+22C

+22C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish
Sport
1390 01:18 | 24.06.2026 01:18

Mamlakatimiz terma jamoasi uchun ilk jahon chempionati ertakka aylanmaydigan ko‘rinadi. Portugaliya – O‘zbekiston – 5 – 0…
Kolumbiyadan qabul qilib olingan 1:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng jamoamiz kerakli xulosalar chiqaradi, degan umid uchqunlari bor edi.


Ammo Portugaliya bilan o‘yin birgina istakning o‘zi etarli emasligini ko‘rsatib qo‘ydi. Mundialda har bir to‘p yo‘qotish, har bir kechikish, har bir noto‘g‘ri qaror jazolanadi. Portugaliya o‘yinchilari individual mahoratdan tashqari tezroq fikrlashi, harakatlanishi va raqibning zaif nuqtalarini topa olishi bilan ham futbolchilarimizdan bir necha bosh ustunligini namoyish etdi.


Tanqid ham halol bo‘lishi kerak. Terma jamoamizga himoyada sovuqqonlik, maydon markazida zichlik va hujumda jasorat etishmadi. Jamoa ko‘p holatlarda raqib o‘yiniga moslashishga harakat qildi, lekin o‘z irodasini ko‘rsata olmadi. Vaholanki, jahon chempionatida faqat hissiyot bilan o‘ynab bo‘lmaydi, natijani jamoaviy o‘yin, intizom va to‘g‘ri qarorlar taʼminlaydi.


Ammo terma jamoamizni erga qorishtirish ham adolatdan bo‘lmaydi. Biz ilk bor jahon chempionatidamiz. Ha, juda og‘riqli. Ha, juda alamli. Ha, ko‘rib turgan hisobimiz juda yoqimsiz. Ammo aynan shunday uchrashuvlar futbolimizning haqiqiy darajasini ko‘rsatadi. Ortiqcha orzu-havaslarga berilmaslikni o‘rgatadi.


Eng muhimi, jamoamiz sinib qolmasligi kerak. Kongoga qarshi o‘yinni mag‘lubiyatni tan olgan jamoadek o‘tkazmasligimiz kerak. O‘zbekiston bu o‘yinga o‘z qadr-qimmati uchun maydonga chiqishi kerak. Muxlislar uchun. O‘zi uchun. O‘zbek futbolining ertangi kuni uchun.
Agar mag‘lubiyat o‘sishga xizmat qilsa, sharmandalik emas. Haqiqiy sharmandalik – mag‘lubiyatdan xulosa chiqarmaslik.
Bugun butun boshli futbolsevar xalqimiz bu mag‘lubiyatni juda og‘ir qabul qilyapti. Ehtimol, O‘zbekistonning haqiqiy katta futboli aynan shu alamli og‘riqdan so‘ng tug‘ilar.


Jahongir Nahanov
Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Sport
Kayfiyat fasli
0 2791 11:23 | 02.10.2023
Sport
Sport