikoyat qilmasligimni so‘radi. Rostdanam, 3-4 kundan keyin uyimga kurer keldi. Unga dorini qaytarib, 700 ming so‘m olganim to‘g‘risida tilxat yozib berdim.


Bu «sarguzasht»ni unutishim mumkin edi. Ammo har kuni radioda o‘sha dorilar reklama qilinyapti. Shu sababli ommaviy axborot vositalariga murojaat qilmoqqa jazm etdim, toki boshqalar aldanmasin. Sezishimcha, ushbu yolg‘onchilar tuzog‘iga men kabi tushganlar ancha.


Radiodagilarni tushunaman, eshagini sug‘orib, pulini olishmoqda. Lekin gap sog‘liq haqida ketar ekan, soxta dorilar reklamasini cheklash haqida o‘ylab ko‘rish kerak. Aldab mahsulotni o‘tkazish, insonni sarson qilish va, eng asosiysi, sog‘liqqa ziyon etkazish qonunbuzarlik emasmi? Bilishimcha, mazkur firmalar Sog‘liqni saqlash vazirligidan litsenziya oladi, unday bo‘lsa, murojaatimga nega befarq qaraldi?


Profilaktika inspektori ayt­gan Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatidan ham javob olganim yo‘q.


Shuncha idoraga murojaat qilsang-da, muammongni hal qilish u yoqda tursin, shikoyatingga ikki qator javob yozib, seni mavhumlik girdobidan qutqaradigan mard topilmasa, alam qilarkan. Davlat idoralari xalq xizmatida bo‘lishiga oid Prezident talabi ijro etilmay qolaveradimi?


Darvoqe, oradan 2 oydan oshiq vaqt o‘tsa hamki, tanamdagi qichishish­lar barham topmadi. Shu o‘rinda o‘zim televizorda ko‘rgan bir reklama haqida to‘xtalmoqchiman. Bir «alloma» chiqib, yaratgan dorisi 20 taga yaqin kasallikka davo bo‘lishini iddao qilyapti. Ijtimoiy tarmoqdagi boshqa bir reklamada esa ikki quti tomizg‘i bilan qaroqlaringiz ravshan tortib, ko‘zoynakni otib yuborishingizni kafolatlashyapti.


Agar shu gaplar rost bo‘lganida dunyoda kasal qolmasligi kerak edi. Qisqasi, oramizda birovning sog‘lig‘ini bir chaqaga olmaydigan, jig‘ildonini to‘ldirish uchun har qanday pastkashlikdan qaytmaydiganlar ham bor. Ulardan ehtiyot bo‘ling!


Aʼzam ANDAQULOV
Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Hodisa
Hayratlanarli
0 4066 10:00 | 04.11.2023
Hodisa
G'azo bolalari nomma-nom
0 3829 14:28 | 06.11.2023
Hodisa
21 noyabr' – qanday kun?
0 5533 11:13 | 21.11.2023
Hodisa