Valyuta UZS
  • USD

    12 129.3328.04

  • EUR

    14 061.5330.08

  • RUB

    149.171.16

+16C

+16C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+16c

  • Hozir

    +16 C

  • 23:00

    +16 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 25-October

+16C

  • Hozir

    +16 C

  • 23:00

    +16 C

  • Shanba, 25

    +16 +20

  • Yakshanba, 26

    +14 +20

  • Dushanba, 27

    +13 +20

  • Seshanba, 28

    +15 +20

  • Chorshanba, 29

    +13 +20

  • Payshanba, 30

    +13 +20

  • Juma, 31

    +14 +20

  • Shanba, 01

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

“Echki go'shti sotiladi, eshakniki yo'q” — bozor mutaxassisi

611 16:42 | 17.10.2025 16:42

Bozorda go'sht turlari ko'p — qo'y go'shti, mol go'shti, hatto import orqali kirib kelayotgan xorij go'shtlari ham bor.
Lekin oxirgi paytlarda odamlarni bir savol ko'p o'ylantirmoqda: eshak go'shtini qo'y go'shti deb sotishyaptimi? Yoki arzon go'shtlar haqiqatan ham xorijdan keltirilganmi?

Odamlarning shu kabi savollariga javob topish uchun Eski Juva dehqon bozorida kuzatuv o'tkazdik.
Bozorda faoliyat yurituvchi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi vrachi Olimjon Mamadalievning aytishicha, eshak go'shtini iste'molchilar asosan rangi orqali aniqlashi mumkin.

“Eshak go'shtining rangi xiraroq, qoramtirroq bo'ladi. Mol va qo'y go'shti esa qizg'ish, barra bo'lib turadi. Lekin mazkur bozorda eshak go'shti sotilmaydi, bu bo'yicha muammoga sira duch kelmaganmiz. Bizda nazorat qat'iy,” — deydi vrach.

Mutaxassisning qo'shimcha qilishicha, aholi tomonidan echki go'shti sotilayotgani haqida bozor ma'muriyatiga shikoyatlar kelib turadi. “Echki gushti sotilyottganini aniqlaymiz. Shikoyatni tekshirib, oydinlik kiritib beramiz. Biroq echki go'shti foydali, odamlar buni tushunmaydi,” — dedi u.

Kuzatuvimizga ko'ra, bugun bozorlarga Belarus', Pokiston, Qozog'iston va Mongoliya davlatlaridan import go'shtlar kirib kelmoqda.

Import go'sht sotuvchining aytishicha:

“Aholi import go'shtlarga o'rganib bo'ldi. Yaxshi sotilyapti. Ayrim kafe va restoranlar ham asosan xorij go'shtlarini xarid qilmoqda. Pokistondan kelayotgan go'shtlarning narxi 65 mingdan 70 ming so'mgacha bo'lgan narxda sotilyapti,” — deydi u.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid